Telegram Web Link
Rekruting sohasiga qiziqqanlar va u haqida yetarli maʼlumotga ega bo‘lmagan obunachilarimiz uchun foydali material bo‘ldi degan umiddamiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

📱
+998881092022 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍5🔥1
#qiziqarli
Buni qarangga, aqlli texnologiyalar taraqqiyot shohsupasini hech bir sohaga bo‘shatmay turgan davrda ko‘plab boshqa sohalar ham ortda qolmaslik uchun betinim kurashayotgandek, go‘yo.

Bugun, shunday sohalardan biri bo‘lgan tibbiyotning, neyroxirurgiya yo‘nalishida keskin yangilanish qayd etishi taxmin qilingan kasb haqida so‘zlaymiz.

Ushbu kelajakda vujudga kelishi kutilayotgan kasb amneziya jarrohi deb nomlanadi.

Tibbiyotga qiziquvchilar biladilarki, azaldan neyrojarrohlar inson asab tizimining shikastlangan qismlarini operatsiya yo‘li bilan davolaydi.

Amneziya xirurglari esa kelajakda insonlar miyasidagi, maʼlumotlar ombori hisoblanuvchi to‘qimalarning shikastlangan qismini davolash bilan shug‘ullanadilar.

Fahmlagan bo‘lsangiz, ushbu jarrohlik amaliyotidan so‘ng, insonlardagi baxtsiz hodisa natijasida yo‘qotilgan xotira tiklanishi ko‘zlangan.

Shuningdek, kelajakda insonlar o‘zlarida bu muolajani, ehtiyojlardan kelib chiqib, yoqimsiz va alamli o‘tmishga aloqador xotiralarni xavfsiz yo‘qotish uchun ham qo‘llashlari mumkin degan taxminlar ham bor.

🔥Nima ham derdik, taraqqiyot sari olg‘a.

🇺🇿 Yurtimizdagi tibbiyot xodimlari ham o‘sha davrga kelib, Ibn Sino bobomizning munosib avlodi sifatida, butun jahonga o‘z so‘zini aytishiga umid bog‘lab so‘zimizni yakunladik.

Qo‘li yengil, shifokor tanishlarga yuborib qo‘yaveramiz.😉

Bizdan yiroqlashmang.
Ijtimoiy barqarorlikdan iqtisodiy farovonlikka birgalikda erishamiz! 😊

Hali ham ish izlayotgan bo‘lsangiz

📱
+998881092022 raqamiga hoziroq qo‘ng‘iroq qiling.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍3🔥2👏1
Darkor22 rekruterlik agentligi pinned «Assalomu alaykum hurmatli obunachilar Uzoq muddat tashkiliy ishlar bilan band bo‘lib, sahifamizga maʼlumot joylashga va nihoyat vaqt topdik! Obunachilarimiz, bo‘sh vaqtlarini samarasiz ketkazmasliklari uchun, sahifamizda #qiziqarli tegi ostida, turli xil…»
Assalomu alaykum kanalimiz obunachilari!

😊 Darkor22.uz saytida o‘zingiz haqingizda ma'lumot qoldiring!

Bu orqali, ish beruvchilar siz haqingizda o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Soʻrovnomani toʻldiring. 👇👇👇

http://darkor22.uz/site/form


📱+998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Darkor22 rekruterlik agentligi pinned «Assalomu alaykum kanalimiz obunachilari! 😊 Darkor22.uz saytida o‘zingiz haqingizda ma'lumot qoldiring! Bu orqali, ish beruvchilar siz haqingizda o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Soʻrovnomani toʻldiring.…»
Ushbu postni o‘qigach ko‘pchilik o‘ylashi mumkin. Hech kimni yordamisiz yolg‘iz o‘zi katta muvaffaqiyatga erishgan insonlar kammi? deb.

To‘g‘ri! Bunday shaxslar ham yo‘q emas. Ammo ular ham qachonlardir ustozlari ko‘magidan foydalanishgan albatta.

Barcha mehnatkashlarga omad tilaymiz!

Maza qilib, uydan chiqmay ishlashga nima yetsin!
deb, davrada hech kimga gap bermaydigan tanishlarga yuborib qo‘yamiz.☺️

📱+998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va o'zingizga mos ishni oson toping!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍5👎2
#rahbar_va_ish_beruvchilarga

Malakali xodim hamma joyda ham qadrli, ammo uning birgina kamchiligi, u bilan kelishish mushkul degan fikr paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Bu kamchilikni, o‘ziga bino qo‘yish yoki yulduzlik kasali deb ham atash mumkin. Bu kamchilik har bir professional darajasiga yetgan mutaxassisda uchraydi demoqchi emasmiz.

Ammo, o‘ziga bo‘lgan ishonch ortgach, shaxsiy manfaatlar va nafs insonni jangga chorlaydi va juda kamchilik inson bu jangda g‘olib keladi.

🤔 Shunday ekan, nima qilmoq kerak?

Eng avvalo qadriyatlari o‘zaro mos keladigan jonkuyar nomzodni tanlash kerak, malakasi yetarli bo‘lmasa ham.

Sinov muddati davomida esa uni ishonchli xodimga biriktirish, ustoz va shogird anʼanalariga amal qilishga undash, shuningdek unga o‘z sohasini mukammal o‘zlashtirishiga sharoit yaratib bermoq kerak.

Xodimlar ko‘pincha bir xil ishdan zerikgani bois boshqa ishga o‘tishga yoki korxonadan ketishga urinishadi.

🎯 Har kuni bir xil ish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga ishdan uzoqlashmagan holatda madaniy xordiq olish mumkin bo‘lgan sharoit yaratib berish, ko‘proq foyda beradi.

Shuningdek, bunday sharoitda ishlaydigan xodim o‘z kasbini yoqtirmasa boshqa sohada o‘zini sinab ko‘rishiga imkon berish ham foydali.

🙇🏻‍♂️ Nima bo‘lgan taqdirda ham jamoa rahbardan aks oladi. Shu sababli ular muammolarni negizi o‘zlariga borib taqalmasligiga ishonch hosil qilmog‘i zarur.

Ehhe, bu sohada gapiraversak gap tugamaydi.

☝🏻Qanday sifatlar mujassam bo‘lgan nomzodni tanlash o‘zimizga bog‘liq, ammo barcha rahbar va ish beruvchilarga nafsi buzuq kimsalardan ehtiyot bo‘ling deymiz.

Fursatdan foydalangan holda, Bizning, darkor22.uz saytida har kuni shiddat bilan nomzodlar maʼlumotlari yig‘ilib borayotganini maʼlum qilamiz. Rahbar va ish beruvchilarga saytimizga tashrif buyurib o‘zlariga mos, kerakli nomzodlarni aynan darkor22.uz saytidan topishlari mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz.

👏 O‘z kasbiga bor mehrini berib ishlaydigan xodimlarga esa muvaffaqiyatlar tilab, hech qachon charchamang deymiz.

Bizni kuzatishda davom eting

📱
+998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍5
Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda

Yaqindagina fantastik ko‘ringan texnologik yangiliklar bugun ko‘z o‘ngimizda namoyon.

Rivojlanish yaxshi albatta. Lekin har bir yangilanish maʼlum bir yo‘qotishlarsiz bo‘lmaydi.

Bugun siz aziz obunachilarimizga, kelajakda unga bo‘lgan ehtiyoj keskin kamayib, deyarli yo‘qolish arafasida turgan kasblar haqida so‘zlaymiz!


Avtomatlashuv jarayoni sanoatda ko‘plab mexanik vazifalarni bajaruvchi ishchilardan voz kechilishiga olib kelayotganini ko‘p kuzatamiz.

Bugungi kunda ko‘plab Yevropa mamlakatlaridagi zavod va fabrikalarda yig‘uvchi, quyuvchi, ag‘daruvchi, payvandlovchi, mahkamlovchi, bo‘yovchi, bichuvchi, tikuvchi, qadoqlovchi, tashuvchi va hatto yetkazib beruvchi ishchi va ustalar o‘rnini ham robotlar, avtomat qo‘llar egallab ulgurgan.

Endi, u yerda faqat shu avtomatlarni boshqarib, to‘g‘ri ishlashini nazorat qila oladigan mutaxassislar qolgan xolos.

Bundan kelib chiqadiki, faqatgina bir sohani mukammal bilish kamlik qiladi.

Hayot uchun kurashish kerak.

Kurashish uchun esa bilim kerak. Yangi sohani o‘rganish uchun esa iroda va qunt kerak.

😊 Izlanishdan charchamaydigan mehnatkash yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz!

Siz nima deb o‘ylaysiz, kelgusida qaysi kasblar tarixga aylanishi mumkin?

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Ish izlayotgan bo‘lsangiz

📱+998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍12
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar!

Postlarimiz sizga ma'qulmi, yoki yo'q fikrlaringizni bayon qilsangiz!
Anonymous Poll
56%
Ha bo'ladi.
29%
Tushunish qiyin.
29%
Qisqaroq yozsangiz yaxshi bo'lardi.
👍7
2025/07/14 11:04:57
Back to Top
HTML Embed Code: