Telegram Web Link
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Shovot tumanida sog‘liqni saqlash xodimlarining raqamli ko‘nikmalari oshirildi

Tashkil etilgan o‘quv kurslar doirasida 1400 ga yaqin tibbiyot xodimlari tibbiy xizmatlarda raqamli yechimlarni tatbiq etish, elektron hujjat aylanishi va boshqa dolzarb IT-ko‘nikmalarni egallashdi.

⚜️Mashg‘ulotlar so‘ngida ularning bilim va  ko‘nikmalari baholashdan o‘tkazildi.

🚀Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Uzoq kutilgan ICT4Girls oromgohi uchun qabul boshlandi


25 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun ajoyib imkoniyat! Avgust oyining ikkinchi yarmida hududlardan saralangan 50 nafar qizlar uchun Toshkent viloyatida sport dasturlash oromgohi tashkil etiladi.

Kimlar ishtirok eta oladi:
➡️25 yoshgacha bo‘lgan;
➡️C++ yoki Python dasturlash tilini biladigan;
➡️2 bosqichli saralashdan o‘tgan qizlar.


Oromgohda Sizni:
➡️Dasturlash boʻyicha tanlovlar;
➡️Xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar;
➡️IT olimpiadalarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari;
➡️Eng kuchli ishtirokchilar bilan real kontest kutmoqda.


⚜️Yozning eng qaynoq imkoniyatini qo‘ldan boy bermang, hoziroq havola orqali roʻyxatdan oʻting!

📈Ro‘yxatdan o‘tish muddati 13-iyul soat 23:59 gacha.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2
UzGeeks IT hamjamiyatining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi

😎Bugungi uchrashuvda “PHP” dasturlash tilida ishlash va ular orqali sayt, ilovalar yaratish haqida gapirildi.

➡️ Uchrashuvda quyidagi spikerlar o‘z mavzulari bilan ishtirok etdi:

➡️PHPda pul bilan ishlash” - Azizbek Ochilov (Software engineer @ Yandex);
➡️Yii2 Queue” - Ismoil Salikhov (Co-Founder @ CTO);
➡️Ratchet - PHP orqali real-time ilovalar” - Olimjon Gʻofurov (Software engineer @ New line solutions).


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍1
Forwarded from Digital.uz
🥇 Yoshlar kuni munosabati bilan IT sohasi xodimlari taqdirlandi

📚 Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azm-u shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlar Prezident Farmoniga mufoviq mukofotlandi.

📱 Ular orasida quyidagi IT sohasining iqtidorli va faol vakillari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi:

Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li - Andijon shahridagi «Wester Group RJ» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Mamadaliyev Zaxiriddin Sayfiddin o‘g‘li - Namangan shahridagi «Nightmare Labs» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Yusupov Dilshodbek Ulug‘bekovich - Urganch shahridagi «Diip logistech» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati

Turdiboyev Akbar Ikrom o‘g‘li - Do‘stlik tumanidagi «Wegroww Tech» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati

Isroilova Aziza Ilhom qizi - «EPAM Systems» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumot tahlilchisi, dasturchi


🔅 Ushbu e’tirof – nafaqat bugungi kunda yurtimiz yoshlari erishayotgan yutuqlarning e’tirofi, balki ularning ezgu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ishonch bildirish va kelajakdagi faoliyatlariga ruhiy kuch bag‘ishlashdir.

⚡️“Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan har bir yosh fidoyi — minglab tengdoshlariga ilhom manbai bo‘lib, ularni yangi marralar sari yetaklashi shubhasiz. Yurtimiz ravnaqi, raqamli taraqqiyot va zamonaviy texnologiyalar sohasida ulkan yutuqlarga erishishda yosh avlodning tutgan o‘rni bundan buyon ham muhim bo‘lib qoladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🥰1
Forwarded from Digital.uz
⚡️-iyun – Yoshlar kuni

Bugun – yurtimizning eng faol, bilimli va fidoyi qatlamiga, ertangi kun poydevorini yaratayotgan yoshlarga bagʻishlangan bayramdir.

Yoshlar – bu orzular qanoti va millat kelajagining ishonchli suyanchig‘idir. Sizlarning tashabbuskorligingiz, g‘ayrat va salohiyatingiz, zamonaviy bilimlarga chanqoqligingiz Vatanimizni yuksak cho‘qqilarga olib chiqmoqda.

Har bir tashabbusingizga omad, qalbingizga esa doimo yurt sevgisi hamroh bo‘lsin!

Yoshlar – kelajak bunyodkorlari, bayramingiz muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🎉1
Forwarded from Digital.uz
🟢 Ta’limdagi raqamli o‘zgarishlar Jenevadagi vazirlar muhokamasida

🇨🇭 Jenevada bo‘lib o‘tayotgan "Ta’lim va texnologiyalar bo‘yicha Vazirlar uchrashuvi"da Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim vazirlari, Yevropa Ittifoqi, yetakchi texnologik kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

📌 Kun tartibidagi asosiy masalalar:

– Maktablarni internet tarmog‘iga ulash
– Raqamli ta’lim vositalarini rivojlantirish
– Har bir bola uchun xavfsiz va inklyuziv o‘quv muhitini ta’minlash


O‘zbekistonda Giga loyihasi 2021-yildan boshlab amalga oshirilmoqda va hozirgacha 2000 dan ortiq maktablarning internetga ulanishi qayta ko‘rib chiqildi. 2025-yilda barcha maktablarni barqaror va tezkor internet bilan ta’minlash maqsad qilingan.

➡️O‘tgan yilgi UNICEF bilan hamkorlikda o‘tgan uchrashuvda esa yoshlarning ta’limdagi faolligi, ularning ovozi va g‘oyalari siyosiy qarorlar qabul qilishda muhim o‘rin egallashi ta’kidlangan edi.

🔵Yoshlar – raqamli kelajakni shakllantiruvchi asosiy kuchdir. Bugungi tashabbuslar ularning imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5
2025/07/10 12:06:54
Back to Top
HTML Embed Code: