Telegram Web Link
Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertida ishtirok etdi

Qo‘shma konsert O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligi hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlanganining navbatdagi ifodasi bo‘ldi.

@daryo_live
Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

4 nafar shaxs savdo rastalaridan taxminiy narxi 5,2 mln so‘mlik qo‘l telefonlari va aksessuarlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live
O‘zbekistonda 5 oyda 14 ta holatda ovqatdan zaharlanishlar ro‘yxatga olinib, unda 42 nafar fuqaro jabrlangan

Yuzaga kelgan ovqatdan zaharlanish holatlarining o‘nta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste‘mol qilish natijasida botulizm kasalligi qayd etilgan. Uchta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilib, 13 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 8 nafarini bolalar tashkil etadi. Kimyoviy zaharlanish bitta holatda qayd etilgan.

@daryo_live
Bugun harorat 35-40 daraja, janubda 41-43 darajagacha issiq bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin — “O‘zgidromet”

@daryo_live
✈️ Uzbekistan Airways’ning Toshkent—Qozon reysi Orenburgga yo‘naltirildi

Bunga Qozon shahri havo hududining yopilishi sabab bo‘lgan. Shu yo‘nalishdagi yana bir reys kechiktirildi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron shaharlarida tunda portlashlar qayd etildi

Eron ommaviy axborot vositalari mahalliy aholiga tayanib, Tehron, Asadobod, Hamadon va Chitgarda bir nechta portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi. Bu haqda hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

@daryo_live
Isroil tomonidan o‘ldirilgani aytilgan eronlik general ommaga ko‘rinish berdi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining “Quds” maxsus kuchlari qo‘mondoni, general Ismoil Kaani tirik va Tehrondagi ommaviy mitingda ko‘ringan. Bu haqda Eronning Mehr axborot agentligi xabar bermoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyning janubi-g‘arbiy Guychjou provinsiyasida suv toshqinlari tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.

@daryo_live
Eron Isroil va AQSH zarbalariga qaramay, yadroviy dasturini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi

CNN’ning AQSH razvedkasi hisobotiga tayanib xabar berishicha, AQSH zarbalari Eron yadro dasturining asosiy tarkibiy qismlarini yo‘q qilmagan, balki uning rivojlanishini bir necha oyga kechiktirgan, xolos.

@daryo_live
🇺🇿🇸🇪 Shvetsiya O‘zbekistondan ishchilarni qabul qilishni rejalashtirmoqda

Ushbu davlatda demografik jarayonlar tufayli transport, qurilish, sanoat, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilyapti.

@daryo_live
Sharof Shukurov Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Eron Isroil va AQSH zarbalariga qaramay, yadroviy dasturini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi CNN’ning AQSH razvedkasi hisobotiga tayanib xabar berishicha, AQSH zarbalari Eron yadro dasturining asosiy tarkibiy qismlarini yo‘q qilmagan, balki uning rivojlanishini…
🗣 Tramp Eron yadroviy dasturi to‘liq yo‘q qilinganini da’vo qildi

AQSH prezidenti yadroviy obyektlar yo‘q qilinmagani haqida xabar bergan CNN va The New York Times nashrini tanqid qildi.

Feyk ma’lumotlar tarqatuvchi CNN va inqirozga yuz tutgan New York Times tarixdagi eng muvaffaqiyatli harbiy hujumlardan birini obro‘sizlantirishga urinish maqsadida birlashdi. Eron yadro obyektlari to‘liq yo‘q qilingan! The Times ham, CNN ham jamoatchilik tomonidan keskin tanqid ostiga olinmoqda! deb yozdi u Truth Social’s sahifasida.


@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi qamoqqa olindi

U dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga fuqarodan 3000 dollar talab qilgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada YPX xodimi avtomobil oynasi boshini qisib qolgan bolani qutqarib qoldi

YHXX bolalarni avtomashinada yolg‘iz qoldirmaslikni so‘radi.

@daryo_live
❗️ Eron parlamenti MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deya xabar bermoqda OAV

@daryo_live
🇺🇿🇲🇳 O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga daraxt ekdi

"Ix Tenger" davlat majmuasi bog‘idagi marosim ikki davlat keng qamrovli sheriklik munosabatlarining rivojlanishida yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘ldi.

@daryo_live
Pashinyan huquq-tartibot idoralari Armanistonda hokimiyatni egallab olishning oldini olganini aytdi.

@daryo_live
2025/07/13 20:53:50
Back to Top
HTML Embed Code: