Telegram Web Link
O‘zbekistonda raqamli transformatsiya bo‘yicha yangi xalqaro loyiha boshlandi

🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi va KOICA hamkorligida 2025–2027-yillarda amalga oshiriladigan “Davlat xizmatchilarining raqamli salohiyatini oshirish” loyihasiga Koreya Respublikasida start berildi.

➡️Loyiha doirasida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi mutaxassislari KOICA vakillariga O‘zbekistonda raqamlashtirish va raqamli ta’lim sohasida olib borilayotgan yirik loyihalar haqida taqdimot o‘tkazdi.

➡️Batafsil

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro AT sertifikatni olishga ketgan xarajatlarimni toʻliq qaytarib oldim – Abdumannon Halimov

Qahramonimiz Abdumannon Halimov Coursera onlayn taʼlim platformasida python kursini tamomlagan va u xalqaro AT sertifikat olish uchun ketgan xarajatlarining 100% gacha qismini my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib olgan. Abdumannon hozirda upwork platformasida oyiga $800-1000 gacha daromad qilmoqda.


⚜️ IT-Istedod.uz saytiga kiring, xalqaro AT sertifikatlar ro‘yxati bilan tanishib chiqing va o‘zingizga mos yo‘nalishda o‘qib karyerada muvaffaqiyatga erishing!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥125
Samarqand viloyatidagi “IT-shaharcha”da Robototexnika kurslari yoʻlga qoʻyildi

Qoʻshrabot tumanida joylashgan ushbu “IT-shaharcha” joriy yilning may oyida o‘z faoliyatini boshlagan.

“IT-shaharcha”da yoshlar elektronika, dasturlash, grafik dizayn kabi zamonaviy yo‘nalishlar bilan bir qatorda ingliz va boshqa xorijiy tillarni ham o‘rganish imkoniyatiga ega.

⚜️Bugun “IT-shaharcha”ning ilk bitiruvchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🏷Shuningdek, endilikda bu yerda robototexnika kurslari ham yo‘lga qo‘yilib, o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaytirildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42😇2
Ta’limda AI tashabbuslarini boshqaruvchi rahbar izlanmoqda

🏢Tashkilot: Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi
🧭 Bo‘lim: Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi
✳️ Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i
📍 Manzil: Toshkent shahri

Bo‘limning asosiy vazifalari:
• Ta’limda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya va yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
• SI loyihalarini ta’lim tizimiga integratsiya qilish;
• SI texnologiyalaridan samarali va xavfsiz foydalanishga oid ta’lim loyihalarini yaratish va amalga oshirish.

Nomzodlar uchun talablar:
• Loyiha boshqaruvi bo‘yicha 3+ yillik tajriba (axborot texnologiyalari - AT, ta’lim yoki SI sohasidagi loyihalar boshqaruvi ustunlik beradi);
• AT ta’lim va sun’iy intellekt bo‘yicha bilim;
• Rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
• O‘zbek va ingliz tilida erkin muloqot (rus tili afzallik beradi);
• Kreativ va tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalari.

📩 Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.
Nomzodlardan 2 betdan oshmagan rezyumeni [email protected] elektron manziliga yuborish so‘raladi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥112🗿2
#prompt_aileaders
HRʼlar uchun foydali “prompt”lar toʻplami

Avvalroq, ChatGPTʼdan samarali foydalanish uchun “prompt”lar toʻplami haqida xabar bergan edik. Endilikda barcha kompaniya, startap yoki jamoaning asosiy qon tomiri boʻlgan kadrlar bilan ishlash mutaxassislari uchun foydali boʻlgan ommabop “prompt”larni bir yerga jamladik.

🏷Promptlardan quyidagi yo‘nalishlarda samarali foydalanish mumkin:
➡️Xodimlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish uchun savolnoma shakllantirish;
➡️Mehnat faoliyatini baholash jarayonlarini tashkil etish;
➡️Xodimlarning ishdan bo‘shash sabablari va ularning tahlilini o‘tkazish;
➡️Xodimlar almashinuvi (attritsiya) tendensiyalarini tahlil qilish;
➡️Ish haqi taqqoslash (kompensatsiya benchmarking) hisobotini yaratish.


❗️Ushbu havola orqali ular bilan tanishishingiz hamda zaruriyatga koʻra foydalanishingiz mumkin.

➡️Postni HR yoki rekruter tanishlaringizga yuborib qoʻying!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥4🥰3👍2
O‘zbekistonlik talabalar Huawei kompaniyasining Xitoydagi yetakchi ta’lim loyihasida ishtirok etadi

⚜️Joriy yilning 17-oktyabr kuni Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” ta’lim loyihasi doirasidagi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori - Azamat Eshankulov yoshlarga omad tilab quyidagi tilaklarini bildirdi:
“Yildan-yilga IT Park rezidentlari soni ortib, ko‘plab xorijiy IT kompaniyalarning filiallari ochilmoqda. Shunga ko‘ra, IT mehnat bozoriga malakali kadr va iste’dodlariga talab ortib bormoqda. O‘quvchilarimizning bilim darajasi va raqamli texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi oshmoqda, yoshlarning “Seeds for the Future” kabi global tashabbuslardagi ishtiroki va yuqori natijalarini ko‘rish bizni xursand qildi. Ularning ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarni egallashlari mamlakatimizning kadrlar zaxirasini to‘ldirish jarayonini tezlashtiradi.


❗️Ma’lumot o‘rnida so‘nggi 10 yilda O‘zbekistondan 162 nafar talaba ushbu ta’lim tashabbusida turli formatlarda ishtirok etdi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥3😇2👾2👍1
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining bitiruvchisi frilanserlik qilib $500 daromad topmoqda

Bolaligidan texnologiyaga qiziqqan Shoxruxning bu yo‘lga ilk qadamni eski noutbukdan boshlangan. U maktabdan kelgach, soatlab kompyuter qarshisida o‘tirardi avvaliga faqat o‘yin o‘ynardi, eng sevimlisi “GTA VC” edi. Vaqt o‘tib, o‘yinlar uni zeriktira boshladi va u “bu o‘yinlar qanday yaratiladi?” degan savolga javob izlay boshladi.

Hozirda u Veeva kompaniyasida ma’lumotlar tahlilchisi sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, Shoxrux Upwork platformasida oʻz xizmatlarini taklif etib kelmoqda.

➡️Batafsil

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍8🔥5❤‍🔥21
Huawei O‘zbekiston talabalari uchun o‘tkaziladigan ICT Competition 2025–2026 AKT musobaqasida ishtirok etishga taklif etadi!

🏷 Raqamli ko‘nikmalaringizni dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar bilan bir qatorda namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. O‘tgan yili ushbu musobaqa 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 210 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan edi. O‘zbekistonlik talabalar esa Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Xitoyda o‘tkazilgan Global finalda ilk bor qatnashdila

🔗Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 31-oktabrgacha ochiq. Havola orqali o‘ting va global bosqichda o‘zingizni namoyon etish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot oling: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2025/huawei-ict-competition-2025-2026-registration-launch

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo‘lsin!

⚜️Ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va sadoqat bilan to‘lgan qalblaringiz doimo yuksalishga yetaklasin.

Bayram muborak boʻlsin!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52
Forwarded from Digital.uz
Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Sakkiz yilda 300 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi, aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun 7 ta data-markaz ishga tushirildi.

Keyingi yil sog‘liqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.

Bularni amalga oshirish uchun shunga mos quvvatlar, zamonaviy super-kompyuterlar kerak. Lekin hozirgi mavjud quvvatlar faqat kichik loyihalarni ishga tushirish uchun yetadi.

Oqibatda tadbirkorlar o‘z loyihasi uchun chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.

Shu bois, joriy yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratildi. Keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishi e’lon qilindi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев дал старт второму этапу проекта "IT-Park".

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Facebook|Instagram|X
🔥21
2025/10/21 13:52:59
Back to Top
HTML Embed Code: