Telegram Web Link
Forwarded from IT Education Association
Coursera Day'da ta’lim va mehnat bozoridagi tendensiyalar muhokama etildi

Bugun, 15-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Ta'lim Uyushmasi, Raqamli Ta'limni Rivojlantirish markazi hamda Coursera platformasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda sun’iy intellekt, ta’lim va mehnat bozoridagi yangiliklar muhokama etildi.

100 dan ortiq yoshlarni qamrab olgan mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov 300dan ortiq xalqaro universitetlar hamda kompaniyalarning dasturlarini o’z ichiga olgan Coursera ta’lim platformasi yordamida kelajak kasblarida ta’lim olish, IT yo’nalishida xalqaro darajada ta’lim sertifikatlarini qo’lga kiritish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Coursera ta’lim platformasi vakillari — kompaniyaning mintaqaviy direktori Larisa Vitkroft hamda katta menejeri Vera Ignateva ishtirok etib, Xalqaro oliy ta’lim va mehnat bozori tendensiyalari hamda Coursera kurslaridan samarali foydalanish va o’qitish metodlari haqida taqdimotlar qilishdi.

Shuningdek Coursera kurslarini o‘quv dasturiga integratsiyalash, Sun’iy intellekt va kelajak o‘quv dasturlari mavzusida panel muhokamalar bo’lib o’tdi.

Ma’llumot o’rnida
aytish joizki, Global Skills 2024 hisobotida O’zbekiston kadrlarni tayyorlashga sarmoya kiritayotgan mamlakatlar orasida hamda Coursera foydalanuvchilari bo’yicha MDHda 1-o’rinda turibdi.

2023-2024-yillarda 1,2 mlndan ortiq yoshlar 8 ta IT mutaxassisligi bo’yicha bepul kurslarda tahsil olib, 400 ming nafar yoshlar xalqaro darajadagi IT sertifikatlarni qo’lga kiritgan.

2025-2026-yillarda esa 1 milliondan ortiq yoshlarni 5 ta yo’nalish bo’yicha bepul o’qitib, 30 mingdan ortiq yoshlar professional darajadagi xalqaro IT sertifikatlarga o’qitilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda Coursera ta’lim platformasida yuqori natijalarga erishgan eng faol talabalar taqdirlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Job&Edu Fest” — mehnat va ta’lim yarmarkasi

Avvalroq, 14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida “Job&Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

⚜️Yarmarkada yetakchi IT kompaniyalar oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Birgina EPAM kompaniyasi hozirgi vaqtda aktual boʻlgan 176 ta ish oʻrni mavjudligi hamda bu ish oʻrinlariga faol tarzda mutaxassislar izlanayotganini bildirdi.

👨‍👦‍👦Shuningdek, yarmarkada 1200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil videolavhada tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT Education Association
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Courserada talabalari eng yaxshi natija ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar Las-Vegasga boradi

Avval xabar berganimizdek. Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Ta'lim Uyushmasi, Raqamli Ta'limni Rivojlantirish markazi hamda Coursera platformasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda sun’iy intellekt, ta’lim va mehnat bozoridagi yangiliklar muhokama etildi.

Tadbirda so'zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov IT yo’nalishida xalqaro darajada ta’lim sertifikatlarini qo’lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirib, Coursera ta’lim platformasida talabalari eng yaxshi natija ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilarni Las-Vegasning Nevada shtatida bo‘lib o‘tadigan Coursera tadbiriga yuborilishini ma’lum qildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Coursera foydalanuvchilari bo’yicha MDHda 1-o’rinni egallab turibdi.

O'tgan 2023-2024-yillarda 1,2 mlndan ortiq yoshlar 8 ta IT mutaxassisligi bo’yicha bepul kurslarda tahsil olib, 400 ming nafar yoshlar xalqaro darajadagi IT sertifikatlarni qo’lga kiritgan.

2025-2026-yillarda esa 1 milliondan ortiq yoshlarni 5 ta yo’nalish bo’yicha bepul o’qitib, 30 mingdan ortiq yoshlar professional darajadagi xalqaro IT sertifikatlarga o’qitilishi rejalashtirilgan.
Forwarded from Digital.uz
AQShning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan autsorsing xizmatlarini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi

Delegatsiya vakillari IT mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan Ustudy IT akademiyasi faoliyati, va Yagona integrator UZINFOCOMda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, sun’iy intellekt va raqamli yechimlar sohasidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga AQShning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya IT Park Uzbekistan hududida Oʻzbekistondagi eng yirik raqamli kreativ tadbirlardan biri — xalqaro GameFest 2025 festivali ochilishida ham ishtirok etib Yuta shtati Senati Prezidenti va yetakchi biznes vakili Styuart Adams so‘zga chiqib o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tashrifning asosiy qismida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov va delegatsiya o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekistondagi raqamli infratuzilmani rivojlantirishga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/54758

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/07 22:20:38
Back to Top
HTML Embed Code: