Telegram Web Link
Forwarded from Digital.uz
📌“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari uchun Forum hamda soha faoliyati yarmarkasi o‘tkazildi

🌟 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida 2025-yilgi tanlov g‘olib stipendiatlari uchun Forum tashkil etildi.

Forumda mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularni samarali davom ettirishda iqtidorli yoshlarning o‘rni hamda jamg‘arma va vazirlik o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


🔠Shuningdek, stipendiatlarga xorijda o‘qish va yashash tartib-qoidalari, ta’limdan keyingi majburiyatlar haqida batafsil tushuntirish berildi. Ularni Vatanga sadoqatli, milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashuvchi, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk va vatanparvar kadrlar sifatida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/85015

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
🎓 Kelajak kasblarini o‘rganish uchun eng qulay vaqt - hozir. 6 oyda zamonaviy kasb va real daromad!

🚀 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” grant dasturi siz uchun katta imkoniyatni taqdim etmoqda!

📌 Dastur quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beradi:
🔹 3D Modellashtirish
🔹 VFX Compositing
🔹 Animatsiya
🔹 O‘yin dizayni va GameDev asoslari
🔹 Digital Art
🔹 FX Simulation
🔹 Cinema 4D
🔹 Unreal Engine


Sizni nimalar kutmoqda?
Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimlar
Yetakchi mutaxassislar bilan amaliy mashg‘ulotlar
Netvorking va kelajakdagi hamkasblar davrasiga qo‘shilish

📍 Ta’lim shakli: oflayn + onlayn (Toshkent shahrida)
Davomiyligi: 6 oy

📝 Tanlov bosqichlari:
1️⃣ 20 daqiqalik onlayn test
2️⃣ Portfolio topshirish
3️⃣ 5 daqiqalik suhbat


💡 O‘z orzuyingizdagi kasbni tanlab, ijodiy dunyoda yangi imkoniyatlar eshigini oching!

👉 Ariza topshirish: CreativeTech.uz

📢 Yangiliklar: @creative_tech_official
2👍1
"Texnoplov" blogi “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumining media hamkori bo'ldi

Texnoplov blogi asoschisi Sa’dulla Abdullayev va "Profsoyuz" blogerlar hamjamiyati a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida
Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan IT loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi uchun media hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Kelgusida esa Profsoyuz texno-blogerlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli ta’lim loyihalarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Ushbu hamkorlik orqali raqamli ta’limni rivojlantirish va IT imkoniyatlarini yoshlar orasida keng yoyish rejalashtirilmoqda.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥75💘1
2025/10/26 08:21:37
Back to Top
HTML Embed Code: