Telegram Web Link
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun saralash imtihonlari o‘takazildi

📖 Xorazm viloyatining 13 ta tumanida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash bo‘lib o‘tdi.

💠 Loyihada ishtirok etish uchun 4 460 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ular matematika va mantiqiy fikrlashga oid testlarni topshirib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakunda eng kuchi 700 nafar o‘quvchi loyhaga saralab olinadi va iqtidorlilar 4 yil davomida ingliz tili va ITni bepul o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🚀Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2
2026-yil — Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili deb belgilandi

⚜️Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va tadbirda Prezident 2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili deb nomlanishini taʼkidladi. Qolaversa, davlat rahbari ta’lim sohasiga oid qator muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

⬇️Xususan, quyidagilar ta’kidlandi:
➡️xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot va “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma taʼlim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
➡️o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng joriy etishi uchun 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit asosida kompyuter xarid qilish imkoniyati yaratiladi;
➡️kelgusi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovlari 2 baravar kamaytiriladi.


Shu bilan birga, iqtisodiyotga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yo‘nalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelayotgani aytib oʻtildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Farg‘onadagi "IT-shaharcha"ga press-tur tashkil etildi

🏷Markaziy va hududning yetakchi tahririyatlari hamda telekanal muxbirlari ishtirokida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “IT-shaharcha”ga press-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida jurnalistlarga “IT-shaharcha” faoliyati haqida taqdimot qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, mehmonlar yoshlar uchun tashkil etilgan dasturlash, grafik dizayn, 3D printing va robototexnika kurslaridagi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. O‘quvchilar robototexnika darslarida yaratgan “aqlli uy” va “aqlli issiqxona” qurilmalarini namoyish etishdi.

Press-tur doirasida robototexnika bo‘yicha kichik musobaqa ham tashkil qilindi. Unda o‘quvchilar 15 daqiqa ichida harakatlanuvchi mashina qurilmasini tayyorlab, maxsus yo‘lakchada harakatlantirib ko‘rsatishdi.


🔗O‘quvchilarning 3D printerda maket loyihalashdagi ishlari, xorijiy tillarda ravon muloqot qilishi va dasturlash bo‘yicha dastlabki yutuqlari jurnalistlarda iliq taassurot qoldirdi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥97
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Yandex Cup 2025 uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Yandex bu yil sakkizinchi marotaba xalqaro dasturlash musobaqasi Yandex Cup 2025ni o‘tkazadi. Dunyodagi eng kuchli dasturchilar umumiy 140 ming dollar mukofot jamg‘armasi uchun bellashadi.

🏆 Final bosqichi 5–7 dekabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda Istanbul dunyoning 180 nafar eng yaxshi dasturchi va ML mutaxassislariga mezbonlik qiladi.

📌 Musobaqa 6 yo‘nalishda tashkil etiladi: Data Analytics, Frontend, Backend, Mobile Development, Machine Learning, Algoritmlar (competitive programming)

Machine Learning va Algoritmlar bo‘limlari ingliz tilida o‘tkaziladi, bu esa global ishtirokni ta’minlaydi.

🗓️ Muhim sanalar:
20–29 oktabr: sinov bosqichi (ML’dan tashqari barcha yo‘nalishlar uchun)
2 noyabr: asosiy saralash
15 oktabr – 5 noyabr: ML yo‘nalishi uchun saralash

📍 Ro‘yxatdan o‘tish 29 oktabrgacha (ML yo‘nalishi uchun 5 noyabrgacha) davom etadi.

2011 yildan beri Yandex dasturlash bo‘yicha xalqaro musobaqalarni tashkil etib keladi.

O‘tgan yili 90 mamlakatdan 20 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan, final esa Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.

👉 Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

https://yandex.ru/cup/

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦 #Biz_haqimizda

“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi mehnat bozorida eng talabgir bo‘lgan IT mutaxassislarini tayyorlaydi


📖 “Muhammad Al-Xorazmiy vorislar” loyihasi Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 7–11-sinf oʻquvchilari uchun bepul ingliz tili va IT ta’limini taqdim etadi.


⚜️Loyiha butun respublika bo‘ylab 50 ming nafar yoshni bepul o‘qitishni maqsad qilgan.

💠 “Farovonlik sari” dasturi Xorazmdagi ushbu loyihaning o‘quv jarayonlari, dastlabki natijalari va yoshlarning muvaffaqiyatlari haqida batafsil hikoya qiladi.

🚀Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
“Maʼlumotlar tahlili” asoslari boʻyicha bepul vebinarlar oʻz yakuniga yetdi

📖 Avvalroq, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi Armanistonning yetakchi IT akademiyalaridan biri “Armenian Code Academy” bilan hamkorlikda “ACA Navigator II” loyihasini boshlagan edi.

Loyiha doirasida 660 dan ziyod arizalar qabul qilindi va ishtirokchilar ma’lumotlar tahlilining mazmuni, ahamiyati, ma’lumotlar bilan ishlash asoslarini hamda tahliliy uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirdilar.

⚜️Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar — Otabek Askarov (Hisobot bo‘yicha mutaxassis, RWE) va Davron Japporov (InHunter rekruting kompaniyasi rahbari) tomonidan olib borildi.

Vebinarlarda muvaffaqiyatli ishtirok etganlarga sertifikatlar topshirildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
2025/10/27 06:50:46
Back to Top
HTML Embed Code: