Telegram Web Link
🔁 So'nggi yillarda eng TOPga chiqadigan IT yo'nalishlaridan biri – Data Analytics.

🔑 Nima uchun Data Analytics?

Biznes dunyosida muvaffaqiyatning kaliti – ma’lumotlardir! Har bir raqamlar orqasida imkoniyatlar bor. Data Analytics orqali siz ma’lumotlarni tahlil qilib, o’z strategiyangizni shakllantirishingiz va har bir qarorni ishonch bilan qabul qilishingiz mumkin.

🔼 Sohada qancha daromad qilish mumkin?
- Yangi boshlovchilar:
Oylik: $500 – $1,000

- Tajriba to‘plaganlar:
Oylik: $2,500 – $4,000

- Xalqaro loyihalar (masofaviy):
Oylik: $3,500 – $5,000


🅰 Asosiy Ko‘nikmalar:
Python: Pandas, NumPy, Matplotlib kabi kutubxonalar yordamida ma’lumotlarni tahlil qiling.
SQL: Ma’lumotlar bazasidan so‘rovlar chiqarish san’ati.
Excel va Google Sheets: Tezkor tahlil va hisobotlar tayyorlash.
Vizualizatsiya: Power BI, Tableau, Google Data Studio – ma’lumotlarni jonlantiring!
Statistika: Ma’lumotlarni matematik tahlil qiling, natijalarni anglab oling.
Big Data: Hadoop va Spark bilan katta ma’lumotlar bilan ishlash asoslarini o‘rganing.


📚 Qayerdan o‘rganish mumkin?
- Onlayn Kurslar: Uzbekcoders.uz, Coursera kabi platformalarda chuqur bilim oling.
- Bepul Resurslar: Kaggle, YouTube va FreeCodeCamp orqali mustaqil o‘rganing.
- Sertifikatlash: Google Data Analytics Professional Certificate, IBM Data Analyst kabi sertifikatlar bilan raqobatbardosh bo‘ling.


🔍 Ta'lim olish uchun sarflagan xarajatlaringizni IT-istedod.uz loyihasi orqali qaytarib oling.

🔔 Hoziroq boshlang va muvaffaqiyat sari intiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
“ICT4Girls” olimpiadasida 400 ga yaqin qiz bellashdi

🏷6-aprel kuni o‘quvchi qizlar o'rtasida sport dasturlash bo‘yicha “ICT4Girls” O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.


➡️Unda barcha hududlar – 12ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida tahsil oluvchi jami 400ga yaqin qizlar ishtirok etib “Yandex Contest” platformasida berilgan masalalarni ishladilar.

➡️Har bir hudud kesimida eng yuqori natija ko‘rsatgan kamida 3 nafar qiz Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

💡Hududiy bosqich bo'yicha to'plangan ballarni mazkur havola orqali onlayn ko'rishingiz mumkin. Respublika bosqichiga o'tgan qizlar ro‘yxati ertaga, ICT4Girls olimpiadasi guruhida e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan 12 nafar qiz ICT4Girls olimpiadasi g‘olibi deb topilib, Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etish uchun o‘zaro bellashadi.

🔗Ma’lumot o‘rnida, EGOI har yili 40 dan ortiq davlat vakillarini oʻziga jalb qiladi, ishtirokchilar soni esa 200 dan oshadi. Oʻzbekiston EGOI musobaqasida ilk bor 2024-yil ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3
Yandex Uzbekistan talabalar va IT-mutaxassislar uchun intellektual tanlov oʻtkazadi

😊"Coding and Math Contest" tanlovi dasturlash va matematika bo‘yicha tashkil etilmoqda. Unda ishtirok etish uchun O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda mamlakatda faoliyat yuritayotgan IT-mutaxassislari ariza topshirishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
➡️birinchi bosqichda dasturlash bo‘yicha;
➡️ikkinchi bosqichda esa matematika bo‘yicha topshiriqlar bajariladi.


❗️Eng yaxshi ishtirokchilarga pul mukofotlari, gadjetlar va "Yandex Plus" uchun promokodlar taqdim etiladi. Jami mukofot fondi 65 mln so‘m bo‘lib, 1 oʻrindan 8 o‘ringacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

📝Tanlov ingliz-tilida oʻtkaziladi hamda unda ishtirok etish bepul. Ishtirok etish uchun 18-aprelga qadar roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Natijalar 27-aprel kuni taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

➡️Roʻyxatdan oʻtish havolasi: https://cmc.yandex.uz/

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥21
Xalqaro IT-sertifikatlarga kompensatsiya berish boʻyicha 2025-yil 1-chorak natijalari

📊Xalqaro IT-sertifikatga kompensatsiya olish uchun 2024-yilda 76 nafar IELTS sertifikati bor yoshlar ariza qoldirgan boʻlsa, joriy yil birinchi chorakning oʻzidayoq bu koʻrsatgich 122 nafarga yetdi.

📄Qolaversa, hududlar kesimida xalqaro IT-sertifikat uchun ketgan xarajatlarni kompensatsiya qilish uchun eng yuqori natija Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelmoqda.

🎙Eng quvonarli jihati, 2024-yilda kompensatsiya olgan qizlarning ulushi 13% ni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil soʻnggi 3 oyining oʻzidayoq ushbu koʻrsatgich 41% ga yetgan.

👤Action pro, Sensorika, Uzcorp oʻquv markazi bitiruvchilari esa soʻnggi 3 oyda eng koʻp kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.

Natijalar bilan batafsil infografikamizda tanishing!

➡️Xalqaro IT-sertifikatlarning to‘liq ro'yxati bilan IT-istedod.uz saytida tanishing va sertifikatni qoʻlga kiriting, xalqaro IT-sertifikat olish uchun ketgan xarajatlaringizni my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib oling.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
💙💙💙💚💚💚

🔴 “UIC Group” Sizni ishga taklif qilmoqda!

"UIC Group" Sun'iy idrok, QA, Frontend, Backend, Flutter yo'nalishlarida malakali mutaxassislarni izlamoqda.


"UIC Group" tomonidan quyidagilar taklif etiladi:
🔸Korporativ ta'lim va treninglar.
🔸Professional jamoa.
🔸Jamoaviy tadbirlar.
🔸Eng zamonaviy va sifatli uskunalar.
🔸Ish uchun qulayliklarga ega zamonaviy ofis.
🔸O'z vaqtidagi ish haqi, shu jumladan ajoyib natijalar uchun bonus tizimi.


✴️Batafsil ma'lumot olish hamda rezyume yuborish uchun quyidagi havola orqali o'ting:
https://uic.group/uz/vacancy

"UIC Group" - "United IT Company" 2020-yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kunda Kiberxavfsizlik, Sun'iy intellekt, Veb-saytlar, Mobil ilovalar, UI&UX dizayn, Media production kabi yo'nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
Toshkent Shahridagi KCS&Hancom Bootcamp bilan IT karyerangizni boshlang!

🏷Atigi 6 oyda dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi bo'lishni xohlaysizmi?
Hancom va Nextree GDC tomonidan tashkil etilgan KCS Bootcamp ga qo‘shiling va Enterprise dasturiy ilovalari ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajriba orttiring!


Bootcamp afzalliklari:
➡️
Darslar o‘zbek tilida o‘tkaziladi.
➡️
Java, Spring, React kabi amaliy texnologiyalarni o‘rgatiladi;
➡️
Dasturlash tajribasi bolish shart emas, qiziqish bo'lishi yetarli;
➡️
Kruz Coding Studioning
yetakchi mutaxassislaridan
ta’lim olinadi;
➡️
Nextree GDC va Nomadian kompaniyalarida ishga joylashish imkoniyati mavjud;
➡️
Dars vaqtida foydalanish uchun noutbuk taqdim etiladi. Kurslar 6 oylik davomida haftasiga 5 kun 3 soatdan o'tkaziladi.


🧾Arizalar 2025-yil 8-apreldan 27-aprelga qadar qabul qilnadi:
1. Ariza to‘ldiring 👉🏻 🔗 https://form.jotform.com/250922412836455
2. O‘zingiz haqingizda va karyera maqsadlaringiz haqida qisqacha esse yozing.

Qabul talablari:
➡️ IT mutaxassisi bo‘lishni istaganlar uchun: 35 yoshgacha, 2025-yilda maktab yoki universitetni tugatayotganlarga tavsiya etiladi;
➡️ Koreyada o‘qishni xohlovchilar uchun: maktab yoki universitetni tugatganiga 2 yildan oshmagan bo‘lishi tavsiya qilinadi;
➡️ Dasturlash tajribasi bo‘lmasa ham qatnashish mumkin.

Ishga joylashish imkoniyatlari:
🇰🇷 Nextree (Koreya)
🇺🇿 Nextree GDC (O‘zbekiston)
🇺🇿 Nomadian (O‘zbekiston)
🇺🇿 Kruz Coding Studio (O‘zbekiston)

Imtihonlar va ishga joylashish:
➡️ Bootcampni muvaffaqiyatli tamomlaganlar (davomat va baho) tanlov asosida intervyularga taklif qilinadi.
➡️ Dasturchi yoki o‘qituvchi lavozimlariga ariza berish mumkin.
➡️ Bootcamp tugaganidan so‘ng qo‘shimcha imtihonlar bo‘lmaydi.

👨‍👦‍👦 Murojaat uchun:
➡️https://forhttps://form.jotform.com/250932392429461
➡️+998970820080

Qabul cheklangan (40kishi) – hoziroq ariza topshiring!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🤩Oʻzbekistonning Top-10 IT taʼlim markazlari maʼlum boʻldi

❗️Mazkur reyting tegishli mezonlar asosida shakllantirildi.

Reyting bilan tanishing:
➡️“Mohirdev” MCHJ
➡️“Najot ta'lim markazi” MCHJ
➡️“Astrum Academy”
➡️“Sensorika” MCHJ
➡️“IT Hub Samarkand 1” MCHJ
➡️“IT Park Xorazm” MCHJ
➡️“PDP Academy” MCHJ
➡️“IT Park Buxoro” MCHJ
➡️“Digital Academy” MCHJ
➡️“Learn IT” MCHJ


Maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanadi.

➡️IT taʼlim rezidentlaridan reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etish uchun CRM platformasiga maʼlumotlarni to‘liq kiritib borishlarini so‘rab qolamiz!

🔗Farzandi kelajagini oʻylab, ishonchli IT taʼlim markazi qidirib yurgan yaqinlaringizga yuboring!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124🔥2🙏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari diqqatiga!

🏷“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi ijtimoiy imkoniyati cheklangan oila farzandlarini xorijiy til, elektron tijorat, marketing va SMM bo‘yicha o‘qitib ishga yo‘naltirishga qaratilgan 3 bosqichli loyiha amalga oshirilmoqda.


➡️1-bosqich
30 ming nafar yoshlar itstudy.uz platformasi orqali onlayn bepul ta'lim imkoniyati yaratildi.
Siz 100 dan ortiq videodarslar orqali elektron tijorat, SMM, ingliz tili va grafik dizayn sohalarini onlayn o‘rganishingiz mumkin.
🔗Bunda onlayn kurslarni 30-aprelga qadar o‘qib, sertifikatlar olishingiz talab etiladi.

➡️2- bosqich
5 ming nafar yoshlar uchun 6 oylik bepul gibrid kurslar boshlanadi.
🔗Bu hali hammasi emas, Siz bir yil davomida uyingizda bepul internetdan foydalanish imtiyoziga ega bo’lasiz. Shuningdek, 2-bosqichda eng yaxshi natija ko’rsatgan yoshlarga imtiyozli tarzda kompyuterlar taqdim etiladi.

➡️3-bosqichi
14 ta hududda markazlar tashkil etiladi va unda Siz elektron tijorat orqali daromad topishga o‘rganasiz.
🔗Sizlarni 30-aprelga qadar itstudy.uz platformasi orqali o‘qib saralangan yoshlar safida bo‘lishga chorlaymiz. Unutmang, IT yo‘nalishda mehnat faoliyatingizni boshlashingiz uchun ajoyib imkoniyat.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍32
Forwarded from Rustam Karimjonov
Qoraqalpog’istondagi IT sohasi tadbirkorlari bilan uchrashuv o’tkazdik

Uchrashuv davomida xalqaro va mahalliy IT kompaniyalar, eksportyorlar, IT o’quv markaz rahbarlari bilan Qoraqalpog’istonda IT sohasida yangi ishchi o’rinlar yaratish, eksport imkoniyatlarni kengaytirish, loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

🌍 Eksportyor kompaniyalar shu yerdagi yoshlarni o’qitib Qozog’iston, Rossiya, Ummon Sultonligi hamda eng qiziqarlisi Avstraliyaga ham IT xizmatlarni ko’rsatishni boshlashibdi.

💻 Qoraqalpog’istonlik yoshlar ko’proq vaqtlarini chet tillarini o’rganish hamda IT sohasi bo’yicha bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishga safarbar etishsa, shunda zamonaviy sharoitlarga ega Nukus IT Parkdagi kompaniyalarda ishlab, yuqori daromad kasb egasi bo’lishlari mumkin bo’ladi.
👍52
2025/07/12 10:49:33
Back to Top
HTML Embed Code: