Telegram Web Link
Yashnobod tumanining Ohangaron shoh ko‘chasi 25-iyun soat 00:00 dan transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi

Bunga qurilish-ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Cheklov 1-iyulgacha amal qiladi.

@daryo_live
Mo‘g‘ulistonda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlat rahbari va rafiqasini Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib oldi. Suxe-Botir maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi.

@daryo_live
O‘zbekiston yanvar-may oylarida 6,6 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Bu qiymat respublika umumiy eksport tushumlarining 43,8 foiziga teng. Besh oyda oltin sotuvi 2024-yil mos davridagidan 56,9 foizga o‘sgan.

@daryo_live
Markaziy bank qarori bilan, Tojikiston “Oriyonbank” OAJning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya guvohnomasi bekor qilindi

Mazkur qaror vakolatxonaning faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaroriga muvofiq qabul qilingan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroil razvedkasi xodimi mojaro boshlangan kuni Eron generaliga qo‘ng‘iroq qilib, uning oilasi bilan tahdid qilgan

O‘zining Isroildan qo‘ng‘iroq qilayotganini aytgan shaxs eronlik qo‘mondonga 12 soat vaqt berib, hokimiyatga qarshi ko‘rsatma yozib olishni so‘ragan. Aks holda rafiqasi va farzandiga zarba berish bilan tahdid qilgan. Vashington Post nashri suhbat audio yozuvini qo‘lga kiritdi.

@daryo_live
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi

Shuningdek, prezidentlar huzurida bir qator hujjatlar imzolandi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva 23-iyun kuni BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tojikiston va Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

@daryo_live
Saida Mirziyoyeva “Teach For All” noyob harakati asoschisi Vendi Kopp bilan uchrashdi

“Kopp xonim bilan Markaziy Osiyo mintaqamizni muhokama qildik. Ta‘lim va xotin-qizlar huquqlari sohasida erishilgan salmoqli yutuqlarimiz borki, ushbu ijobiy tajriba yurtimizdan tashqarida ham keng yoyilishini istaymiz.

“Teach For Uzbekistan” loyihasi — ta‘lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim qismi bo‘lib, mamlakatimizning olis hududlaridagi minglab bolalar hayotini yaxshilashga hissa qo‘shishiga ishonaman”, deb yozadi Prezident administratsiyasi rahbari.


@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent xalqaro aeroportida ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan ayolning ishonchiga kirib, uni Turkiyaga olib ketayotgan shaxs ushlandi

Maʼlum qilinishicha, ushbu shaxs ayolni fohishalik maqsadida olib ketayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

@daryo_live
2025/07/14 17:53:19
Back to Top
HTML Embed Code: