Telegram Web Link
“Qirg‘iziston kriptovalyutalarni qabul qilish global indeksida 19-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda”, dedi Sadir Japarov.


@daryo_live
Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi g‘oliblarini tabrikladi

Bu yilgi to‘rtinchi turnirda 2210 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, ular orasida 286 nafari — ayol-qizlar.

“Men, ayniqsa qizlarimizning g‘alabalaridan benihoya xursandman, shu oʻrinda barcha qatnashchilarga omad, eng asosiysi, o‘zlariga ishonishlarini tilab qolaman”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari.


@daryo_live
O‘zbekistonda “sirli mijoz” usuli bilan tibbiyot va dorixona xizmatlari sifati baholanadi

Nodavlat notijorat tashkilotlari chakana savdoda nazorat xaridini o‘tkazishi ham mumkin bo‘ldi. Savdo sohalarida qonun talablariga rioya etilishi xolis baholanadi.

@daryo_live
Hindistonda avtobus yonib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Hodisa Andxra-Pradesh shtatida yuz bergan. Mototsikl bilan to‘qnashuv yong‘inga sabab bo‘lgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi g‘oliblarini tabrikladi Bu yilgi to‘rtinchi turnirda 2210 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, ular orasida 286 nafari — ayol-qizlar. “Men, ayniqsa qizlarimizning g‘alabalaridan benihoya xursandman, shu oʻrinda…
Komil Allamjonov ham “Zakovat-Gambit” klubining g‘oliblari va barcha ishtirokchilarini tabrikladi

“Oʻylagan hamma katta orzularingiz ro‘yobga chiqsin, gʻayrat qilsangiz, har qanday cho‘qqilarni zabt eta olasiz! Sizdek aqlli, iste’dodli va intiluvchan yoshlar bilan faxrlanamiz!” dedi u.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyda 1400 dollar turadigan odamsimon robot namoyish qilindi

Pekindagi Noetix Robotics kompaniyasi “Bumi” nomli ixcham robotni taqdim etdi. Uning narxi taxminan 1 400 dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, avvalgi model — Unitree R1 — taxminan 6 000 dollar turgan. “Bumi” oddiy vazifalarni bajarishi, uy ishlarida yoki ta’lim jarayonida yordam berishi mumkin.

@daryo_live
O‘zbekiston prezidenti Yevropa ishbilarmonlarini o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yevropaning Vandewiele, Linde, Rhenus Logistics, Lasselsberger Group, NextChem, Meridiam, European Investment Bank, Metso va boshqa yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

@daryo_live
Ilon Mask 1 millionta odamsimon Optimus robotlari yaratmoqchi

Odamsimon robotlarni to‘liq ishlab chiqarish 2026-yil oxirida boshlanadi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
O‘zbekiston prezidenti Yevropa ishbilarmonlarini o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yevropaning Vandewiele, Linde, Rhenus Logistics, Lasselsberger Group, NextChem, Meridiam, European…
Shavkat Mirziyoyev Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishning 4 ta muhim yo‘nalishini aytdi:

🔹strategik xomashyo va minerallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash;
🔹“yashil iqtisodiyot” va kimyo sanoati;
🔹infratuzilma va logistikani rivojlantirish;
🔹raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Shavkat Mirziyoyev Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishning 4 ta muhim yo‘nalishini aytdi: 🔹strategik xomashyo va minerallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash; 🔹“yashil iqtisodiyot” va kimyo sanoati; 🔹infratuzilma va logistikani rivojlantirish;…
🇺🇿🇪🇺O‘zbekiston Yevropa kompaniyalari bilan sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik qilishga tayyor

Prezident Yevropalik hamkorlarga “yashil” energetika, energiya tejash va ekologik kimyo loyihalarida ishtirok etishni taklif qildi.

@daryo_live
Tarixiy hujjat: O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi” bitim imzolandi

Yangi bitim 1996-yilgi kelishuv o‘rnini bosadi va ko‘p tomonlama hamkorlik uchun zamonaviy huquqiy asos yaratadi. Hujjat tadbirkorlarga bojxona ishini soddalashtiradi, mamlakatga Yevropa investitsiyalari oqimini erkinlashtiradi, talabalari, mutaxassislar va tadbirkorlar uchun viza talablarini soddalashtiradi.

@daryo_live
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi

🇺🇸 dollar 12 117,35 soʻm (-11,98)
🇪🇺 yevro 14 069,46 soʻm (+7,93)
🇷🇺 rubl 149,49 soʻm (+0,32)

@daryo_live
2025/10/26 17:54:36
Back to Top
HTML Embed Code: