Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
12 ballik tizim: bundan kimlar qo‘rqishi kerak?

Transport vositasi qaysi holatlarida jarima maydoniga qo‘yiladi? YPX xodimiga qanday hujjatlar taqdim qilinishi kerak? Huquqshunos oshxonasining bu galgi sonida Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartishlar va muhim yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlardagi YPX bilan bog‘liq turli xil fikrlar rost yoki yolg‘onligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lasiz!

To‘liq video 👉 https://youtu.be/XVZ7IejSFUM

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

🔎Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

Xabardornoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar):
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy bo‘linmalari.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Unutmang, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda:
1️⃣ madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish uchun maxsus sertifikatga ega bo'lishingiz;
2️⃣ 50 yil muqaddam va undan oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emasligi haqida xaridorni ogohlantirishingiz;
3️⃣ madaniy boyliklarni asrash choralarini ko‘rishingiz lozim.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

⁉️O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olmoqchi bo'lgan shaxs davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishi kerakligidan xabardormisiz?

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun chet davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛 Vakolatli organ: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalari

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 20 foizi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan so'ng 1 oy muddatda imtihon o'tkaziladi.

🧾 Imtihon natijalari bo‘yicha malaka sertifikati beriladi.

Malaka sertifikati muddatsiz amal qiladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

Xabarnoma yuborish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

🐈 Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

Xabarnoma yuborish uchun yuridik va jismoniy shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

🏢Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish tartibidan xabardormisiz?

💠Davlat mulki obyekti — davlat ko‘chmas mulk obyektlari, xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi (kapitalidagi) davlatga tegishli bo‘lgan ulushlar (aksiyalar).

Davlat xizmatidan foydalanish uchun nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛 Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari.

💰 Xizmat bepul korsatiladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni.

🧾Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha buyurtmanoma qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma taqdim etiladi.

Asos
: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💍 Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

❗️Eslatma: har bir faoliyat yuritish turi va manziliga (filialiga) alohida xabarnoma yuboriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Rustem Bigari
Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi huzuridagi Raqamli hukumatni qo‘llab-quvvatlash markazi direktori


Qozog‘istonda davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasi


Davlat xizmatlari inson ehtiyojlari markaziga qo‘yilib, ular hayotiy vaziyatlarga mos ravishda avtomatlashtirilmoqda. Masalan, biznes ochish, kredit olish yoki bolani ro‘yxatga olish kabi jarayonlar endilikda bir tugma orqali, qog‘ozsiz va tezkor tarzda amalga oshirilmoqda.

Metrologiyadan tortib, kreditlashgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda biz SI’ni joriy etyapmiz. Masalan, “SI Qyzmet” va “Qazaq Law” kabi SI-agentlar yuridik maslahatlar, hujjatlar tahlili va normativ hujjatlar ishlab chiqishda yordam bermoqda. Bu tizimlar nafaqat samaradorlikni oshiryapti, balki yashirin iqtisodiyotni kamaytirish va korrupsiyani oldini olishga xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mircha Sanu,
Moldova Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi direktori:

“АI inson markazida bo‘lishi lozim”


Men jahon miqyosida ko‘plab forumlarda ishtirok etganman, ammo O‘zbekistondagi bu forumda birinchi ishtirokim.

Mening asosiy taassurotim – O‘zbekiston, Moldova kabi davlatlar tadbir davomida mintaqada raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt sohasida eng izchil rivojlanayotgan mamlakatlar sifatida tilga olindi.

Garchi rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda boshlang‘ich imkoniyatlarimiz boshqacha bo‘lgan bo‘lsa-da, hozir juda tez surʼatda rivojlanayapmiz. Hatto aytishim mumkinki, ayrim Yevropa davlatlari ham biz va siz erishgan yutuqlardan havas qilishlari mumkin.

Maʼruzamning mavzusi – Moldova qanday qilib raqamli sohada Yevropa integratsiyasiga harakat qilmoqda. Аyni shu borada chiqish qilaman.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi?

👫Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢Litsenziyalovchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida.

Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. |

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qatar adliya vaziri Ibrahim bin Ali Al--Mohannadi boshchiligidagi delegatsiya Shayxontohur tuman davlat xizmatlari markaziga rasmiy tashrif buyurdi.

Uchrashuvda delegatsiya a’zolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirilib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va tezkorligini doimiy monitoring qilib borish usullari muhokama qilindi.

Shu bilan birgalikda, uchrashuv jarayonlarida 24/7 rejimda ishlaydigan hamda tezkor xizmatlar ko‘rsatishga moslashtirilgan interaktiv infokioskda fuqarolar tomonidan xizmatdan foydalanish yanada oson va qulay shaklga o‘tkazilganligi ta’kidlanib, bu borada tomonlar o‘zaro tajriba almashdi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Eldor Maxkamov,
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i


Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatishda "fuqaro - e'tibor markazida" tamoyili bo'yicha ishlash davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini jadal rivojlantirish strategiyasining asosini tashkil qiladi.

Eng yaxshi davlat xizmati bu fuqaro unga xizmat ko'rsatilganini bilmasdan qoladigan xizmat ekanligini hisobga olgan holda 12 ta xizmat proaktiv shaklda ko'rsatilmoqda. Shuningdek, 50 dan ortiq xizmat kompozit, 15 turdagi xizmat avtomat tartibda ko'rsatilmoqda.

Raqamlashtirish va integratsiya hisobiga Davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko'rsatish vaqti 15-20 daqiqadan 5-8 daqiqaga tushdi.

30 dan ortiq davlat xizmati natijasini pochta orqali yetkazib berish tartibi joriy etildi va 2024-yilda 13,3 ming fuqaro mazkur mexanizmdan foydalandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 08:17:58
Back to Top
HTML Embed Code: