Telegram Web Link
Bir o‘lim — ming savol: Rossiyada yuqori lavozimdagi shaxslar o‘limi nega ko‘paymoqda?

Xo‘sh, Rossiyada sobiq amaldorlar nima uchun o‘z joniga qasd qilmoqda? Bu sirli o‘limlar ortida qandaydir ko‘rinmas kuch bormi? Quyida shu haqida so‘z yuritamiz..

Batafsil — https://daryo.uz/PrrVYPX4

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
1
Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim aslik tizim haqida nimalar ma’lum?

Ukraina urushi hamda Yaqin Sharqdagi mojarolar ko‘plab qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar nomlarini xalqaro darajada ommalashtirdi. Patriot ulardan biri bo‘lib, dunyoning 20 ga yaqin davlatida xizmat qilmoqda. Narxi yarim milliard dollarga boradigan tizimga nisbatan maqtovlar ham, tanqidlar ham yetarlicha topiladi. Maqolada AQSH va ittifoqchilarining asosiy havo mudofaa tizimi haqida so‘z boradi.

Batafsil — https://daryo.uz/PuDAwun6

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
FT: Yevropa Ittifoqining eng yirik porti Rossiya bilan urush holatiga tayyorlanmoqda

Rotterdam porti NATO ta’minot kemalari uchun joylarni zaxiralashni va harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshlagan.

Batafsil — https://daryo.uz/PuxN5li8

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Ukrainadagi mojaroning yakuni muzokaralar orqali emas, balki jang maydonida hal bo‘ladi” — ekspert

Anqara “Boshkent” universiteti professori Hasan Unalning fikricha, hozirgi vaziyatda Yevropa mamlakatlarining pozitsiyasi sababli muzokaralar stoli atrofida kelishuvga erishib bo‘lmaydi
.

Batafsil — https://daryo.uz/PgV8JKfV

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Amerika orzusi: trak haydashning past-balandliklari nimada?

Qo‘shma Shtatlarga borish istagidagi o‘zbekistonliklarning aksariyatini umumiy orzu birlashtiradi. Ularning ko‘pchiligi trakchilik sohasida mehnat qilib, shu orqali mo‘may daromad topishni xohlashadi. Boisi mazkur tarmoq AQSH uchun favqulodda muhim bo‘lib, har yili trillionlab dollar miqdordagi tovarlar aynan yuk mashinalari orqali tashiladi. “Daryo” ushbu kasb bilan ro‘zg‘or tebratayotgan vatandoshimiz suhbatida bo‘lib, ish jarayonlari bilan tanishdi.

Batafsil — https://daryo.uz/PgmXtOlG

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
AQSH Isroil mudofaa armiyasining aviabazalari va obyektlarini qurish uchun yuz millionlab dollar ajratmoqda

Ajratilgan mablag‘larga turli harbiy bazalarda yangi obyektlar, jumladan, klinikalar, harbiy-dengiz bandargohlari, turli bo‘linmalar shtablari va o‘q-dorilar omborlarini qurish ko‘zda tutilgan
.

Batafsil — https://daryo.uz/PgDIGvtl

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Nepal va Xitoy chegarasidagi ko‘prikni suv toshqini yuvib ketishi oqibatida 18 kishi bedarak yo‘qoldi

Bedarak yo‘qolganlar orasida uch nafar politsiyachi, to‘qqiz nafar mahalliy aholi va olti nafar Xitoy fuqarosi bor.

Batafsil — https://daryo.uz/PlgkKRHg

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Isroil 600 ming falastinlik uchun chiqish imkoniyati bo‘lmagan ulkan lager qurishni rejalashtirmoqda

Mamlakat mudofaa vaziri G‘azo sektorining janubiy qismidagi Rafah xarobalari ustida 60 kun ichida “insonparvarlik shahri” deb nomlangan manzilgohni barpo etish to‘g‘risida topshiriq bergan.

Batafsil — https://daryo.uz/Plnn5ZBp

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tramp Rossiyaga “kichik syurpriz” tayyorlaganini ma’lum qildi

Oq uy rahbari tafsilotlarni keltirmagan, biroq Putinning harakatlaridan “norozi” ekanini bildirgan
.

Batafsil — https://daryo.uz/P9EUmBS5

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
1
AQSH prezidentining kadrlar bilan ishlash boshqarmasi direktori Toshkentda tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

Bolaligida Gorning oilasi AQSHga ko‘chib ketgan, bu yerda u Amerika fuqaroligini olgan.

Batafsil — https://daryo.uz/P9mQirUB

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
👍1
Chexiya prezidenti: “Yevropa davlatlari Rossiya bilan aloqalarini tiklashi mumkin”

Siyosatchi Vladimir Putin “hokimiyatda abadiy qolmasligi”ni ta’kidladi.

Batafsil — https://daryo.uz/PorSAfLO

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tramp avvalgi prezidentlik davrida Moskva va Pekinni bombardimon qilish bilan tahdid qilgani oshkor bo‘ldi (audio)

AQSH prezidentining 2024-yilgi mablag‘ yig‘ish tadbirlarida ham Rossiya, ham Xitoyga tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/Pe9PccKy

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1
Britaniya Isroilga yangi choralar bilan tahdid qildi

G‘azodagi urush sabab allaqachon Isroil bilan savdo muzokaralari to‘xtatilgan va yahudiy vazirlariga qarshi sanksiyalar qo‘llangandi.

Batafsil — https://daryo.uz/PeuCIdGq

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga qarshi emas — Turkiya TIV

Rossiya Istanbuldagi muzokaralarning uchinchi raundiga tayyorligi ma’lum qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/PCVNtXKH

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Xalqaro jinoiy sud “Tolibon” yetakchilarini hibsga olishga order berdi

XJS harakat vakillarini ayollarni ta’qib qilishda ayblamoqda. “Tolibon” bu qarorni “be’manilik” deb atab, uni tan olmasligini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/PxggmvYW

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
1👍1
AQSH mis importiga 50, dori-darmonlarga 200 foiz boj solishini ma’lum qildi

Tramp ko‘proq mahalliy dori-darmon ishlab chiqarishga undamoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/PxmBuJau

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1
Hindistonda olomon jodugarlikda ayblangan oila a’zolarini o‘ldirdi

Qishloq aholisi kasallik tarqalishiga aynan shu oila sabab bo‘lganiga ishongach, ularni o‘ldirib, jasadlarini yoqib yuborgan.

Batafsil — https://daryo.uz/PqcXxmuw

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
😁1🤯1
Isroil va HAMAS sulh bo‘yicha bitta masalada kelisha olmadi

Qatarda tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Unda gumanitar yordamni yetkazish tartibi va Isroil urushni qayta boshlamasligi uchun AQSHning kafolat berishiga erishilgan



.

Batafsil — https://daryo.uz/Pq8AUMdY

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yerdan 3 mlrd yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan “tosh qotgan” galaktika kashf etildi

U milliard yillar mobaynida deyarli o‘zgarishsiz “yashab kelmoqda”.

Batafsil — https://daryo.uz/PqgIMbnf

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1
Yamanda hindistonlik hamshira qatl etiladi

U qatl etilmasligi uchun jabrlanuvchining oilasiga “qon to‘lovi” sifatida 1 mln dollar taklif etilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/PmtOQ3Hv

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
2025/07/10 12:14:03
Back to Top
HTML Embed Code: