Telegram Web Link
Assalomu alaykum.

Sizni va siz orqali oila a'zolaringizni Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yangi O'zbekistonni yuksak marralarga erishish yo'lida qo'shayotgan ulkan hissangizda muvaffaqiyatlar tilayman.

«Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» g‘oyasi asosida Siz ham yurtimizning rivojlanishiga hissa qo'shayotgan eng aziz insonlardan biri bo‘lib yuring.

Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Yangi O'zbekistonimizga hech qachon ko'z tegmasin.

Hurmat bilan
Munis Abdullayev
👍2
🇺🇿🤝🇫🇮 Nordik universiteti – ikki davlat rahbarlari muloqotida!

"2022-yildan mamlakatimizda Finlandiyaning "Nordik" universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda".
O‘zbekiston va Finlandiya Prezidentlarining muloqotida tilga olingan Nordik universiteti – ta’limdagi xalqaro ishonch va hamkorlik ramzi!

09.09.2025. Prezident Shavkat Mirziyoyev Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi.

#Mirziyoyev #muloqot #Finlyandiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Assalomu Alaykum!

Hurmatli Ustozlar va murabbiylar.

Sizlarni mamlakatimizdagi eng ulug‘ bayramlardan bo‘lmish O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringizni qadrlaymiz va ushbu mashaqqatli yo‘lda Sizga ulkan zafarlar tilaymiz.

Sizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz Ustozlar!

Hurmat bilan Munis Abdullayev
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 DIQQAT, E’LON!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilk bor Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi o‘tkazilmoqda!

Tashkilotchilar:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bolalar Ombudsmani, UzReport axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi.

📌 Kimlar taklif etiladi: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej hamda nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xorijdagi o‘zbek tili ixlosmandlari.

🕘 1-onlayn bosqich: 12-oktabr, soat 11:00.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish:
@tasimo3_bot | @tasimo2_bot  @tasimo1_bot | @tasimo_bot

📹 Batafsil YO‘RIQNOMA:

🏆 Mukofotlar: g‘oliblarni pul mukofoti va xorijiy stajirovka dasturlariga yo‘llanma kutmoqda.

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — qatnashing!

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📁 O‘zbekiston-2030 strategiyasi: amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili, muammolar va yechimlar

Xalqaro Nordik universitetida ushbu dolzarb mavzuda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

💡Ilmiy izlanish, tahlil va tadqiqot yoki g‘oyangiz ushbu konferensiyada o‘z aksini topishi mumkin.

📅 19-noyabr, 2025-yil
📍 Xalqaro Nordik Universiteti

Konferensiya uchun ilmiy maqola va tezislar 5-noyabrgacha qabul qilinadi.

🖋 Maqolalar OAK ro‘yxatidagi jurnallar va Google Scholar platformasida DOI raqami bilan chop etiladi. Har bir ishtirokchiga sertifikat taqdim qilinadi.

🔗 Konferensiya yo‘nalishlari, talablar va batafsil ma’lumot uchun Axborot xati bilan tanishing.

Ilmiy izlanishlaringiz bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shing!

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 03:12:25
Back to Top
HTML Embed Code: