Telegram Web Link
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев дал старт второму этапу проекта "IT-Park".

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Facebook|Instagram|X
2🔥2
“Raqamlashtirish orqali farovonlik” dasturi doirasida 2,5 mingdan ortiq yoshlar IT yo‘nalishlarida bepul ta’lim olmoqda

🏷 “Raqamlashtirish orqali farovonlik” dasturi doirasida mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi tuman va shaharlarda kam ta’minlangan oilalar farzandlarini raqamli sohalarga jalb etish va ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish ishlari jadal davom etmoqda.


Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari hamda IT Park ta’lim rezidentlari bilan homiylik asosida 2,5 mingdan ortiq kam ta’minlangan oila farzandlari uchun bepul darslar yo‘lga qo‘yildi.

Hududlarda kam ta’minlangan oila farzandi uchun veb-dasturlash, mobilografiya, grafik dizayn va videomontaj yo‘nalishlari bo‘yicha 3 oylik o‘quv kurslari boshlandi.

Ushbu tashabbus yoshlar orasida IT kasblarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularga yangi imkoniyatlar eshigini ochish maqsadida amalga oshirilmoqda.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21
👩🏻 Xotin-qizlar uchun bepul ta’lim loyihasida ishtirok eting!

Digital Women in Focus
— bu IT sohasida boshlang'ich bilimlarga ega va o‘z salohiyatini ochishni istagan qizlar uchun bepul 7 haftalik o‘quv dasturi!

💻 Bu siz uchun texnologiyalar olamida yangi bosqichga chiqish imkoniyati! Ta'lim dasturiga faqat 5 nafar eng iqtidorli va motivatsiyaga ega ishtirokchi tanlab olinadi!

🎯 Kurs davomida siz:
- Xalqaro tajribaga ega mentorlardan bevosita ta’lim olasiz;
- Ishga kirish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni jamoaviy loyihalar orqali rivojlantirasiz;
- Portfolio va CV tayyorlash bo‘yicha bilim va maslahatlar olasiz;
- Networking;
- Kurs yakunida sertifikat va professional tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo'lasiz
.


📅 Dastur davomiyligi: 7 hafta
📍 Ishtirokchilar soni: 5 nafar
💸 To‘lov: BEPUL

Havola orqali ariza topshing va o'z joyingizni band qiling!

🔗 Ro'yxatdan o'ting uchun havola: https://forms.gle/TDTsJamQuwDpfpyE7

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Computer Vision — raqobat kam, daromad ko‘p soha!

💠Bugungi qahramonimiz — Zarifjon Naxalov, 15 yildan beri dasturlashda, 7 yildan beri esa Kompyuter vision yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassis. Hozirda ABS VISION AI startupida Computer Vision muhandisi sifatida ish faoliyatini yuritayotgan Zarifjon aka Janubiy Koreyada aynan shu yo'nalishida doktoranturada o‘qigan.

Shuningdek, u Mohirdev platformasida “Computer Vision” onlayn o'quv kursi muallifi. Uning shogirdlari bugun Upwork platformasida minglab dollar ishlab topmoqda.

Computer Vision — bu texnologiya orqali inson ko‘zini raqamli dunyoga olib kiruvchi kuchli yo‘nalish. U tibbiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xavfsizlik tizimlarida katta imkoniyatlar yaratmoqda.

Videoni Youtube kanalimizda to'liq talqinda tomosha qiling.

Batafsil

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65💯3❤‍🔥11
O‘zbekistonlik talabalar Xitoydagi yetakchi ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda

⚜️Joriy yil 19-oktyabr kuni oltita universitetdan o‘n nafar oʻzbekistonlik talaba “Seeds for the Future” ta’lim loyihasida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi.

Bir hafta davom etadigan dasturning birinchi manzili Dongguandagi Huawei kompaniyasining bosh qarorgohi bo‘ldi.

Uch kun davomida talabalar:
➡️19 ta mamlakat ishtirokchilari bilan tanishdilar;
➡️Sunʼiy intellekt, 5G va bulutli texnologiyalar boʻyicha maʼruzalarda qatnashdilar;
➡️kompaniya mutaxassislari va murabbiylar bilan muloqot qildilar;
➡️Huawei kompaniyasining e’tirofga sazovor va aqlli kampusiga tashrif buyurishdi.


❗️Ma’lumot o‘rnida so‘nggi 10 yilda O‘zbekistondan 162 nafar talaba ushbu ta’lim tashabbusida turli formatlarda ishtirok etdi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1
2025/10/25 17:01:42
Back to Top
HTML Embed Code: