Telegram Web Link
🌤 Bugun harorat 32-37 daraja, tog‘li hududlarda 23-28 daraja bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Dunyo bo‘ylab 2023-yilda giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 316 million kishiga yetgan — BMT

Kannabis eng keng tarqalgan giyohvand modda bo‘lib qolmoqda. Uni 244 million kishi iste’mol qiladi. Undan keyingi o‘rinlarni opioidlar (61 mln), amfetaminlar (30,7 mln), kokain (25 mln) va ekstazi (21 mln) egallaydi.

Narkokartellar o‘rtasidagi keskin raqobat endi Lotin Amerikasi bilan cheklanib qolmayapti. Balki tobora ko‘proq Afrika, Osiyo va Yevropani qamrab olmoqda.

@daryo_live
🇪🇸🇮🇱 Ispaniya bosh vaziri Isroilning G’azo sektoridagi harakatini qoraladi

Pedro Sanches “genotsidning halokatli holati” haqida gapirib, Yevropa Ittifoqi va Isroil o‘rtasidagi assotsiatsiya kelishuvini to‘xtatishga chaqirdi.

Bunga javoban Isroil elchixonasi Sanchesning pozitsiyasini “ma’naviy jihatdan asossiz” deb qoraladi va Madridni “Yevropa pozitsiyasiga nisbatan o‘zini chetga olish”da aybladi. Shundan so‘ng Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi isroillik diplomatni chaqirtirdi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda aliment to‘lovlarining eng kam miqdorini qayta ko‘rib chiqish taklif etildi

Bugungi kunda alimentning eng kam miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan ikki baravar kam.

@daryo_live
Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga yangi vakolatlar beriladi

Bular:
🔹davlat ko‘chmas mulki uchun ijara to‘lovi stavkalarini belgilash;
🔹dafn etish xizmatlari tariflarini tasdiqlash;
🔹ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish;
🔹yo‘l harakati tezligini mahalliy darajada belgilash.

@daryo_live
“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari berildi:

▪️ular tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish va ayrim ijtimoiy pulli xizmatlar ko‘rsatishdan olingan mablag‘lar soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlarga kiritildi;
▪️mazkur xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolar joylashgan yer uchastkalarida yer solig‘i olinmaydi;
▪️kompaniya xodimlarining ish haqi tarzidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi.

@daryo_live
Isroilning Eronga iyun oyidagi hujumiga tayyorgarlik 2024-yil noyabr oyida boshlangan — WSJ

Ma’lum qilinishicha, o‘sha paytda kelajakdagi zarbalar uchun nishonlarning to‘liq ro‘yxati aniqlangan. Ro‘yxatga Eron yadro dasturi va harbiy infratuzilmasining 250 ta obyekti kiritilgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Farg‘onada YPX xodimi avtomobil oynasi boshini qisib qolgan bolani qutqarib qoldi YHXX bolalarni avtomashinada yolg‘iz qoldirmaslikni so‘radi. @daryo_live
Farg‘onada yosh bolaning hayotini asrab qolgan YPX xodimi taqdirlandi

Xizmat faoliyatida namunali ish yuritib kelayotgan yana bir guruh YPX xodimlari ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan rag‘batlantirildi.

@daryo_live
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qilishga qaratilgan Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi yaratildi

Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda markazga tatbiq etilgan intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratadi.

@daryo_live
🇮🇷 Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroil bilan urushda 56 nafar askar halok bo‘lganini ma’lum qildi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 09:45:16
Back to Top
HTML Embed Code: