Telegram Web Link
🔎 Luvr muzeyidan nimalar o‘g‘irlandi?

4 daqiqa ichida jinoyatchilar fransuz imperatorlariga tegishli 9 ta buyumni o‘g‘irlagan. Rasmiylar ularni “bebaho” deb atagan.

▪️212 ta marvarid, 1 998 ta olmos va 992 ta pushti qirrali olmos bilan bezatilgan imperatritsa Yevgeniya tiarasi.

▪️ Imperatritsa Yevgeniyaning 2 438 ta olmos va 196 ta pushti qirrali olmos bilan bezatilgan dekorativ banti.

▪️ 1855-yilga oid “Imperatritsa Yevgeniya” broshkasi.

▪️ Lui Bonapartning rafiqasi qirolicha Gortenziya va Lui-Filipp I’ning turmush o‘rtog‘i qirolicha Mariya-Ameliya taqib yurgan to‘plamdagi sapfir sirg‘a.

▪️ Napoleon tomonidan Mariya-Luizaning to‘yiga sovg‘a qilingan zumrad va olmoslardan yasalgan marjon.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda hafta davomida harorat iqlim me’yoridan yuqori bo‘ladi

Prognozlarga ko‘ra, 20—24-oktyabr kunlari iliq va yog‘ingarchiliksiz o‘tadi.

@daryo_live
Chinozdagi YTH aybdori ayni xizmatdagi YPX inspektori boʻlgan. IIV xodimni sobiq deb, masalani xaspo‘shlagani ma’lum bo‘ldi

Vazirlik axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov 2025-yilning 12-avgust kuni Chinoz tumani hududida sodir etilgan YTH aybdori boʻlgan haydovchi YPX inspektori emasligini, voqeaga qadar u ishdan olinganini aytgandi.

Toshkent shahar IIBB YHXB boshligʻi, podpolkovnik Muhammad Odilov Shohrux Gʻiyosov OAVga yolgʻon maʼlumot berganini tasdiqladi.

@daryo_live
O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda

🇺🇸 dollar 12 060,15 soʻm (-48,09)
🇪🇺 yevro 14 064,55 soʻm (-104,51)
🇷🇺 rubl 148,87 soʻm (-0,23)

17-oktyabrdan buyon dollar kursi faqat pastladi.

@daryo_live
🎣 Bekobodda 1 dona “Kumush tovon balig‘i”ni ovlaganlar tabiatga 8 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi.

@daryo_live
Davlat organlarida rahbarlarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga oid prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, shuningdek, chet ellik talabalar uchun bepul o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi, xorijdagi vatandoshlar farzandlariga mo‘ljallangan o‘quv markazlari faoliyati kengaytiriladi.

@daryo_live
Ertaga, 21-oktyabr kuni Yangihayot, Mirzo Ulugʻbek, Sergeli va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ekspozitsiyalar orqali o‘zbek xalqining boy tarixiy va ma’naviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

Inshootning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz qad rostlagan.

Inshootning markaziy qismida Qur’oni karim zali joylashgan.

@daryo_live
O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida ko‘krak bezi saratonini erta aniqlovchi dastur ishga tushirildi

Dastur ishga tushirilgandan so‘ng 3000 dan ortiq bemorning tibbiy tasvirlari tahlil qilinib, ularning barchasida tashxis real natijalar bilan to‘liq mos kelgani tasdiqlandi.

@daryo_live
ChatGPT ayrim davlatlar uchun arzon tarif kiritdi. Undan o‘zbekistonliklar ham foydalana oladi

OpenAI kompaniyasi 70 dan ortiq rivojlanayotgan davlatlarda “ChatGPT Go” nomli yangi, arzonroq tarifni joriy etdi.

Unga ko‘ra, foydalanuvchilar oyiga taxminan 6 dollar evaziga ChatGPT xizmatidan kengaytirilgan imkoniyatlar bilan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

@daryo_live
Rossiya barcha sohalarda Eron bilan hamkorlikni kengaytiradi

Kreml vakili Peskov Moskva va Tehron munosabatlari dinamik ravishda rivojlanib borayotganini ta’kidlab, Yevropaning Eronga ko‘rsatayotgan bosimini qoraladi.
“Rossiya Eron bilan barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga, albatta, tayyor. Eron bizning hamkorimiz va munosabatlarimiz dinamik ravishda rivojlanmoqda”, degan u.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqandga kirish yoʻllari vaqtinchalik yopiladi.

@daryo_live
Kolumbiya AQSHdan o‘z elchisini chaqirib oldi

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi 20-oktyabr kuni elchi Daniel Garsiya-Penya chaqirib olinganini ma’lum qildi. Qaror Trampning Kolumbiya prezidentini narkobaron deb atagani va mamlakatga moliyaviy yordam to‘xtatilishi sabab qabul qilingan. AQSH prezidenti, shuningdek, Kolumbiyadan import qilinadigan mahsulotlarga bojlarni oshirishini bildirgan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yigirma yildan keyin shevalar deyarli qolmaydi” — Qozoqboy Yoʻldoshev

“Oʻzbek tilini boyitish emas, hech boʻlmasa, hozirgi holatini saqlab qolishni oʻzi katta masala”, deydi adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldoshev.

@daryo_live
Filippinga Fengshen bo’roni yopirildi: qurbonlar bor

Mamlakatga o‘tgan hafta oxirida kirib kelgan tabiiy ofat sabab 8 kishi halok bo‘lgan, 27 ming aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan. Prognozlarga ko‘ra, shamol tezligi soatiga 112 kilometrga yetishi kutilmoqda.

@daryo_live
🇺🇿🇰🇷Toshkentda loyiha qiymati qariyb 150 mln dollarlik tibbiyot klasteri tashkil etiladi

124 million dollar — Koreya Eksimbanki orqali EDCF kredit mablag‘lari, 25,8 million dollar esa O‘zbekiston ulushi hisoblanadi.

Unda 700 nafardan ortiq tibbiyot xodimi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Loyiha doirasida 130 nafar o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi malaka oshirish uchun Koreyaga yuboriladi.

@daryo_live
Prezident farmoni bilan mahallalarda favqulodda vaziyatlar profilaktikasining yangi tizimi joriy etiladi

Toshkent viloyatida “Mahalla muhofazasi” loyihasi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Uning doirasida xonadonlarda yong‘in, is gazi va chaqnash kabi hodisalarni oldini olish, isitish tizimlari va dudoqlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, elektr va gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

@daryo_live
2025/10/22 11:34:57
Back to Top
HTML Embed Code: