Telegram Web Link
"Sun'iy intellekt savodxonligi" bo'yicha grant g'oliblarini e'lon qilamiz

💻 Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi va 🔥 Najot Ta'lim hamkorligidagi "Sun'iy intellekt savodxonligi" kursining grant g'oliblari aniqlandi.


🏷 Barcha imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan va grantni qo'lga kiritgan o'quvchilarni tabriklaymiz!

➡️ Grant g'oliblari 1 oydan oshiq muddat davomida "Sun'iy intellekt savodxonligi" kursini Najot Ta'lim markazida bepul ta'lim olish imkoniga ega bo'ladilar.

📌 Eslatma: Grant g'oliblariga tez orada telefon orqali bog'lanib, batafsil ma'lumot beriladi.

Grant g'oliblarini yangi bosqichda yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishlarini tilaymiz!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥85
Frilanserlik faoliyatini boshlash uchun kerakli barcha bepul kurslar endi bir manzilda

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan frilanserlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun bepul kurslar itstudy.uz platformasiga joylashtirildi. 

⬇️Ushbu kurslar yuqori malakali va tajribali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, quyidagi 7 ta muhim yo‘nalishni qamrab oladi:
➡️Frilanserlikka kirish;
➡️Kompyuter asoslari;
➡️Ingliz tili;
➡️Front-end dasturlash;
➡️Videomontaj;
➡️Grafik dizayn;
➡️Umumiy informatika.


⚜️Hoziroq itstudy.uz saytidan roʻyxatdan oʻting, oʻqing, oʻrganing!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦 #BizHaqimizda

Raqamli taʼlim — zamonaviy bilim, barqaror taraqqiyot va intellektual jamiyatning mustahkam poydevori

📖 Oʻzbekiston telekanali ijodkorlari Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi faoliyati va Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maxsus koʻrsatuv tayyorladi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍431💘1
Bill Geyts fikricha, sunʼiy intellekt qaysi kasb oʻrnini bosa olmaydi?

➡️Si ko‘plab sohalarda ishlarni o‘z qo‘liga olmoqda. Lekin Bill Geytsning fikricha, dasturlash kasbi hech qachon to‘liq avtomatlashtirilmaydi.

➡️Dasturlash — bu faqat kod yozish bilan emas, balkim murakkab muammolarni yechish , ijodiy qarorlar topa olish, kutilmagan yechimlar yaratishdadir. Bularning barchasini mashina emas, inson tafakkuri va tasavvuri qila oladi.

➡️Biotexnologiya, energetikada ham SI oʻz oʻrniga ega, ammo asosiy qarorlarni baribir odamlar qabul qiladi. Oddiy ishlar — ma’muriy jarayonlar, hujjat yuritish, ma'lumot kiritish, dizaynning maʼlum bir qismlari esa asta-sekin Si qo‘liga o‘tib bormoqda.

Shuning uchun Kelajakda muvaffaqiyatga erishishning kaliti - yangi texnologiyalarni oʻrganish, tezda moslashish va ijodkorlik, qiziquvchanlikni oshirishdadir.

⚜️Sunʼiy intellekt raqobatchi sifatida emas, balki inson bilan hamkor boʻlib xizmat qiladi.

➡️Batafsil

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7💯7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сирдарёдан “Ювентус”гача бўлган йўл - ўзбекистонлик ёшлар рақамли дунёда

Ўзбекистонда IT соҳаси энди фақат пойтахт аҳли учун эмас: Сирдарёда мактаб ўқувчиси дастур тузиб компания очди, Фарғонада жисмоний имконияти чекланган йигит 3D маҳсулотларини онлайн сотмоқда. Хоразмда ўқувчи “Ал-Хоразмий ворислари” лойиҳаси орқали ота-онасини ватанига қайтариш ҳаракатида.

Улар IT орқали нафақат даромад топиш, балки орзуларини амалга ошириш мумкинлигини исботлашмоқда.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ

Kun.uz расмий канали
265👍2
Forwarded from Sherzod Shermatov
Ўзбекистон Стартап экотизими ўсиши тезлиги бўйича дунёда етакчи эканлиги эътироф этилди!

Президентимизнинг АйТи соҳасига алоҳида эътиборлари туфайли Ўзбекистон дунёда энг тез ўсаётган стартап экотизимига эга эканлигини Dealroom.co халқаро таҳлилий компанияси томонидан эълон қилинди.

Бу каби янгиликлар юртимизга венчур фондлари ва бошқа стартап экотизими иштирокчиларини қизиқишини янада орттириб, ёшларимиз ўз стартап ғояларини ривожлантириб боришлари учун қўшимча имкониятлар ошиб боришига ёрдам беради. Стартапингиз бўлса, албатта уни startupbase.uz да рўйхатдан ўтказинг ва уни ривожлантириш бўйича қўшимча маълумотларга эга бўлинг!

Ўзбекистон дунёда №1 эканлиги ёритилган хар қандай ижобий маълумот албатта ҳамюртларимиз учун ўзига хос ғурур ва ифтихор белгисига айланади. Ундан аввал юртимиз дунёда одамлар ўзини энг хавфсиз ҳис этадиган мамлакат рейтингида биринчи эканлигини эшитиб ҳам жуда хурсанд бўлган эдик ва ҳозиргача чет эллик инвесторларни ва туристларни таклиф этишда ушбу фактдан фойдаланамиз: https://www.tg-me.com/shshermatov/601
🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistondan turib Dubayga ishlayotgan 18 yoshli UX/UI dizayner hikoyasi

Marg‘ilon shahrida tug‘ilib o‘sgan Muhammad Qodir, hozirda 18 yoshda bo‘lishiga qaramay, AT sohasida 4 yildan ortiq tajribaga ega. U 14 yoshidan boshlab raqamli texnologiyalar olamiga kirib kelgan va hozirda Farg‘onadan turib xalqaro miqyosda tanilgan Dubayning “WASEEA SOFTWARE LLC” kompaniyasida UX/UI dizayner sifatida faoliyat yuritmoqda.


❗️Muhammad Qodir yaqinda o‘quvchilarni IELTS imtihoniga eng qulay narhlarda tayyorlanishlariga imkon yaratadigan enola.uz startap loyihasini ishga tushirdi.

⚜️Qahramonimizning maqsadi yaqin 5 yil ichida o‘z unikorn startapini yaratish va texnologiyalar orqali insonlar hayotini osonlashtirishdir.

➡️Batafsil

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6🔥5👍2
O‘zbekistonda raqamli transformatsiya bo‘yicha yangi xalqaro loyiha boshlandi

🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi va KOICA hamkorligida 2025–2027-yillarda amalga oshiriladigan “Davlat xizmatchilarining raqamli salohiyatini oshirish” loyihasiga Koreya Respublikasida start berildi.

➡️Loyiha doirasida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi mutaxassislari KOICA vakillariga O‘zbekistonda raqamlashtirish va raqamli ta’lim sohasida olib borilayotgan yirik loyihalar haqida taqdimot o‘tkazdi.

➡️Batafsil

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro AT sertifikatni olishga ketgan xarajatlarimni toʻliq qaytarib oldim – Abdumannon Halimov

Qahramonimiz Abdumannon Halimov Coursera onlayn taʼlim platformasida python kursini tamomlagan va u xalqaro AT sertifikat olish uchun ketgan xarajatlarining 100% gacha qismini my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib olgan. Abdumannon hozirda upwork platformasida oyiga $800-1000 gacha daromad qilmoqda.


⚜️ IT-Istedod.uz saytiga kiring, xalqaro AT sertifikatlar ro‘yxati bilan tanishib chiqing va o‘zingizga mos yo‘nalishda o‘qib karyerada muvaffaqiyatga erishing!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥125
Samarqand viloyatidagi “IT-shaharcha”da Robototexnika kurslari yoʻlga qoʻyildi

Qoʻshrabot tumanida joylashgan ushbu “IT-shaharcha” joriy yilning may oyida o‘z faoliyatini boshlagan.

“IT-shaharcha”da yoshlar elektronika, dasturlash, grafik dizayn kabi zamonaviy yo‘nalishlar bilan bir qatorda ingliz va boshqa xorijiy tillarni ham o‘rganish imkoniyatiga ega.

⚜️Bugun “IT-shaharcha”ning ilk bitiruvchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🏷Shuningdek, endilikda bu yerda robototexnika kurslari ham yo‘lga qo‘yilib, o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaytirildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42😇2
Ta’limda AI tashabbuslarini boshqaruvchi rahbar izlanmoqda

🏢Tashkilot: Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi
🧭 Bo‘lim: Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi
✳️ Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i
📍 Manzil: Toshkent shahri

Bo‘limning asosiy vazifalari:
• Ta’limda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya va yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
• SI loyihalarini ta’lim tizimiga integratsiya qilish;
• SI texnologiyalaridan samarali va xavfsiz foydalanishga oid ta’lim loyihalarini yaratish va amalga oshirish.

Nomzodlar uchun talablar:
• Loyiha boshqaruvi bo‘yicha 3+ yillik tajriba (axborot texnologiyalari - AT, ta’lim yoki SI sohasidagi loyihalar boshqaruvi ustunlik beradi);
• AT ta’lim va sun’iy intellekt bo‘yicha bilim;
• Rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
• O‘zbek va ingliz tilida erkin muloqot (rus tili afzallik beradi);
• Kreativ va tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalari.

📩 Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.
Nomzodlardan 2 betdan oshmagan rezyumeni [email protected] elektron manziliga yuborish so‘raladi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥112🗿2
#prompt_aileaders
HRʼlar uchun foydali “prompt”lar toʻplami

Avvalroq, ChatGPTʼdan samarali foydalanish uchun “prompt”lar toʻplami haqida xabar bergan edik. Endilikda barcha kompaniya, startap yoki jamoaning asosiy qon tomiri boʻlgan kadrlar bilan ishlash mutaxassislari uchun foydali boʻlgan ommabop “prompt”larni bir yerga jamladik.

🏷Promptlardan quyidagi yo‘nalishlarda samarali foydalanish mumkin:
➡️Xodimlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish uchun savolnoma shakllantirish;
➡️Mehnat faoliyatini baholash jarayonlarini tashkil etish;
➡️Xodimlarning ishdan bo‘shash sabablari va ularning tahlilini o‘tkazish;
➡️Xodimlar almashinuvi (attritsiya) tendensiyalarini tahlil qilish;
➡️Ish haqi taqqoslash (kompensatsiya benchmarking) hisobotini yaratish.


❗️Ushbu havola orqali ular bilan tanishishingiz hamda zaruriyatga koʻra foydalanishingiz mumkin.

➡️Postni HR yoki rekruter tanishlaringizga yuborib qoʻying!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥4🥰3👍2
2025/10/22 02:26:20
Back to Top
HTML Embed Code: