Telegram Web Link
Bugun 36-41 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-44 darajagacha issiq bo‘ladi“O‘zgidromet”

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron raketasining Beer-Shevaga zarbasidan keyingi holat.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron raketasi Beer-Sheva shahridagi ko‘p qavatli uyga qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Yediot nashri shifokorlarga tayanib.

Qurbonlar soni ortishi mumkinligi, vayronalar ostida odamlar borligi aytilmoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroilning 12-kanali Eron raketasi Beer-Shevada qulagani tasvirlangan kadrni namoyish qildi.

@daryo_live
Qatar, Bahrayn va Kuvayt havo hududini parvozlar uchun qayta ochdi

Eronning AQSH aviabazasiga zarba berishi tufayli mazkur davlatlarning havo hududi yopilgandi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pokiston mudofaa vaziri Isroilni yadro quroliga egalik qilish qoidalarini e’tiborsiz qoldirishda aybladi

Xavaja Muhammad Asif “RIA Novosti”ga bergan intervyusida bu haqda ma’lumot berdi.

Yadro quroli bilan zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo hech qanday qoida, me’yor va shartnomalarga qo‘l qo‘ymagan hamda nazorat qiluvchi organlarga bo‘ysunmaydigan yagona davlat — Isroil, dedi u.


@daryo_live
Daryo — LIVE
O‘zbekiston prezidenti 24—25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi @daryo_live
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

Ulan-Bator shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

@daryo_live
Qirg‘iziston MXQ rahbari Javelin raketa majmuasi bilan suratga tushdi

Qamchibek Tashiyev Botken tumaniga tashrif buyurdi. U yerda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatining yangi harbiy shaharchasi ochilishi marosimida qatnashdi.

@daryo_live
️Eronning Press TV telekanali Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganini ma’lum qildi

Biroq bu borada rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan. Eronning Beer-Sheva shahridagi binoga raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni to‘rt kishiga yetgan.

@daryo_live
O‘zbekistonda sun’iy ravishda narxni oshirib, keyin arzonlashtirib ko‘rsatish man etiladi

Savdoda aksiya va chegirmalarni huquqiy tartibga solishga doir yangi tartib loyihasi bilan yana quyidagilar ko‘zda tutilgan:

▪️chegirma narxi faqat so‘nggi 30 kun ichida amalda bo‘lgan eng past narxdan kelib chiqqan holda belgilanishi shart;
▪️aksiyalar haqidagi ma’lumotlar soliq organlariga kamida 10 kun oldin taqdim etilishi lozim.

@daryo_live
❗️Tramp Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganini e’lon qildi

“O‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirdi. Iltimos, uni buzmang”, deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

@daryo_live
🇰🇬🇺🇿 “Do‘stlik” posti orqali yuklar 1-iyuldan elektron navbat bilan o‘tkaziladi

Biz inson omilini istisno qilishga, yuk va transport harakatini tartibga solishga, kutishni kamaytirishga va tirbandliklarni bartaraf etishga harakat qilmoqdamiz, dedi Qirg‘iziston Bojxona xizmati raisi Almaz Saliyev.


Ma’lumot o‘rnida, 18-iyundan boshlab Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi uchastkasidagi uchta avtomobil o‘tkazish punkti — “Qadamjoy-avtodorojniy”, “Chechme-avtodorojniy” va “Oq-Qiya-avtodorojniy” 24 soat ishlashni boshlagan. Bunday rejim 1-oktyabrgacha davom etadi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doha yaqinidagi Al-Udeyd bazasiga hujum vaqti Eron raketalarini tutib olish uchun ishga tushgan Patriot tizimining tasvirlari namoyish etildi.

@daryo_live
Toshkent metrosining 7 ta bekati oralig‘ida harakat to‘xtatiladi

Rejali profilaktik ishlar sabab 28-iyundan “Quruvchilar (12-bekat)—Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakatlanmaydi.

@daryo_live
O‘zbekistonda 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

G‘oliblar:
🔹BHMning 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi,
🔹maxsus o‘quv dasturi asosida o‘qitiladi,
🔹“ustoz-shogird” an’anasi asosida tajribali rahbarlarga shogird sifatida biriktiriladi,
🔹boshqa davlat organlariga tajriba oshirish uchun tegishli lavozimni egallagan holda bir yilgacha muddatga vaqtincha xizmat safariga hamda xorijiy stajirovkaga yuboriladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Ukrainaning Bayraktar TB2 dronlari jangovar harakatlarda ishtirok etdi

Ular Dnepr daryosini kechib o‘tmoqchi bo‘lgan rus qayiqlariga zarba berdi.

@daryo_live
🗣 Tramp Netanyaxuga qo‘ng‘iroq qilib, zarbalarni to‘xtatishni talab qilgan — NBC News

Telekanalning ta’kidlashicha, AQSH prezidenti ikkala tomonni ham zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligiga ishontira olgan. Netanyaxu bilan suhbatda Tramp “Eron sezilarli darajada zaiflashgani”ni aytgani ta’kidlanmoqda.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulh kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxu idorasiga ko‘ra, Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiyaning “barcha maqsadlariga” erishgan. Yadroviy va raketa sohasidagi “tahdid” bartaraf etilgan.

Isroil Eronda o‘z maqsadlariga erishdi. Biz sulhning buzilishiga kuch bilan javob beramiz, deyiladi bayonotda.


@daryo_live
2025/07/14 17:47:57
Back to Top
HTML Embed Code: