Telegram Web Link
Oq uyning bir qismi buzilmoqda

Prezident Donald Tramp bu yerda 8 ming kvadrat metr maydonga ega zal qurishni rejalashtirgan. Katta qurilish ishlari 250 million dollarga baholanmoqda. Trampning so‘zlariga ko‘ra, loyiha “Prezident rezidensiyasini zamonaviylashtirish ramzi”ga aylanadi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, mamlakat sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda…
O‘zbekistonda hokimlarning sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi bo‘ladi

Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish topshirildi.

@daryo_live
“Biz 2030-yilga borib, sunʼiy intellekt boʻyicha TOP-50 ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz”—Shavkat Mirziyoyev

Sun’iy intellekt alyansi tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar kiritiladi.

@daryo_live
O‘zbekistonda yo‘ldoshli internet 2026-yildan yo‘lga qo‘yiladi

Prezident olis hududlar uchun yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati 2026-yildan boshlanishini aytdi. Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

@daryo_live
“Sunʼiy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab boʻlmaydi”—Shavkat Mirziyoyev

SIʼga investitsiya kiritish uchun qulay muhit yaratish Qoraqalpogʻistondan boshlanishi belgilandi.

Bunda 100 million dollardan koʻp sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi.

@daryo_live
O‘zbekistonda eng yaxshi informatika o‘qituvchilari rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi

Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga jo‘natiladi.

@daryo_live
O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

🇺🇸 dollar 12 011,02 soʻm (-49,13)
🇪🇺 yevro 13 985,01 soʻm (-106,54)
🇷🇺 rubl 148,08 soʻm (-0,79)

@daryo_live
🇺🇿🇩🇪 Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi

Uning bitiruvchilari ikki davlat tomonidan tan olinadigan diplomga ega bo‘lib, Germaniyada yuqori maosh asosida hamshira sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

@daryo_live
Prezident o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

“Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ona tilimizni rivojlantirishda ham biz keng jamoatchiligimizning amaliy fikr va takliflariga, faol ishtirokiga tayanamiz”, deyiladi tabrikda.


@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentga “Kotib AI” platformasi taqdim etildi.

IT-Parkda Samandar Tursunaliyev sun’iy intellekt asosida ishlovchi “Kotib AI” startapini namoyish etdi. Platforma hujjatlar bilan ishlash, matnlarni tahrirlash va tarjima qilish jarayonlarini avtomatlashtiradi.

Startap “TechAward” tanlovida qo‘lga kiritilgan 50 ming dollar mukofot puli hisobiga yo‘lga qo‘yilgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlarning innovatsion loyihalari bilan tanishdi

Prezident taqdim etilgan chora-tadbir va loyihalarni qo‘llab-quvvatladi. Sun’iy intellektni joriy etish jarayonlarini yanada jadallashtirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ona tilim, Seni bizlar Onam deymiz!"

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni.

@daryo_live
Shota Rustaveli ko‘chasidan o‘tuvchi navbatdagi 4 ta avtobus yo‘nalishi harakati qayta tiklanmoqda.

22-oktabrdan boshlab 2-, 18-, 45- va 94-sonli avtobus yo‘nalishlari Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali harakatni boshlaydi.

@daryo_live
Shimoliy Nurota tog‘larida joylashgan Ko‘ktonli neolit yodgorligida yangi topilmalar aniqlandi.

Rasmlar orasida qo‘l panjalari va inson tasvirlari mavjud. Mutaxassislarning fikricha, mazkur tasvirlar Ko‘ktonli neolit yodgorligi madaniy qatlamlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.

@daryo_live
2025/10/27 02:15:18
Back to Top
HTML Embed Code: