Forwarded from Sherzod Shermatov
Yapon tilini o’rganing, kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz aniq!
Prezidentimizning dunyoning ilg’or davlatlari bilan do’stona aloqalarni kengaytirib borishlari ortidan Yaponiya bilan ham hamkorlik imkoniyatlarimiz ochilib borayotganini guvohi bo'ldik. Ularning AKT vaziri, Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat vaziri, Tokiyo gubernatori va barcha boshqa tashkilotlari rahbarlari juda iliq kutib olishdi.
Uchrashuvlarda Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizni IT habga aylantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy qabul qilib, ushbu imkoniyatlardan Yapon kompaniyalarini kengroq xabardor qilish va shu orqali yoshlarimizga masofaviy ishchi o’rinlarini kengaytirishga ko’maklashishga tayyorliklarini aytib o’tishdi.
Ikki yil avval Yapon kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti 1 dona bo'lgan bo’lsa, hozir 16 taga yetdi. Osaka hamda Tokiyoda o’tkazilgan Outsourcing konferensiyalarida qiziqayotgan kompaniyalar soni ancha ko’p bo’ldi. Tokiyoda ochilgan IT Park vakolatxonasi ham ularni sonini oshib borishiga yordam beradi. Bu yilgi ICT Week Uzbekistan doirasidagi ko'rgazmada ilk bor Yaponiya pavilioni tashkil etiladi, bu ham kompaniyalar soni ortishiga sabab bo’ladi.
Yangi kelayotgan kompaniyalarning hammasiga Yapon tilini biladigan va Yapon mehnatkashligiga mos ishlay oladigan mutaxassislar juda kerak bo’ladi. Shuning uchun imkoni boricha Yapon tilini o’rganing, yurtimizdagi Japan Digital University kabi Yaponiya ta’lim tashkilotlariga yoki Yaponiyaning o’zidagi universitetlariga kirishga harakat qiling.
PS. Claude.ai tomonidan yaratilgan ikki davlat aholi piramidasida ularda yoshi kattalar ulushi ortib borayotganini, bizda esa asosan yoshlar ko’pligini ko’rish mumkin. Shuning uchun Yaponiya kompaniyalari o’zlarining tajribali xodimlari yordamida yoshlarnizni masofaviy xizmatlar ko’rsatishga ko’proq olishsa va startuplarimizni qo’llashsa xarajatlarni optimizatsiya qilish va yangi innovatsiyalarni joriy qilish orqali Yapon kompaniyalari raqobatbardoshligi oshishi bilan birga, bizdagi bir necha til biladigan yoshlardan foydalanib esa uchinchi davlatlarga xizmatlari eksportlarini ko’paytirishlari mumkin.

Sirdaryoda “IDEATHON 2025” startap g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tdi
✅ Tanlovda 30 ta jamoadan 55 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt, IT ta’lim, raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlarda innovatsion g‘oyalarini taqdim etishdi.
🏷 Hakamlar hay’ati loyihalarni innovatsionlik, dolzarblik va samaradorlik bo‘yicha baholashdi. G‘olib 3 jamoa hamda “Eng faol”, “Eng yosh”, “Eng innovatsion loyiha” nominatsiyalari g‘oliblari esdalik sovg‘alari va Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan 1 yillik “Coursera” obunasi bilan taqdirlandi.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda xalqaro "DevOpsDays — 2025" forumi o‘tkaziladi
⚜️ Joriy yilning 24-may kuni, Toshkent shahrida ilk marotaba 14 yillik tarixga ega "DevOpsDays" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu forum Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birga tashkil etilmoqda.
✅ Tadbir doirasida 10 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan yetuk mutaxassislar ishtirok etishi va o‘z tajriba hamda bilimlarini bo‘lishishi kutilmoqda.
🔗 Shuningdek, forum davomida DevOps sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan tajribali ekspertlar ishtirokida interaktiv vorkshoplar ham tashkil etiladi.
🏷 Ma’lumot uchun, "DevOpsDays" — bu 2009-yildan buyon dasturiy ta’minot ishlab chiqish, IT-infratuzilma operatsiyalarini boshqarish mavzularini qamrab oluvchi global forum hisoblanadi.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSHning AKYLADE kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
📖 Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi rahbariyati hamda AQSHning AKYLADE kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.
⚜️ Uchrashuv davomida mehmonlarga Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilgan raqamli taʼlim loyihalari, yoshlarning GamDev yo‘nalishidagi ta’lim olishga yaratilgan imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi. Yakunda hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅ Hamkorlik doirasida yangi ta’lim tashabbuslarini joriy etish, yoshlarning raqamli taʼlim yoʻnalishida bilimlarini oshirish, AKYLADE platformasi orqali ularning bilimlarini baholash hamda ta’limdagi innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish masalalari kelishib olindi.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM