Telegram Web Link
Koreyaning yetakchi “Open Cyber” onlayn universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

⚜️“Open Cyber” universiteti vitse-prezidenti Kim Jee-In boshchiligidagi delegatsiya Raqamli ta’limni rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.

⬇️Tashrif davomida “Open Cyber” universiteti bilan quyidagi masalalar muhokama qilindi:
➡️mamlakat yoshlari uchun universitetning onlayn platformalaridagi o‘quv kurslaridan bepul foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
➡️o‘quv kurslarini o‘zbek tiliga tarjima qilish;
➡️ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek, ularga Koreya hukumatining investitsiya va grantlarini jalb etish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.


Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli ta’limni rivojlantirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from Digital.uz
“Taʼlim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy oʻqitishda raqamli texnologiyalarning oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etgan xalqaro konferensiyada Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov “Kelajakdagi ish o‘rinlari – 2025” hisoboti asosida tahliliy tavsiyalar mavzusida maʼruza qildi.

💠 Tahlillarga koʻra:
➡️Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi 86% ish beruvchilarning biznes faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi;
➡️Shu jarayonda 92 million ish oʻrni yoʻqolishi, biroq buning oʻrniga 170 million yangi ish oʻrni yaratilishi mumkinligi qayd etildi;
➡️ 2030-yilgacha xodimlarning 39% koʻnikmalari yangilanadi yoki eskiradi;
➡️ AI va katta maʼlumotlar sohalari 2030-yilgacha 44% talab oshishi kutilmoqda.


📊 Kelgusida talabgir mutaxassislar qatorida “Big Data”, AI hamda “FinTech” sohalaridagi muhandislar bo‘lishi kutilmoqda.

👛 TOP-tendensiyadagi kasblarni o'rganmoqchi bo'lsangiz:
➡️Big Data, AI, va raqamli innovatsiyalar haqida bilim oshirish uchun: it-istedod.uz;
➡️Dasturlash va FinTech va moliyaviy texnologiyalarga oid kurslar: uzbekcoders.uz.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
Forwarded from Rustam Karimjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajakda qaysi sohalarda xodimlarga talab ortadi?

🏷Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov “Taʼlim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy oʻqitishda raqamli texnologiyalarning oʻrni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada maʼlumot berdi.

🔗“Kelajakdagi ish o‘rinlari – 2025” hisobotiga koʻra, kelgusida talabgir boʻladigan sohalarning top-5 ligi quyidagilar:
➡️ Big data;
➡️ Sun’iy intellekt;
➡️ Fintech;
➡️ Kiberxavfsizlik;
➡️ Software va application developerlar.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqti
“InfoTeach — 2025” Toshkentda o'tkazilmoqda

🏷An'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “InfoTeach — 2025” bu safar Toshkentda 500 dan ortiq informatika o'qituvchilari uchun tashkil etildi.


➡️Shu vaqtga qadar Farg'ona, Andijon, Xorazm viloyatlari hamda va Nukus shahrida bo'lib o'tgan Forum bugun Toshkent shahrining Zakovat Arena binosida bo'lib o'tmoqda.

➡️“InfoTeach — 2025” forumi doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, frilanserlik, olimpiada tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etilmoqda.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍42
Forwarded from Digital.uz
💻 Raqamli imkoniyatlar har bir mahallaga!

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 29-fevral – 1-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi Urganch shahridagi 5 ta — “Ko‘hna qala”, “Feruz”, “Umid”, “Jaloliddin Manguberdi” va “Islomobod” mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlarga zamonaviy IT ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etdi. Saralangan 131 nafar fuqaro quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim oldi:

SMM
Grafik dizayn
Kompyuter savodxonligi
Ingliz tili


Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi. Bu nafaqat ularning shaxsiy rivoji, balki kelgusida ish bilan ta’minlanishida ham muhim qadam bo‘ladi.

🎯 Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish, yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish — barchamizning ustuvor vazifamiz!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT liderlarni izlayapsizmi? Ularni "Job & Edu Fest 2025"da toping!

🗓 14-may kuni Inha universitetida navbatdagi yirik IT mehnat va taʼlim yarmarkasi – “Job & Edu Fest 2025” bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi yarmarkada:
➡️ O‘zbekistonning yetakchi IT sohasidagi universitetlarining iqtidorli bitiruvchilari;
➡️ Xalqaro IT sertifikatlariga ega yosh mutaxassislar;
➡️ Dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda xorijiy tillarni biladigan yoshlar ishtiroki kutilmoqda.


Agar Sizning tashkilotingiz:
➡️ IT mutaxassislariga ehtiyoj sezayotgan bo‘lsa;
➡️ Ta’lim dasturlarini targ‘ib qilmoqchi bo‘lsa;
➡️ Yoshlar orasida brendini mustahkamlashni istasa - “Job & Edu Fest 2025” bu boradagi eng to‘g‘ri maydon!


🗺 Manzil: Inha universiteti va School 21 kampusi
Vaqt: 14-may, 15:00 - 17:00

🔗 25-aprel soat 23:59gacha havola orqali ro'yxatdan o'ting. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2
Toshkent shahri informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi

🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “InfoTeach — 2025” forumi yakunlandi.

“InfoTeach — 2025” forumi doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, frilanserlik, olimpiada tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etildi.

➡️Forum shu vaqtga qadar Fargʻona, Andijon, Xorazm viloyatlari hamda Nukus shahrida boʻlib oʻtgan edi.

👨‍👦‍👦Oʻqituvchilar forumda olgan bilim va koʻnikmalarini maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilarga zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda shu orqali yuqori daromad topish imkoniyatlari boʻyicha oʻz bilim va tajribalarini ulashadilar.

“InfoTeach — 2025” Forumining navbatdagi manzili Namangan viloyatida bo'lib o'tadi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥2
2025/07/11 19:26:36
Back to Top
HTML Embed Code: