Telegram Web Link
Germaniyadagi “EGOI -2025”da ishtirok etadigan milliy terma jamoa a’zolari aniqlandi

Avvalroq, Toshkent shahrida ICT4Girls olimpiadasi Respublika bosqichi boʻlib oʻtgan edi. Natijalarga koʻra, olimpiadada 12 nafar qiz gʻolib deb topildi. Gʻoliblar uchun dasturlash sohasidagi malakali ekspertlar tomonidan bir hafta davomida intensiv treninglar tashkil etildi.

Trening yakunida kontest tashkil etilib, 4 nafar qizlar 2025-yil 14-20-iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tuvchi European Girls’ Olympiad in Informatics (EGOI) – Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etish uchun saralab olindi.

⬇️Germaniyaga yo’llanma olgan qizlar:
➡️Oysha Mirzatillaeva – Toshkent shahri, Olmazor ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf oʻquvchisi;
➡️Malika Khojamuratova –Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati 9-sinf oʻquvchisi;
➡️Solikha Dagarova – Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 11-sinf oʻquvchisi;
➡️Durdona Akramova – Jizzax viloyati, Jizzax shahri, 1-IMI, 10-sinf oʻquvchisi.


➡️Natijalar quyidagi havolada.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🏆4👍2
“Intention Academy” o’quv markazi 281 million soʻmlik navbatdagi subsidiyani qo’lga kiritdi

🔗Subsidiya “Intention Academy”ga eksportyor kompaniyaga 10 nafar yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab bergani uchun taqdim qilindi.

🏷IT taʼlim rezidentlari diqqatiga, Siz ham "IT talents" dasturidan foydalanib har bir bitiruvchingiz uchun 35 million soʻmgacha subsidiya olishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Buning uchun:
CRM platformasiga o’quvchilaringiz haqidagi maʼlumotni kiriting;
uzbekcoders.uz saytidagi mehnat bozori tahlillari bilan tanishib, o'quv kurslaringiz qatoriga eng talabgir yo'nalishlarni qo'shing;
Qolaversa, Sizdan subsidiya olish uchun IT eksportyorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ular talablari asosida kadrlarni tayyorlash soʻraladi;
Eksportyor kompaniyalar roʻyxati bilan quyidagi havolada tanishing.


💻Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi xodimlari sizga o‘quvchilar va ish beruvchi o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashda ko‘mak beradi.

🤙Murojaat uchun: (71) 203-03-43 (104)

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Bepul oʻqib, ish oʻrniga ega boʻling!

🏷"Itransition"- xalqaro IT-kompaniyasi malaka oshirish va keyinchalik ishga qabul qilish qilish amaliyotini taklif qilmoqda.

Treninglar quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
➡️ PHP
➡️ ASP.NET Core MVC/C#

⚜️Darslar onlayn tarzda 9 hafta davomida oʻtkaziladi. Ishtirok etish mutlaqo bepul.

📊Dastur talablarini muvaffaqiyatli bajarganlar ishga joylashish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin.

Kursga yozilish uchun:
➡️dastlab tanlov testidan o'tish hamda
➡️kerakli ta'lim yo'nalishini ko'rsatgan holda rezyumelarni [email protected] manziliga yuborish yoki
➡️veb-sayt orqali so'rov qoldirish mumkin.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Digital.uz
⚙️ Cyber University – O‘zbekistonning raqamli kelajagiga yo‘l ochuvchi zamonaviy oliy ta’lim muassasasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ–14-sonli qaroriga asosan, Cyber University tashkil etildi.

Universitetning bosh maqsadi — xalqaro raqobatbardosh, innovatsion fikrlaydigan va amaliy ko‘nikmaga ega kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlashdan iborat.

Ta’lim yo‘nalishlari (Bakalavriat):

Kiberxavfsizlik injiniringi
Kompyuter injiniringi
Dasturiy injiniring
Yurisprudensiya
Menejment
Iqtisodiyot

💻 Talabalar uchun imkoniyatlar:

2025/2026 o‘quv yili uchun 100 ta davlat granti
Stipendiyalar — sanoat hamkorlari va Innovatsion rivojlanish kengashi ko‘magida

O‘quv jarayonining xususiyatlari:

• 1 yil Foundation, 3 yil asosiy ta’lim
• Ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi
• Kredit-modul tizimi asosida o‘qitish
• Amaliyot IT kompaniyalari va texnoparklarda tashkil etiladi.


🌐 Xalqaro hamkorlik:

Cyber University AQSH, Xitoy, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Ilg‘or ta’lim dasturlari va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.

📍Joylashuv: Universitet Toshkent viloyati, Nurafshon shahri.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥61
Forwarded from Digital.uz
🔵 Xorazmda Vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatining IT Park filialida xorazmlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda oliy ta'lim muassasalari talabalari, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasida tahsil olayotgan o‘quvchilar hamda IT sohasiga qiziquvchi boshqa yoshlar ishtirok etdi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Raqamli texnologiyalar vaziriga murojaat qildilar. Vazir tomonidan yoshlarning barcha savollariga to‘liq javob berildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/51447

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1🤡1
Forwarded from Digital.uz
Vazir "Web Master Challenge" tanlovi g‘oliblarini taqdirladi

⚜️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi o‘quvchilari o‘rtasida “Web Master Challenge” tanlovi tashkil etildi.


Tanlov web-dasturlash bo'yicha tashkil etilgan bo‘lib, unda o‘quvchilarning dasturlashdagi kreativligi, toza va sifatli kod yoza olishi, ishlanmalarining funksionalligi baholandi.

Tanlov natijalariga ko'ra:

➡️1-o'rin Alibek Allaberganov, Shovot tumani 9-sinf o'quvchisi
➡️2- o'rin Shoxrux Shokirov, Urganch shahar 11-sinf o'quvchisi
➡️3- o'rin Amirxon Bobojonov, Yangiariq tumani, 10-sinf o'quvchilari g'olib deb topildi.


💡G'oliblarni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov sovg'alar bilan taqdirladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
2025/07/10 22:41:48
Back to Top
HTML Embed Code: