Telegram Web Link
Ukrainaning arzon "tutib oluvchi" dronlari urush qoidalarini o‘zgartirmoqda — Business Insider

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina ruslarning uzoq masofali kamikadze dronlarini urib tushirish uchun bunday dronlardan tobora kengroq foydalanmoqda. So‘nggi ommaviy hujumlardan birida ular 150 dan ortiq rus dronini yo‘q qilgan.

Maqolada ta’kidlanishicha, hozirda Ukraina mana shunday dronlardan har kuni mingtagacha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroil harbiy havo kuchlari G‘azo markaziga zarba berdi

Bu yahudiy davlati HAMASni sulh shartlarini buzishda ayblaganidan biroz o‘tib yuz berdi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp: AQSH harbiy dengiz kuchlari yirik hajmda narkotik ortilgan suvosti kemasini yo‘q qildi

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, suvosti kemasida fentanil va boshqa giyohvandlik moddalari bo‘lgan.

"Kema bortida to‘rtta narkoterrorchi bo‘lgan. Ulardan ikki nafari operatsiya chog‘ida o‘ldirildi, qolganlari esa qo‘lga olinib Kolumbiya va Ekvadorga topshirilgan", dedi AQSH prezidenti.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zelenskiy: Putin faqat o‘z jamiyatidan qo‘rqadi

“U faqat o‘z jamiyatidan qo‘rqadi. Chunki o‘limigacha prezident bo‘lishni xohlaydi. Shuning uchun unga xalqning doimiy qo‘llab-quvvatlovi kerak va aynan shu sababli bu urushni davom ettirishdan manfaatdor”, degan ukrainaliklar yetakchisi.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internetda Luvr muzeyidagi oʻgʻrilik videosi tarqaldi

Unda bir erkak o‘zini ishchi sifatida ko‘rsatib, Apollon galereyasidagi vitrinalardan birini ochmoqda, biroq tashrif buyuruvchilar bunga e’tibor bermayapti.

@daryo_live
Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-25 daraja, tog‘li hududlarda 15-20 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gonkongda samolyot uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketib, dengizga tushib ketdi. Uchoq Emirates aviakompaniyasining Boeing 747 yuk tashuvchi samolyoti boʻlgan. Hodisa oqibatida 2 kishi halok boʻlgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xalq hammasini bilib oʻtiribdi” — Samarqand viloyati hokimi rahbarlarni pora olmaslikka chaqirdi

Adiz Boboyev korrupsiyani faqat jazo bilan yengib bo‘lmasligini ta'kidlab, tepadagilar toʻgʻri ishlasa pastdagilar ham toʻgʻri boʻlishini, boʻlmasam, uning oxiri yoʻqligini aytdi.

@daryo_live
Toshkent markazida chiyabo‘ri yurgani aytilmoqda

Ekofaollarning so‘zlariga ko‘ra, u Darxon hududida bir necha kundan buyon yuribdi. Yirtqich odamlarga tashlanmayapti, faqat yegulik izlab, mushuklarni ovlayapti. Holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.

@daryo_live
Toshkent viloyatida 33 yoshli o‘ta xavfli retsidivist 12 yilga qamaldi

Olti marta sudlangan erkak Lacetti‘ni olib qochgan. Bu paytda u manzilli koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan boʻlgan. Koloniya maʼmuriyatining koʻrsatmasiga binoan boshqa bir manzilga ishlash uchun yuborilgan mahkum u joydan qochib ketgan.

@daryo_live
✈️ Sankt-Peterburgdan Bokuga yo‘l olgan AZAL samolyoti tunda “Pulkovo” aeroportiga favqulodda qo‘ndi

Shassining nosozligi tufayli ortga qaytishga qaror qilingan. Qo‘nish paytida samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan biroz chiqib ketgan. Bortda 155 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘q.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda Cobalt va Nexia to‘qnashdi

YTH 19-oktyabr kuni Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Nexia’da bo‘lgan 62 yoshli erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi — 66 yoshli ayol shifoxonaga yotqizilgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Internetda Luvr muzeyidagi oʻgʻrilik videosi tarqaldi Unda bir erkak o‘zini ishchi sifatida ko‘rsatib, Apollon galereyasidagi vitrinalardan birini ochmoqda, biroq tashrif buyuruvchilar bunga e’tibor bermayapti. @daryo_live
Makron Luvrdagi oʻgʻrilikka munosabat bildirdi

“Luvrni tunash biz qadrlaydigan tarixiy merosga suiqasddir. Biz qimmatbaho buyumlarni topamiz, jinoyatchilar esa albatta sud oldida javob beradi”, dedi Fransiya prezidenti.


@daryo_live
O‘zbek noni dunyoning eng yaxshi 50 xil nonlari ro‘yxatiga kiritildi

“Toshkentdan Samarqandgacha har bir hududning noni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi”, deyiladi sayyohlar uchun ma’lumot beruvchi CNN Travel portalida.


@daryo_live
Daryo — LIVE
Surxondaryoda 2025-yilgi paxta rejasi birinchi bo‘lib bajarildi Qabul shoxobchalariga 275 ming 600 tonnadan ortiq sifatli xomashyo topshirildi. @daryo_live
Jizzax viloyati ham paxta rejasini bajardi

Hokimlik matbuot xizmatining bildirishicha, viloyat bu yil 290 ming tonnalik rejani bajargan, ayrim xo‘jaliklarda hosildorlik 90 sentnergacha yetgan.

@daryo_live
🔎 Luvr muzeyidan nimalar o‘g‘irlandi?

4 daqiqa ichida jinoyatchilar fransuz imperatorlariga tegishli 9 ta buyumni o‘g‘irlagan. Rasmiylar ularni “bebaho” deb atagan.

▪️212 ta marvarid, 1 998 ta olmos va 992 ta pushti qirrali olmos bilan bezatilgan imperatritsa Yevgeniya tiarasi.

▪️ Imperatritsa Yevgeniyaning 2 438 ta olmos va 196 ta pushti qirrali olmos bilan bezatilgan dekorativ banti.

▪️ 1855-yilga oid “Imperatritsa Yevgeniya” broshkasi.

▪️ Lui Bonapartning rafiqasi qirolicha Gortenziya va Lui-Filipp I’ning turmush o‘rtog‘i qirolicha Mariya-Ameliya taqib yurgan to‘plamdagi sapfir sirg‘a.

▪️ Napoleon tomonidan Mariya-Luizaning to‘yiga sovg‘a qilingan zumrad va olmoslardan yasalgan marjon.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 04:26:11
Back to Top
HTML Embed Code: