Telegram Web Link
Sizni Germaniyaning 🇩🇪 turli tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyatini beruvchi „Cross Culture Programm“ dasturi stipendiati Dilovar Arabjonova bilan tanishtirishdan mamnunmiz.
 
„2025-yil 1-iyun kuni Berlindagi CRISP (Crisis Simulation for Peace) tashkilotida avgust oyi oxirigacha davom etadigan „Cross Culture Programm“ stipendiyasi doirasida amaliyotni boshladim. CRISP nodavlat tashkilot boʻlib, konfliktlar bo’lib o’tgan hududlarda simulyatsiya oʻyinlari va oʻquv dasturlari orqali tinchlikni mustahkamlash, mojarolarga yechim topish va fuqarolik taʼlimini targʻib qiladi.
 
Amaliyotim davomida men bir qancha loyihalarda yordam beraman va simulyatsiya oʻyinlari uchun materiallarni ishlab chiqishda qatnashaman. Bundan tashqari o’quv dasturlarini tuzish va o’tkaziladigan tadbirlar logistikasi bilan ham shug’ullanaman.
 
Ushbu tajriba menga madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarimni oshirish, xalqaro hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilish hamda mojarolarni boshqarish va tinchlik o‘rnatish strategiyalari haqidagi tushunchalarimni chuqurlashtirish imkonini beradi.

——

Рады представить вашему вниманию Диловар Арабжонову – стипендиатку Cross Culture Programm – программы, предоставляющей возможность прохождения практики в различных учреждениях Германии 🇩🇪.

«C 1 июня 2025 я начала стажировку в CRISP(Crisis Simulation for Peace) в Берлине в рамках стипендиальной программы Cross Culture Programm, которая продлится до конца августа. CRISP – это неправительственная организация, занимающаяся продвижением мира, урегулированием конфликтов и гражданским образованием с помощью симуляционных игр и учебных программ в постконфликтных регионах.
В ходе стажировки я помогаю с подачей заявок на проекты, а также участвую в разработке материалов для симуляционных игр. Кроме того, я занимаюсь организацией учебных программ и логистикой предстоящих мероприятий. 
Этот опыт позволяет мне улучшить навыки межкультурной коммуникации, тесно сотрудничать с международными партнерами и углубить свое понимание стратегий управления конфликтами и миростроительства.

——
 
Wir freuen uns euch Dilovar Arabjonova vorzustellen. Sie ist Stipendiatin des CrossCulture-Programms, welches die Möglichkeit eines Praktikums in verschiedenen deutschen 🇩🇪Institutionen bietet.
 
„Am 1. Juni 2025 habe ich meinen bis Ende August dauernden Praktikumsaufenthalt bei CRISP (Crisis Simulation for Peace) in Berlin gestartet. CRISP ist eine Nichtregierungsorganisation, die sich für Friedensförderung, Konfliktlösung und Zivilbildung durch Simulationsspiele und Trainingsprogramme in Post-Konfliktregionen einsetzt.
 
Während meines Forschungsaufenthalts wirke ich bei Projektanträgen mit und bin am Erstellen des Materials für Simulationsspiele beteiligt. Darüber hinaus organisiere ich Trainingsprogramme und Logistik für bevorstehende Veranstaltungen.
 
Diese Erfahrung ermöglicht es mir, meine interkulturellen Kommunikationsfähigkeiten zu verbessern, mit internationalen Partnern eng zusammenzuarbeiten und mein Verständnis für Strategien des Konfliktmanagements und der Friedensschaffung zu vertiefen.

📸 Dilovar Arabjonova
22👍5🤩3
2025/07/12 05:12:55
Back to Top
HTML Embed Code: