Telegram Web Link
Saida Mirziyoyeva Britaniya biznes vakillari bilan uchrashdi

“Men mamlakatimizda yuz bergan ulkan o‘zgarishlar bilan faxrlanaman. Biz yuzlab yillik tarixga ega bo‘lgan ishbilarmon doiralarning ishonchini qozonib bormoqdamiz”, deydi Prezident administratsiyasi rahbari.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Video
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘onistonning Qandahor viloyati ham nishonga olindi

Pokiston harbiy samolyotlari hududdagi bir qancha obyektlarga zarba berdi.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev yangi Toshkent xalqaro aeroporti poydevoriga kapsula qo‘yib, qurilishini boshlab berdi.

Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Koreya kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro konsorsium bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha 4 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda 2,5 milliard dollar evaziga aerovokzal hamda aerodrom quriladi.

Loyiha 27 milliard dollardan ortiq daromad keltirishi kutilmoqda.

@daryo_live
Finlyandiya yadroviy urush tahdidi sabab 50 mingta bunker qurgan. Ular butun aholini sig‘dira oladi – Bild

Nashrning yozishicha, bunkerlar ichida sport zallari, bolalar maydonchalari, avtoturargohlar va hatto xokkey arenalari mavjud. Ular yer sathidan 20 metr chuqurlikda joylashgan.

@daryo_live
Buxoroda sud tizimi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

U sudda yakuniy qaror bo‘yicha sudlanuvchiga tizimdagi tanishlari orqali yengillik yaratib berish va kelgusida hukmning o‘zgarmasligini ta’minlashni va’da qilgan.

Buning evaziga u 700 AQSH dollari talab qilib, avval 100 dollarni olgan, keyinchalik qolgan 600 dollarni olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

@daryo_live
Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashdi

Uchrashuvda inson kapitalini rivojlantirish va O‘zbekiston maktablarida Kembrijning ayrim dasturlarini joriy etish, Oksfordda o‘zbek tilini o‘rganish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘qituvchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda loyiha qiymati 90 mln dollarlik alyumin qadoq ishlab chiqarish va salqin ichimliklar quyish majmuasiga start berdi.

Loyiha ishga tushishi natijasida 60 million dollarlik import o‘rni qoplanib, 20 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Mahalliylashtirish darajasi 90 foizga yetkaziladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bezorilar emas, bemorlar” — Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar boshqa fuqarolarga kuch ishlatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Poytaxt IIBB videoni o‘rgandi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pokiston Kobul va Qandahorga uyushtirgan havo hujumlari tasvirlarini e’lon qildi.

@daryo_live
Prezident “Anglesey Food” omborini borib ko‘rdi

Markazda tun-u kun ishlovchi 96 ta sinov usuliga ega maxsus laboratoriya barpo etiladi. Mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

@daryo_live
Pokiston va Afg‘oniston vaqtinchalik otashkesimga kelishib oldi. Bu haqda Islomobod rasmiylari ma’lum qilmoqda.

@daryo_live
2025/10/23 15:14:55
Back to Top
HTML Embed Code: