Telegram Web Link
Meni “univetsitet”lardan (Registon) koʻra qabriston (Shohi Zinda) chiroyliroq ekani hayron qoldiradi…

Oʻzbekistonning Samarqandi. Tillakori madrasasi, Shohi Zinda.

2022.25.03

@dengizortidan
👍3311😁3🔥2👏1
Samarqandning Nurobodidagi Zamzam

Muhammadali Eshonqulovning Instagramga joylagan ushbu videosini ko'rib qoldim. Judayam qiziqarli storiteling. Har bir biznesda ham o'z narrativi, o'z mahsulotlari haqida hikoyasi bo'ladi. Ammo hammaniki ham original va samimiy emas.

Ushbu videodagi "stori"ning o'zgachaligi bor. Gap shundaki, videoda tilga olingan o'sha umumiy ovqatlanish shahobchasi Samarqand viloyatining Nurobod degan bir tumani markazida joylashgan ekan.

Bunday chekka hudud uchun biznes egasi aytayotganidek, "shubhadan holi" oshxonani shunchalik miridan-sirigacha o'ylangani va zavq bilan aytib berilishi -- katta narsa. PR shunchaki PR uchun emas, PR avvalo inson uchun, deb o'zgartirgan bo'lardim bir necha yillar oldin mashhur bo'lgan bir iborani.

Chet elda yashab ko'rganlar biladi, halol, kosher, vegan yoki vegeterian mahsulotlar taklif qiladigan bizneslar nozikta'b mijozlarning oshqozonini yoki onginigina emas, balki yuragini zabt etishi kerak.

O'zbekistonda halol tamaddixonalar va restoranlar juda ko'p. Buni doim ham qadrlamaymiz. Umuman, bizda restoranlar juda rivojlanib ketgan, tfu-tfu, ko'z tegmasin.

Sanjar Said akamiz bilan o'tgan kuni ko'rishganimizda bir gap aytdilar hazillashib: "shu ovqatga tuzni shuncha solinglar, murchni mana buncha solinglar" deb davlat aralashmagani uchun bizda shu soha boshqalaridan oldinlab ketdi. ))

@dengizortidan
👍37👏4🔥2😁1
Amerikada mahalliy yangiliklarni kech eshitardim

Hozir Nyu-York metrosidagi otishmada bir do'jna mahalliylar yaralangani haqida o'qidim. Bu yerda o'tirib vahimaga tushaman. "N" yo'nalishidagi metroda men yashagan Bruklinda bo'libdi bu voqea.

Keyin eslayman... Necha marta hali Los Anjeles tomondagi yong'in, hali Floridadagi toshqin, hali yana boshqa balo-qazolar haqida Toshkent orqali eshitardim. "Hoy, sen tinchmisan?", "Senga hech narsa qilmadimi?" degan xavotirli "telegramma"lar olardim.

Men Amerikada doimo o'qish va o'z ustimda ishlash bilan band edim. Yana tirikchilik uchun mehnat qilish kerak edi. Shuning uchun na mahalliy, na O'zbekistondagi, na dunyodagi xabarlarni qunt qilib kuzatardim. Ayniqsa, 2021- yil uydan ishlashga o'tgunimgacha.

Amerikadagi o'zbeklar mamlakatda nimalar bo'layotganini kun.uz va o'zbek tilidagi Telegram kanallaridan o'qishardi. Axir, bu ajoyib emasmi?

@dengizortidan
👍17😢3
O'ng tomonda turgan yigit — Rasuljon. Biz u bilan Montessori ta'lim uslubi haqida voicechat qilgan edik. Shunga ham bir yil bo'larkan yaqinda.

Pragadagi Montesorri Institutini bitiribdi, unga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

@dengizortidan
👏24👍9🔥6👎2
Jiddiy mavzu: maqsad qo'yib, unga erishish — kunlik odatlar va o'zlik bilan bog'liq.

Ajoyib dizayner akamiz Nodir Xalilov (vo'shshem hurmat qilaman, adashmasam, bir binoda ishlaymiz, ammo ko'rishish nasib qilmadi) Atomic Habits kitobi haqida yozibdilar. Aksariyat odam maqsad qo'yadi, lekin unga erishmaydi. Shuni eshitganmidingiz? Kuzatganmisiz?

Juda ko'p odamlar shunchaki maqsad qo'yadi va unga hech qachon erishmasdan o'lib ketadi. Masalan, Qur'onni yod olish, Amerikaga borish, ingliz tilini o'rganish, dunyoni aylanish yoki biror hunarni egallash.

Atomic Habits'ni o'qiganim yo'q, ammo mana bu videobayonni ko'rib chiqqan edim.

Menga eng yoqqan narsa — bu o'zlik haqidagi fikrlar. 22- mart kuni bularni Facebook'da yozib, Telegram'da дублировать qilmagan ekanman.

Maqsadlaringiz va ularga erishish yo'lida nimalar qilayotganingiz haqida o'zingiz va yaqinlaringizga hisobot bering. Ha, javobgar bo'ling.

365done.ru sayti judayam yordam beradi kunlik monitoring uchun.

@dengizortidan
👍18
O‘zbekicton musulmonlari idorasi vakillari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurishadi

Safar doirasida imom-xatiblar yurtdoshlarimiz istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan Amerikaning 6 ta shahrida, 20 aprel kuni Vashington shahrida, 21 aprelda - Filadelfiyada, 22 aprelda - Nyu-Yorkda, 23 aprel kuni – Sinsinnatida, 24 aprel kuni - Chikagoda, 25 aprelda esa Orlandoda bo‘lishadi.

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter|Telegram (на русском)
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rohmatulloh xurmatli vatandoshlar, qadrli oʻzbekzabon din qardoshlar!

Sizlar uchun ajoyib xushxabar. Bu yilgi Ramazon oyini har yilgidanda shukuhli oʻtkazish maqsadida oʻzbekistonlik 10 ga yaqin ustozlar Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif buyurmoqdalar.

1) Muhammad Ayyubxon domla Homidov
2) Is’hoqjon domla Begmatov
3) Jaloliddin domla Hamroqulov
4) Ismoil domla Muhammad Sodiq
5) Hasan domla Qodirov
6) Qosimjon qori Karimov
7) Abdulhamid domla Jumanov
8) Anvarxon qori Zaitov

Ustozlar quyidagi shaharlarga tashrif buyuradilar

20-aprel - Washington DC,
21-aprel - 7 p.m. Philadelphia,📍 Isabet Academic Campus
22-aprel - 5 p.m. New York, 📍 Da Mikelle Palazzo
23-aprel - 7 p.m. Cincinnati, 📍 OREF center
24-aprel - 7 p.m. Chicago, 📍 Shalimar Banquets
25-aprel - 2-May Orlando 📍 Al-Bukhari islamic center

Barchangizni Ramazon suhbatlariga va iftorga taklif etamiz. Ramazon shukuhini biz bilan birgalikda his qiling!

Bizning ijtimoiy tarmoqlar:

Instagram |Youtube |Telegram |Facebook
👍12
Jasur oʻzbek oʻgʻloni

Jasur Shukurov kanalimda chakagim tinmay maqtaydiganim ukam. Universitetining vebsayti ham uni alqab maqola chiqaribdi.

U Amerikaga oʻqishga borgach, universitetiga ishga kirgan va tinmay ishlagan: hali qabul boʻlimida, hali xalqaro boʻlimda, hali kafedrasida…

Jasurning birga ishlagan ustozlari biri olib, biri qoʻyib, uning naqadar mehnatkash, iqtidorli va odamshinavanda ekanini aytib yotishibdi.

Jasur va uning akasi bir paytlar men, mening londonlik kundaliktutar doʻstim Mirjalol (@londoners_diary) hamda boshqa ajoyib insonlar tashkil etgan Young Leaders Development Project loyihasida ham boplab qatnashgan edi. Oʻshanda unga bilib “Jasur oʻzbek oʻgʻloni” deb epitet qoʻygan ekanmiz.

Menimcha, Amerikaga borib, trak haydamaslik — jasurlik va oʻgʻlonlikning oʻzginasi. )) Hazil.

Oxirgi yillarda FAANG kompaniyalari unga ogʻiz solib yotishibdi, oʻtgan yili yozda u Amerikadagi yirik bir kompaniya 3M’dan ham, Amazon’dan ham ish taklifini olib, moychechak gulbarglarini yulib oʻtirgandi. Bugun ham uning keyingi bekati Kaliforniya gigantlari boʻp turibdi. Yasha!

KVN’dagidek… Bu gapimiz bilan nima demoqchimiz: U qila olgan ekan, sizning ham qoʻlingizdan keladi.

https://www.adelphi.edu/news/from-uzbekistan-to-long-island-and-now-to-california-how-dedication-passion-and-optimism-can-widen-your-horizons/

@dengizortidan
👍35🔥12👏7😁1
Nyu-York tomoshabopligini yo'qotgani haqida

2015- yil 3 kun, 2018- yil 4 kuncha Manxettenda bo'lganman. Haqiqiy tomoshabin bo'lganman o'shanda. Har bitta bino, har bitta avtobus bekati, har bitta uysiz odam yoki gazeta tokchasi bir eksponatdek ko'ringan ko'zimga.

2020- yilning dekabrida Nyu-Yorkning Brukliniga ko'chib o'tdim. Manxettenga bir necha marta qatnab keldim. "Sershovqin, kir, noqulay, kalamushligina joy. Shuning nimasi qiziq?" Shunday xayollar kela boshladi boshimga.

2021- yilning yozida ish yuzasidan deyarli har kuni Manxettenga boradigan bo'ldim. Ana o'shanda shahar butkul tomoshabopligini yo'qotdi men uchun.

Axir, bu Nyu-York. Ehtimol, dunyoning eng ajoyib shaharlaridan biri. Toshkent esa o'rtamiyona, bir bosh plani ham bo'lmagan, sovetcha bo'lib sovetchamas, dubaycha bo'lib dubaychamas, qanaqadir mutant shahar. Uni faqat odamlari, daraxtlari (kesilmay qolganlari), mahallalari, ovqatlari uchungina sevish mumkin. Arxitekturasini men tushunmayman shaxsan.

Lekin shu Toshkentga ham birinchi kun kelgan odam og'zini ochvolib tomosha qilishi mumkin. Unda har kuni yashaydigan, masalan, ishga qatnaydigan odam-chi? Men gaplashgan ko'p toshkentliklar bu yerdan bosh olib ketishga tayyor, bir kichik misol.

Tak chto, shahar hokimiyatidagilar taklif etayotgan tomosha imkoniyati yer usti o'tish yo'li uchun kulgili fiche. Bu fiche emas, annnniq bag. Bu xuddi "sizni zo'rlashayotgan bo'lsa, undan rohatlanishga harakat qiling, shunda zarari kam bo'ladi" deyishga o'xshaydi.

@dengizortidan
👍16😁12
Troll.uz loyihasi asoschisi Umid Gafurov o'zining TANISH BILISH agentligiga SMM professional ishga olmoqchi. Oylik 500 dollardan boshlanarmish.

"Diplom, propiska va boshqa hujjatbozliklar kerakmas" deyilyapti e'londa.

Tashqarida 2022- yil. Xudoga ming qatra shukurki, diplom, obyektivka, mehnat daftarchasi kabi RUDIMENTlardan voz kechyapmiz.

Inson kelib chiqishi, kimlarga qarindoshligi, ro'mol o'rash-o'ramasligi, soqol qo'yish-qo'ymasligi, universitetga borgan-bormaganligi singarilardan qat'iy nazar o'z qobiliyat va bilimi bilan ishga kira olishi zarur.

Menimcha, bu marketing kommunikatsiyalar sohasida ishlashni xohlaydiganlar uchun zo'r imkoniyat.

@dengizortidan
👍36😁13
Nodiraning oʻzi

Young Leaders Development Project’dagi (YLDP) yigit-qizlar toʻplangan Telegram majmuatimizga mana bu yangilikni ulashishibdi:

https://youtu.be/7nC6zRqBDjM

U havo ifloslanishini aniqlash uchun fazoga nanoyoʻldosh (yerning mitti sherigi) uchirayotgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston azamatlari — yosh olimalar haqida ekan.

Bunday qarasam, bosh qahramon— Nodiraning oʻzi.

Nodira Tillayeva — YLDP’imizda boplab qatnashgan faollarimizdan biri. U ijtimoiy tarmoqlarda oʻz ismini Nadira Sama deb yozib olgani va men yaponcha iltifot boʻlmish “sama” soʻzini bilmaganim uchun unga “Nodiraning oʻzi” deb murojaat qila boshlagandim. Ha, “Jasur oʻzbek oʻgʻloni” kabi.

Tagʻin oʻylamang, “Saidaziz nuqul odamlarga laqab qoʻygan ekan” deb. Мы это любя.)

Ochiq kosmosga apparatlar uchiradigan, dasturlar yaratadigan va aqlli yangi avlodni tarbiyalaydigan ayollar nodira emas, muhayyo boʻlishini xohlardim.

Ilm maydonida Nodiraning o'zi qolib ketmasin.

@dengizortidan
👍214🔥4👏2😁2
Asosan Oʻzbekistonda yashaydigan boʻlib, relokatsiya (hoo, men ham balki relokantdirman?) qilayotganimda “endi @dengizortidan’ni nima qilaman?”, deb oʻylagandim. “Agar Amerika Oʻzbekiston uchun dengiz ortida boʻlsa, demak, Oʻzbekiston ham oʻsha dengizning ortida, faqat narigi ortida”, degan falsafiy xaspoʻshlash bilan kanalning nomini oʻzgartirmadim.

Bugun @azamov_com kanalini ochdim. U shaxsiy blogim boʻladi. Obuna boʻling.

Bu kanalda esa Amerikani eslaganimda, u yerga yoki boshqa mamlakatlarga sayohat qilganimda yozaman. Trevl bloʻg, karoʻchi.

P.S. “Relokant” soʻzi haqida bir ogʻiz: gʻaroyibgina ikkiyuzlamachi dunyomizda yana “ekspat” degan soʻz ham bor. U yuqori malakali “migrant”larga nisbatan ishlatiladi. Amerikalik hamkorim esa meni “inpat” deydi, chunki AQShdan kelgan boʻlsam ham ildizim, pasportim shu yerniki.

@dengizortidan
🔥14👍8
O'zbekistonga kelganimdan beri (sal kam 2 oy ichida) dori-darmonning o'zi uchun 5.5 yil Koreyada yurgan davrimdan ko'ra ko'proq pul sarfladim, menimcha. Yo Koreyada odam kam kasal bo'lardi, yo O'zbekistonda ekologiya juda yomon, yo biz yashashni bilmayapmiz.

📌 @javharuz 📌
😢29👍14
Javohir Izzatulloh | blog
O'zbekistonga kelganimdan beri (sal kam 2 oy ichida) dori-darmonning o'zi uchun 5.5 yil Koreyada yurgan davrimdan ko'ra ko'proq pul sarfladim, menimcha. Yo Koreyada odam kam kasal bo'lardi, yo O'zbekistonda ekologiya juda yomon, yo biz yashashni bilmayapmiz.…
Menda ham shu: kelganimga 2 oy boʻldi. Ikki marta kasalxonaga bordim. Pachkalab dori ichdim. 3 yil Amerikada shuncha dori ichmagandim.

Ekologiya va yeyayotgan narsalarimizmikan sabab? Davolash uslubi ham!

@dengizortidan
😢346👍5
Forwarded from Saidaziz A’zamov
Oʻzbek tilida kitob/jurnallar oʻqisangiz, qaysi alifboni afzal koʻrasiz?
Anonymous Poll
32%
Kirill
68%
Lotin
👍27👏32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kunlar juda isib ketyapti Toshkentda. Oxirgi marta bunaqa issiqni 4 yil oldin koʻrganman.

Gap shundaki, masalan, Nyu-Yorkning Bruklinida ham jazirama kunlar boʻladi, biroq mahallalarda ham, bogʻlar, odamlar koʻp yuradigan koʻchalarda daraxtlar ancha koʻp.

Toshkentda hammasi dabdala emas, oxirgi uch oyda bir nechta mamlakatdan kelgan hamkorlarimiz shahrimizda daraxtlar koʻpligini ta’kidlashyapti.

Avval ham yozganimdek, bu dunyoda hamma narsa shartli va nisbiy. Axir, ular Toshkentda Yaqin Sharqdagi yoki Afrikadagi mamlakatlar poytaxtlariga solishtirib, shunday deyayotgan boʻlishi mumkin.

Video 2021- yil iyunida Xomkrest (Homecrest) mahallasida olingan. Katta olma boʻylab, undan tashqari, Kaiforniya, Illinois, Pennisilvaniya va Virjiniya shtatlarida koʻplab daraxtzor koʻchalarning videosi bor telefonimda.

Bunday yashillikka erishishning oʻzi boʻlmagan. Ayniqsa, masalan, San-Fransiskodagi “Goulden Geyt” bogʻi odam qoʻli bilan qurilgan.

@dengizortidan
👍292
2025/10/27 17:24:14
Back to Top
HTML Embed Code: