Telegram Web Link
Forwarded from Rustam Karimjonov
“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi doirasida 325 mingdan ortiq yoshlar IT kurslarni bepul oʻqib, sertifikatga ega boʻlishdi

⭐️Oxirgi 5 oy davomida “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqalii 500 mingdan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tdi.

↗️ Eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari Samarqand, Qashqadaryo hamda Fargʻona viloyatlarida kuzatilgan.

⭐️Shuningdek, ushbu loyihada ishtirok etgan qizlar ulushi 51 foizdan oshganini ham kuzatish mumkin.

Uzbekcoders.uz platformasida bepul taqdim etilayotgan onlayn kurslar hamda loyiha haqida oʻz fikringizni izohlarda qoldiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🤝 Qatar bilan raqamli va investitsion hamkorlik mustahkamlanmoqda

📅 Raqamli texnologiyalar vazirligida Qatarning MBK Holding kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibida ijrochi direktor janob Avinash Deshpande, strategik rivojlanish direktori Yazen Kush hamda departament direktori Jasim Al Ejji ishtirok etdi.

🏛 Tashrif davomida mehmonlarga O‘zbekistonning rivojlangan raqamli infratuzilmasi tanishtirildi. Ular Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park va UZINFOCOM – yagona raqamli integrator faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, MYID Vision va MYID Palm kabi biometrik identifikatsiya tizimlari hamda raqamli davlat boshqaruvi bo‘yicha ilg‘or yechimlar namoyish etildi.

📌 Uchrashuvda raqamli ta’lim, startap, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi sohaga tegishli bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

🏢 MBK Holding — 1969‑yilda Dohada tashkil etilgan oilaviy tashkilot bo‘lib, raqamli texnologiyalar, yuqori texnologiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan. Kompaniya yosh tadbirkorlar va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga kuchli e’tibor qaratadi.

💬 MBK Holding tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga katta qiziqish bildirildi:
🔹 O‘zbekistonning raqamli ekotizimi va startaplariga investitsiya kiritish
🔹 Qatar raqamli yechimlarini integratsiya qilish
🔹 Qatardagi kompaniyalar uchun O‘zbekistondan IT mutaxassislarini yollash

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxmat ixlosmandlari diqqatiga!

🏷Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida joylashgan "IT shaharcha"da 18-iyun kuni shaxmat boʻyicha Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi kubogi musobaqasi o‘tkaziladi.

⚜️G‘oliblarni esdalik sovgʻalari kutmoqda!

🎯Ishtirok etis uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
➡️ https://forms.gle/PWx8qWyF6piJnJtf6

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.edu IT Career
🎯 “Dolzarb 90 kun” doirasida tashkil etilayotgan Yozgi kasblar” to‘garaklari uchun mentorlar jalb etilmoqda!

Hurmatli IT sohasi mutaxassislari!

📣 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida raqamli savodxonlik va ijodkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan “Yozgi kasblar” loyihasi uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va tajribasini o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lgan mentorlar (ustozlar) jalb etilmoqda:

🔹 Dasturlash (Programming)
🔹 Veb-dizayn (Web Design)


Agar Sizda ushbu sohalarda tajriba va yoshlar bilan ishlash istagi bo‘lsa — biz aynan Sizni qidirmoqdamiz!

📩 Ariza topshirish uchun blankani to‘ldiring:

Yosh avlodga bilim ulashish – bu eng sharafli ish!

@digitalitvacancy
2025/07/04 15:24:42
Back to Top
HTML Embed Code: