Telegram Web Link
AQSHning “Utah Valley University” universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

🧾Utah universiteti taʼlim maktabi dekani Vessela Ilieva Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan IT ta’limda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida ta’lim loyihalari yuzasidan hamkorliklar va Utah universitetiga xorijiy til hamda AT o‘qituvchilarini malaka oshirishga yuborish masalalari muhokama qilindi.

🏷Maʼlumot uchun, Utah universiteti AQSHning Utah shtatidagi eng yirik oliy taʼlim muassasasi boʻlib, 46 mingdan oshiq talabalarga 7 ta yoʻnalish boʻyicha taʼlim beradi. Qolaversa, universitet maktabning barcha darajalari uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi va bir qator magistrlik darajalarini taklif qiladi.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116🫡1
Forwarded from Digital.uz
🏆 Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va IT sohasiga jalb qilish maqsadida 10 TA GRANT

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda MAAB Innovation kompaniyasi hamkorlikda 10 nafar xotin-qizlarga IT sohasida yuqori daromadli kasb egasi bo‘lib faoliyatlarini davom ettirishlari uchun maxsus imkoniyatni taqdim etadi.

25 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ushbu imkoniyatdan foydalanib, 2 oylik Power BI kursida mutlaqo bepul o'qishlari mumkin.

❗️ Grant shartlari:
- Davlat tashkiloti yoki xususiy sektorda buxgalter, moliyachi, kadrlar bo'yicha mutaxasis yoki shunga o'xshash ma'lumotlar bilan ishlaydigan soha egasi bo'lishlari;
- Mantiqiy fikrlash bo'yicha MAAB akademiyasi imtihonidan o'tishlari kerak.


🚀Qatnashuvchilar kurs davomida Power BI dasturini o'rganishlari va o'z ish faoliyatlarida qo'llab mehnat unumdorligini 10 barobargcha oshirishlari mumkin.

📬Ro’yhatdan o’tish uchun: havola ustiga bosing

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🤩Fevral oyi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning Top-10 IT taʼlim markazlari maʼlum boʻldi

❗️Mazkur reyting tegishli mezonlar asosida shakllantirildi.

Reyting bilan tanishing:
➡️“Mohirdev” MCHJ
➡️“Najot ta'lim markazi” MCHJ
➡️“Astrum Academy”
➡️“Sensorika” MCHJ
➡️“IT Hub Samarkand 1” MCHJ
➡️“IT Park Xorazm” MCHJ
➡️“IT Park Buxoro” MCHJ
➡️“Digital Academy” MCHJ
➡️“PDP Academy” MCHJ
➡️“Learn IT” MCHJ


Maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanadi.

➡️IT taʼlim rezidentlaridan reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etish uchun CRM platformasiga maʼlumotlarni to‘liq kiritib borishlarini so‘rab qolamiz!

🔗Farzandi kelajagini oʻylab, ishonchli IT taʼlim markazi qidirib yurgan yaqinlaringizga yuboring!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥3🤬1
Acharya Universiteti va EC-Council Academia hamkorligi yoʻlga qoʻyildi

Ushbu hamkorlik doirasida universitet talabalari Certified Ethical Hacker (CEH), Computer Hacking Forensic Investigator (CHFI) va Certified Network Defender (CND) kabi nufuzli sertifikatlarni bepul olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hamkorlikning asosiy maqsadlari doirasida:
➡️Talabalarga zamonaviy kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berish orqali O‘zbekistonning raqamli xavfsizlik salohiyatini oshirish;
➡️iLabs, CTF musobaqalari hamda real holatlar asosida mashg‘ulotlar tashkil etish orqali ish bozoriga tayyor kadrlarni yetishtirish;
➡️O‘zaro anglashuv memorandumlari va o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlari orqali kiberxavfsizlik ta’limini butun mamlakat bo‘ylab kengaytirish reja qilingan.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from IT Education Association
Coursera platformasida 2 oyda 2,5 mingdan ortiq yoshlar onlayn ta’lim oldi

👩‍💻2025-yilning o'tgan davrida O’zbekistonning yetakchi AyTi Universitetlari va o‘quv markazlarining 2,5 mingdan ortiq yoshlari Coursera onlayn ta’lim platformasining professional o‘quv kurslarida ta’lim olish imkoniga ega bo’ldi.

Platformada ta’lim olayotgan yoshlar 6861 soat vaqtlarini o‘quv platformasida ta’lim olishga sarflashdi hamda ushbu vaqt davomida 500 ta kurslar bo‘yicha 2994 ta xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Top 20 ta kurslar quyidagi 5 ta ixtisoslik bo‘yicha taqsimlandi:

🟢Computer Science;
🟢Data Science;
🟢Information Technology;
🟢Business;
🟢Language Learning.

Hozirda IT ta'lim Uyushmasi imtiyozli narhlarda IT va zamonaviy sohalardagi 12000 dan ortiq Coursera xalqaro kurslarni taklif etadi:

💠Michigan, Illinois, Duke, Stanford va boshqa universitetlarning professional kurslari;

💠Google, Misrosoft, Amazon, IBM va Meta kompaniyalarining tajribali ekspertlari tomonidan tayyorlangan kurslar;

💠Xalqaro darajadagi sertifikatlar olish;

📝Xoziroq ite-association.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting va imtiyozli narxlarda Coursera kurslarini qo‘lga kiriting.

Batafsil maʼlumot uchun ☎️ +998 (55) 511 07 77

⚠️Kelajagingiz o‘z qo‘lingizda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Sherzod Shermatov
Prezidentimiz sa’y-harakatlari sababli yurtimizdagi ijobiy o‘zgarishlar dinamikasini xalqaro reytinglarda dunyoning qator davlatlaridan ko‘ra oldinga o‘tayotganimizda ko‘rsa bo‘ladi, jumladan oxirgi 4 yilda Speedtest tezlik reytingida 65 ta davlatlardagidan ko‘ra yaxshiroq o‘zgarish aynan O‘zbekistonda kuzatilgani e’tirof etildi.
Albatta, barcha davlatlar harakat qiladi, faqat kim tezroq harakat qilsa, o‘sha davlatni reytingi boshqalarga qaraganda tezroq ko‘tariladi.

Bu esa yoshlarimizga 2 xil yo‘nalishda yanada tezroq yurishga sharoit yaratadi:

Birinchisi: ota-onalar va ustozlar umidini oqlash hamda yuqori daromad topish uchun internetdagi vaqtini imkoni boricha ko‘proq o‘zini rivojlantirishga, chet tillari ( https://ibratfarzandlari.uz ) va zamonaviy kasblarni ( https://www.uzbekcoders.uz ) o‘rganishga ishlatish yoki o‘z startapini rivojlantirish ( https://startupbase.uz ) orqali muvaffaqiyatga erishish.

Ikkinchisi: internetdagi vaqtini rivojlanishiga foydasi yo‘q, balki zararli narsalarga yanada ko‘proq sarflab, ham jismoniy ham ma’naviy sog‘lig‘iga putur yetkazish va orzulari ushalmay muvaffaqiyatsizlikka uchrash.

Hayotda ENG qimmat, lekin hammaga bir xil taqsimlangan narsa VAQT, undan unumli foydalaning va vaqtingizni o‘g‘rilaydigan kontentlarga chalg‘imang! Ularni yaratuvchilari ko‘proq daromad olish uchun ataylab auditoriyasini kengaytirishga turli xil nayranglarga usta bo‘lib ketishgan.

Hozirgi texnologiyalar shiddatli rivojlanayotgan davrda bilim va ko‘nikmalarini doimo oshirib boradiganlar bilan vaqtini behuda sarflaydiganlar orasida tafovut ortib boraveradi.

PS. Juda ko‘p tabiiy neft-gaziga ega bo‘lgan yoki tarixdan boshqa davlatlarni boyliklarini bosib olish hisobiga boyigan davlatlar bilan jon boshiga daromad yoki boshqa muhim ko‘rsatkichlarda hozir ancha farq bo‘lishi tabiiy, lekin asosiysi aksariyat ko'rsatkichlardagi ijobiy tezroq dinamika yurtimizni obro‘yini oshirishga yordam bermoqda, bu xalqaro anjumanlarda aynan O‘zbekistonga bo‘lgan e’tiborning o‘zgarishida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
👍4👀1
Armanistonning “Armenian Code Academy” asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

📖“Armenian Code Academy” asoschisi Narek Aslikyan Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan IT ta’lim yoʻnalishida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida ta’lim loyihalari yuzasidan hamkorliklar va “Armenian Code Academy” bilan birgalikda IT sohasidagi talabgir yoʻnalishlarda mentorlarni malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔗“Armenian Code Academy” Armanistonda 10 yildan beri oʻz faoliyatini olib borayotgan taʼlim markazi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar dasturlash, maʼlumotlar tahlili va boshqa yoʻnalishlarda 17000 nafardan ziyod bitiruvchilarga ega.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥43
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2025-yil 16-aprel kuni “Ta’lim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy o‘qitishda raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabul qilish boshlandi.

🔹 Maqola va tezislar elektron shaklda 2025-yil 10-aprelga qadar raqamlitalim.trm.uz/conference veb-manzili orqali qabul qilinadi.

🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.

Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!

— — — — — —

🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!

🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования начался прием статей в связи с проведением 16 апреля 2025 года международной научно-практической конференции «Трансформация образовательной среды: роль цифровых технологий в современном обучении».

🔹 Статьи и тезисы принимаются в электронном виде до 10 апреля 2025 года через веб-сайт raqamlitalim.trm.uz/conference.

🔹 Подробная информация в информационном письме.

Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!

— — — — — —

Attention!

🔹 Dear, professors, methodologists, teachers, doctoral students, independent researchers, master's students, students, and staff of all educational institutions!

🔹 The Republican Scientific and Methodological Center for Education Development of the Republic of Uzbekistan has started accepting articles for the International Scientific and Practical Conference "Transformation of the educational environment: the role of digital technologies in modern learning" on April 16, 2025.

🔹 Articles and theses are accepted in electronic form until April 10, 2025, through the website raqamlitalim.trm.uz/conference.

🔹 More detailed information is available in the information letter.

Publication of articles in the conference proceedings is free of charge!


🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!

🌷Ushbu bayram go‘zallik, mehr-oqibat va donolik ramzi boʻlgan ayollar, buvijonlar, onalar va qizlarni madh etuvchi bahoriy bayramdir.

Barcha xotin-qizlarimizga sihat-salomatlik, har bir ishda muvaffaqiyatlar, mehr-muhabbat va barcha orzularingizning amalga oshishini tilab qolamiz.

🎉Bayram muborak boʻlsin!

🌐
Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🥰3👏1
Fargʻona viloyatida 1000 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi

🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Fargʻona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “InfoTeach — 2025” forumining birinchi kuni yakunlandi.

“InfoTeach — 2025” forumi doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, frilanserlik, olimpiada tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etiladi.

👨‍👦‍👦Treninglarda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan tanishtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha maʼruzalar boʻlishi koʻzda tutilgan.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🤩1
2025/07/14 11:12:11
Back to Top
HTML Embed Code: