Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Tayinlov
Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boʻlgan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rahbari, 2005-2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
➖2006-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha inspektori;
➖2011-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya va sud idoralari masalalari shu'basining yetakchi inspektori;
➖2014-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shu'basi mudiri;
➖2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu'basi mudiri lavozimlarida ishlagan.
➖2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
➖2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida;
➖2021-2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2024-yildan) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

✅Davlat xizmatlarida yagona standart sari!
🔹Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlarida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yagona standartlarini yaratish va ularga ISO xalqaro sertifikatlarini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
🔹Shu maqsadda loyihani amalga oshirish doirasida vazirlik markaziy apparatining tegishli bo‘lim xodimlari ishtirokida xalqaro ekspertlar bilan seminar-trening o‘tkazildi.
🔹Tadbirda ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish standartlari mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, seminar savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, xodimlarni qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritildi.
❗️Mazkur tashabbus fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro tajriba asosida yagona yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.