Telegram Web Link
Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi.

@daryo_live
Yaponiya Afg‘onistonga vaksinatsiya uchun 6,9 mln dollar ajratdi

Tegishli summa YUNISEF’ga vaksinalar va tibbiy asbob-uskunalar sotib olish imkonini beradi.

@daryo_live
Rossiya 2025-yildan boshlab bakalavr darajasidan voz kechadi

Yangi tizimda asosiy va maxsus oliy ta’lim, shuningdek, oliy o‘quv yurtidan keyingi kasbiy ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq

Ayni paytda ayiq otib o‘ldirilgani aytilmoqda.

@daryo_live
Rossiyadan AQSHga uran importini taqiqlash jahon bozoriga zarar yetkazadi — Kreml

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Rossiya uran sanoati raqobatbardosh ekanini aytib, bu sohani rivojlantirishda davom etishini ma’lum qildi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq Ayni paytda ayiq otib o‘ldirilgani aytilmoqda. @daryo_live
Ekologiya vazirligi ayiq otib o‘ldirilganini tasdiqladi

Ayiq aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Uni zararsizlantirishga harakat qilishgan, ammo yirtqich tajovuzkorlikni oshirib, IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. 74-sonli maktabga kirib, oʻquvchilar hayotiga xavf solgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 16-mayda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 727,96 soʻm (+17,01)
🇪🇺 yevro 13 781,84 soʻm (+62,91)
🇷🇺 rubl 139,46 soʻm (+0,40)

@daryo_live
Oʻzbekiston va BMTning Aksilterror boshqarmasi oʻrtasida 2024-2025-yillarga moʻljallangan hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi

@daryo_live
Turkiya harbiylari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 12 nafar jangarini yoʻq qildi

Turkiya qurolli kuchlari Gara va Hakurk mintaqalarida havo hujumlari amalga oshirgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda kotlovon qazilayotganda notoʻgʻri yoʻl tutilgani uchun qoʻshni uy qulab tushdi

@daryo_live
Rossiyaning Ukrainadagi urushida Shri-Lankadan kelgan 16 nafar yollanma askar halok boʻldi

Hozirgacha kamida 288 nafar Shri-Lanka fuqarosi urushga yollanib, mamlakatni tark etgani ma'lum qilingan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev “Coca Cola” kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi

Uchrashuvda oziq-ovqat sohasidagi, shu jumladan “yashil” yechimlarni, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha hamkorlikning ijobiy surʼati qayd etildi. Bugun Samarqand viloyatida yangi korxona ishga tushirildi. 2025-yilda Namangan viloyatida beshinchi zavod foydalanishga topshiriladi.

@daryo_live
O‘zbekiston — 2029-yilgi ayollar o‘rtasida Osiyo Kubogi mezboni

OFK ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining navbatdagi mezbonlarini rasman e’lon qildi.

@daryo_live
⚡️Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga o‘q uzildi

Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan so'ng bosh vazir Fitso tashqarida yig‘ilganlar oldiga chiqqanida, unga o‘q uzilgan. Fitso zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.

O‘q uzgan shaxs qo‘lga olindi, uning motivi haqida hozircha ma'lumot yo'q.

@daryo_live
Ukrainadagi xorijiy yollanma askarlar muqarrar ravishda Rossiyaning nishoniga aylanadi — Rossiya TIV

Oldinroq bir qator Gʻarb nashrlari Estoniya hukumati Ukraina gʻarbiga qoʻshin yuborish imkoniyatini jiddiy koʻrib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.

@daryo_live
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd sodir etilgan joydan video va suratlar eʼlon qilindi

Suratlarda otishmada gumon qilingan shaxsning hibsga olingani aks etgan.

@daryo_live
2024/06/11 19:22:52
Back to Top
HTML Embed Code: