“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi boʻlib oʻtdi
💻 “ICTWEEK Uzbekistan-2025” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida bir qator yirik tadbirlar, jumladan, AT sohasida ta’lim olayotgan yoshlar va raqamli ta’lim sohasi vakillari uchun “Raqamli taʼlimda sunʼiy intellekt” forumi o‘tkazildi.
✅ Forum davomida sun’iy intellektning ta’lim jarayonlariga kiritayotgan ulkan o‘zgarishlari, global mehnat bozoridagi tendensiyalar va yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish zarurati haqida turli mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirdilar.
⚜️ Shu bilan birga, forumda Xalqaro informatika olimpiadasi sovrindorlari hamda murabbiylari, axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlayotgan oliy taʼlim muassasalari, faol xususiy AT akademiyalar hamda jurnalist va blogerlar taqdirlandi.
🏷 Shuningdek, raqamli ta’limning ishonchli hamkorlari Uzum, Huawei, Yandex Uzbekistan, Ucell, Armenian Code Academy, Coursera, IT Park raqamli taʼlim sohasidagi islohotlarda yaqindan yordam berib kelayotgani hamda soha rivojiga qoʻshgan hissasi uchun mukofotlandi.
❗️Ma’lumot oʻrnida, “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi media hamkori Texnoplov va Profsoyuz agentligi hisoblanadi.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
❗️Ma’lumot oʻrnida, “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi media hamkori Texnoplov va Profsoyuz agentligi hisoblanadi.
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1
Armanistonning “Armenian Code Academy” AT akademiyasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
📖 Kecha 24-sentabr kuni ICTWEEK Uzbekistan 2025 doirasida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Armenian Code Academy” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⚜️ Hamkorlik doirasida yoshlar o‘rtasida AT sohasini yanada ommalashtirish, xizmatlar eksportini oshirish maqsadida xalqaro darajada mutaxassislarni tayyorlash koʻzda tutilgan.
🔗 “Armenian Code Academy” Armanistonda 10 yildan beri oʻz faoliyatini olib borayotgan taʼlim markazi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar dasturlash, maʼlumotlar tahlili va boshqa yoʻnalishlarda 17000 nafardan ziyod bitiruvchilarga ega.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Belarus davlat telekommunikatsiyalar akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
🏷 24-sentabr kuni ICTWeek Uzbekistan 2025 haftaligi doirasida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Belarus davlat telekommunikatsiyalar akademiyasi rektori Andrey Zenevich o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga, xususan:
➡️ raqamli ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
➡️ professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
➡️ innovatsion tadqiqot va ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash;
➡️ telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishida kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan.
✅ Memorandum ta’lim aloqalarini mustahkamlash hamda zamonaviy texnologiyalar asosida raqamli iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga, xususan:
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Uzum 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro informatika olimpiadasini qo‘llab-quvvatlaydi
⚜️ Bu haqda 24-sentabr kuni ICTWeek Uzbekistan 2025 haftaligi doirasida oʻtkazilgan “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi doirasida soʻzga chiqqan Uzum E-com HRDʼsi Vera Dianova taʼkidladi.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
✅ "Xalqaro informatika olimpiadasini qo‘llab-quvvatlash mamlakat kelajagi uchun sarmoyadir. Biz iqtidorli o‘quvchilarimizning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz va 2026-yilda olimpiada ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishidan mamnunmiz. Ko‘pchilik yigit-qizlar uchun bu IT sohasidagi bilim va iste’dod eng yuqori darajada tan olinishi mumkinligining isboti bo‘ladi. Biz, o‘z navbatida, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz, chunki aynan ular ertaga raqamli iqtisodiyotni rivojlantiradi va innovatsiyalarni yaratadi", — dedi u.
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Lumora xakatoni: ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 2 kun qoldi!
⚜️ Real IT loyihalar ustida ishlashga qiziquvchi barcha yoshlarni Lumora xakatoniga taklif qilamiz. Xakatonda ishtirokchilar berilgan 2 ta keys bo‘yicha MVP ishlab chiqishlari lozim bo‘ladi.
Hududiy bosqichlar:
🗺 Toshkent – 28-sentabr
➡️ Ariza topshirish
🗺 Namangan – 28-sentabr
➡️ Ariza topshirish
🗺 Farg‘ona – 28-sentabr
➡️ Ariza topshirish
🗺 Buxoro – 27-sentabr
➡️ Ariza topshirish
🗺 Jizzax – 28-sentabr
➡️ Ariza topshirish
❗️ Maʼlumot uchun, hududiy bosqich g‘oliblari respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qoʻlga kiritadi.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
➡️ Kimlar ishtirok eta oladi: Namangan, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona va Toshkentda istiqomat qiluvchi yoshlar.➡️ Ishtirok shakli: 4-5 kishilik jamoa yoki yakka tartib.➡️ Roʻyxatdan oʻtish uchun soʻnggi muddat: 26-sentabr.
Hududiy bosqichlar:
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli ta’limda sun’iy intellekt: gʻoyadan natijagacha
💻 AKT haftaligi doirasida boʻlib oʻtgan forumda xalqaro ekspertlar hamda Oʻzbekistonning yetakchi kompaniyalarida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar tomonidan chiqishlar boʻldi.
😉 “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumini Youtube kanalimizda toʻliq talqinda tomosha qilishingiz mumkin.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3🏆3🤗3🤓1
Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
🗣️ Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi AT ta’lim bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, joriy etilgan dasturlar, xalqaro sertifikatlar hamda malakali mutaxassislarni tayyorlayotgan AT ta’lim markazlari tarmog‘i haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ekotizimning AT mutaxassislarining rivojlanishi va munosib rag‘batlantirilishini qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlandi.
Microsoft jamoasi mazkur tashabbuslarga katta qiziqish bildirdi. Ular bugungi kunda O‘zbekistonda yuqori malakali AT mutaxassislari shakllanganini qayd etib, hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Oracle Cloud kompaniyasining Markaziy Osiyo, Markaziy Yevropa va Balqon bo‘yicha sotuv direktori Kristian Obando bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv O‘zbekistonda raqamli ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, universitetlarda Oracle Academy dasturlarini joriy etish, o‘qituvchilar uchun bepul trening va resurslarni taqdim etish, Oracle University orqali raqamli o‘quv yo‘nalishlari va sertifikatlarga kengroq kirish imkonini yaratadi.
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3
