Telegram Web Link
O‘zbekistonda yo‘ldoshli internet 2026-yildan yo‘lga qo‘yiladi

Prezident olis hududlar uchun yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati 2026-yildan boshlanishini aytdi. Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

@daryo_live
“Sunʼiy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab boʻlmaydi”—Shavkat Mirziyoyev

SIʼga investitsiya kiritish uchun qulay muhit yaratish Qoraqalpogʻistondan boshlanishi belgilandi.

Bunda 100 million dollardan koʻp sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi.

@daryo_live
O‘zbekistonda eng yaxshi informatika o‘qituvchilari rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi

Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga jo‘natiladi.

@daryo_live
O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

🇺🇸 dollar 12 011,02 soʻm (-49,13)
🇪🇺 yevro 13 985,01 soʻm (-106,54)
🇷🇺 rubl 148,08 soʻm (-0,79)

@daryo_live
🇺🇿🇩🇪 Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi

Uning bitiruvchilari ikki davlat tomonidan tan olinadigan diplomga ega bo‘lib, Germaniyada yuqori maosh asosida hamshira sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

@daryo_live
Prezident o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

“Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ona tilimizni rivojlantirishda ham biz keng jamoatchiligimizning amaliy fikr va takliflariga, faol ishtirokiga tayanamiz”, deyiladi tabrikda.


@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentga “Kotib AI” platformasi taqdim etildi.

IT-Parkda Samandar Tursunaliyev sun’iy intellekt asosida ishlovchi “Kotib AI” startapini namoyish etdi. Platforma hujjatlar bilan ishlash, matnlarni tahrirlash va tarjima qilish jarayonlarini avtomatlashtiradi.

Startap “TechAward” tanlovida qo‘lga kiritilgan 50 ming dollar mukofot puli hisobiga yo‘lga qo‘yilgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlarning innovatsion loyihalari bilan tanishdi

Prezident taqdim etilgan chora-tadbir va loyihalarni qo‘llab-quvvatladi. Sun’iy intellektni joriy etish jarayonlarini yanada jadallashtirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ona tilim, Seni bizlar Onam deymiz!"

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni.

@daryo_live
Shota Rustaveli ko‘chasidan o‘tuvchi navbatdagi 4 ta avtobus yo‘nalishi harakati qayta tiklanmoqda.

22-oktabrdan boshlab 2-, 18-, 45- va 94-sonli avtobus yo‘nalishlari Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali harakatni boshlaydi.

@daryo_live
Shimoliy Nurota tog‘larida joylashgan Ko‘ktonli neolit yodgorligida yangi topilmalar aniqlandi.

Rasmlar orasida qo‘l panjalari va inson tasvirlari mavjud. Mutaxassislarning fikricha, mazkur tasvirlar Ko‘ktonli neolit yodgorligi madaniy qatlamlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda 37 dona baliq ovlaganlar hayvonot dunyosiga 360 mln so‘mga yaqin zarar yetkazdi

Ovlangan baliqlarning 20 donasi “Kumush tovon” balig‘i, 3 donasi “Moy baliq” va 14 donasi “Ilonbosh” balig‘i bo‘lgan.

@daryo_live
Islandiyada ilk bor chivin aniqlandi

Mamlakat dunyodagi chivinlar uchramaydigan kam sonli hududlardan biri edi. Global iqlim isishi oqibatida Islandiya kabi sovuq o‘lkalarga ham hududga mansub bo‘lmagan mavjudotlar kirib bormoqda.

Islandiya Tabiatshunoslik instituti entomologi Matias Alfredsson yangilikni tasdiqlagan. Uning aytishicha, chivinlar Kyos mintaqasida topilgan. Hasharotlarni mahalliy tadqiqotchi aniqlab, institutga yuborgan. Ular uchta — 2 ta urg‘ochi va 1 ta erkak chivin bo‘lgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, hasharotlar “culiseta annulata” turiga mansubligi tasdiqlangan.

@daryo_live
Sherzod Asadov O‘zbek tili bayramida prezidentning tabrigini o‘qib eshittirdi

Tabrikda so‘nggi sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida o‘zbek tili rivojida yangi davr boshlangani ta’kidlangan.

@daryo_live
FVVning asosiy vazifalari belgilandi:

🔹favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish hamda mavjud kuch va vositalarning doimiy shayligini ta’minlash;
🔹fuqarolar muhofazasini tashkil etish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida aholiga o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni yo‘lga qo‘yish;
🔹yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish ishlarini muvofiqlashtirish, hamda bu borada belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

@daryo_live
Tramp HAMASni “jilovlash” uchun G‘azoga xorijiy kuchlarni yubormoqchi

AQSH prezidenti Yaqin Sharqda bir nechta ittifoqchi davlatlar G‘azoga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.
“Bir qancha ittifoqchilarimiz G‘azoga kirib, HAMASni jilovlashda yordam berishini bildirdi. Ammo men hali emas dedim. Chunki, hali ham umid bor — ehtimol HAMAS to‘g‘ri yo‘lni tanlar. Aks holda, uning taqdiri vahshiylik bilan yakunlanadi”, deb post qoldirgan Tramp Truth Social’dagi akkauntida.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda 4 bolasini mashinaning old o‘rindig‘ida olib ketgan ayolga chora ko‘rildi

“Xursand qilay bolachalarni deb, olib chiqib qo‘yibman. Asli xato qilibman. Endi xatoyimni inspektor aytganlaridan keyin tushundim. Bu holat qaytarilmaydi”, deydi ayol.

@daryo_live
2025/10/21 18:00:00
Back to Top
HTML Embed Code: