Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿9 May — Xotira va qadrlash kuni

☀️Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
“KOICA” bilan “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasini hududlarga kengaytirish hamda davlat xizmatchilarini Sun’iy Intellekt texnologiyalariga o’qitishni moliyalashtirish muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Koreyaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida "KOICA"ning bosh ofisida vitse-prezident Xong Seok Xva bilan uchrashuv o’tkazildi, bunda:
➡️“Muhammad Al-Xorazmiy vorislari“ loyihasini hududlarga kengaytirish orqali 4 ming nafar yoshlarni IT va chet tillariga bepul o’qitish;
➡️60 nafar davlat xizmatchilarining raqamli ko‘nikmalarini hamda sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarini oshirish loyihalariga grantlarni ajratish;
➡️shuningdek, kelgusida yangi loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🆒3🔥2👏2
Forwarded from Rustam Karimjonov
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro informatika va matematika olimpiadasi sovrindorlari maʼlum boʻldi

❗️Sovrindorlar qatorida ICT4Girls olimpiadasida birinchi oʻrinni olib, Yevropa qizlar olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan Oysha Mirzatillayeva ham bor.

🥇Oltin medal sohiblari:
1. Jahonali Xaydaraliyev — 🇺🇿Oʻzbekiston;
2. Amangeldi Aldiyar — 🇰🇿Qozog‘iston;
3. Ramazan Mananov — 🇰🇬Qirg‘iziston;
➡️Toʻliq roʻyxat.


🥈Kumush medal sohiblari:
1. Adilzhan Bakhytzhanuly — 🇰🇿Qozog‘iston;
2. Yusuf Sanginov — 🇮🇷Tojikiston;
3. Oysha Mirzatillayeva — 🇺🇿O’zbekiston;
➡️Toʻliq roʻyxat.


🥉Bronza medal sohiblari:
1. Behruzbek Rahimboyev — 🇺🇿Oʻzbekiston;
2. Muhammadaziz Usmonov — 🇺🇿 Oʻzbekiston;
3. Muxammadqodir Maxammadov — 🇺🇿Oʻzbekiston;
➡️Toʻliq roʻyxat.


⚜️Bu kabi olimpiadalar oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini oʻtaydi, sovrindorlarni gʻalaba bilan tabriklab ularga 2026-yil ilk bor Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan Xalqaro informatika olimpiadasida ham xuddi shunday yuqori natijalar qayd etishlarini tilab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111🔥1🙏1
Koreya kichik va o‘rta biznes, startaplar agentligi (KOSME) vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Koreyaga tashrifi davomida Koreyaning kichik va o‘rta biznes, startaplar agentligi vitse-prezidenti Park Jang Xyuk bilan uchrashuv oʻtkazildi.

❗️Uchrashuv davomida qiymati 2,8 mln. AQSh dollarga teng IT texnologiyalar yordamida sanoat xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan grant loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.

Loyiha doirasida:
➡️Koreyadan 30 nafar menejer va ekspertlarni taklif qilish;
➡️20 nafar instruktorlarni tayyorlash;
➡️"Aqlli ishlab chiqarish" bo‘yicha trening kurslarini yaratish va 150 nafar oʻzbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirish rejalashtirilgan.


🏷Shu bilan birga, O‘zbekistonda raqamli ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi. Yakunda hamkorlik memorandumi imzolandi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Qashqadaryoda IT ta'lim yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi va Markazning mas’ul xodimlari Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlaridagi IT ta'lim markazlari hamda qurilayotgan "IT -shaharcha" faoliyati bilan tanishdilar.

➡️Uchrashuvlar davomida Shahrisabz tumani, Miraki shaharchasidagi “IT-shaharcha”ning qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Kelgusida “IT-shaharcha”da har yili 400 nafardan ortiq yoshlar xorijiy tillar va IT yo‘nalishlarda bepul ta’lim olish imkoniyatlari yaratiladi.

➡️Shuningdek, hozirda IT, ingliz tili va logistikani yo'nalishlarida o'quvchilarni tayyorlab kelayotgan “English zone” hamda "F-zone" ta’lim rezidenti faoliyati bilan tanishilib ulardagi mavjud muammo va takliflar o‘rganildi.

➡️Ko‘kdala tumanidagi yangi qurilgan IT Park binosida tashkil etilgan "Roboticsware" o‘quv makazidagi o'quv jarayonlari kuzatildi. Markaz 150 dan ortiq yoshlarga ingliz tilida IT bo'yicha saboq berib kelmoqda.

➡️Mazkur o‘quv markazlariga IT ta’limda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, "IT Talents", "Uzbekcoders", "IT iste'dod", "ToT"loyihalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/07/10 22:41:49
Back to Top
HTML Embed Code: