Telegram Web Link
https://www.tg-me.com/diyorbekegamovblog/152

https://www.tg-me.com/diyorbekegamovblog/153

Mana shu ikkita postni o'qib chiqsangiz, savollaringizga javob topasiz, InshaAllah.

Lekin, men paper based SAT topshirganman. Hozir esa O'zbekiston hududida faqat Digital SAT topshirish mumkin. Ikkalasi format jihatidan biroz farq qiladi, lekin Digital SAT ga ham Khan academy orqali tayyorlansa bo'ladi.

@diyorbekegamovblog
Tavsiya etilgan 200 ta kitob (Hasanxo'ja Muhammad Sodiq).pdf
122.6 KB
Anchadan beri o'zbek tilida nashr qilingan va "O'qilishi shart bo'lgan" kitoblar ro'yxatini tuzishni reja qilib yurgan edim. Va nihoyat, ushbu ishni bugun Allohning izni ila tugatishga muyassar bo'ldim. Ushbu ro'yxatdagi kitoblarni barchasini o'qib chiqishni tavsiya qilgan bo'lar edim. Albatta, ushbu ro'yxatga kira olmagan juda ko'plab yaxshi kitoblar mavjud, ammo shaxsiy tajriba va ustozlar maslahatiga ko'ra shunday yakunlashga qaror qildik.

Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda va barakali qilsin, amiyn !

Hurmat bilan, duolaringizga umidvor bo'lgan Hasanxo'ja Muhammad Sodiq.

P.s. Ushbu ro'yxatdagi kitoblar ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun yaqinlaringiz bilan ulashishingizni so'rab qolamiz.

P.s.s. Bu ro'yhat yaqinda qayta shakllantiriladi...
Amerika - O'zbekiston o'yiniga biletlar narxi emish. O'yinga borishni niyat qilganlarni o'ylantirib qo'yadigan summalar ekan...

P.S O'zi menga stadiondagi shovqin yoqmaydi.... Sport TV zo'r👍😁

@diyorbekegamovblog
#hayotiy

"Adolat" partiyasining dasturi bilan tanishib chiqdim, feminizm, gender tengligi kabi juda dolzarb masalalar ko'tarilibdi. Menga yoqqani uchun ovoz bermoqchi edim, qarasam nomzod ayol kishi ekan.....

©️ @shokhrukhs_diary


@diyorbekegamovblog
#survey

Is anybody going to ASU this year?👀
#Alhamdulillah

What color is your driver's license, Bobur?

@diyorbekegamovblog
#futbol
Neymarning Saudiyada bir yillik maoshi va bonuslari emish. Bonuslarni o'ziga bizlarni butun chempionatni bervorsa kerak.

Shuncha pulga nechta maktab, shifoxona, masjid qursa bo'lardi demoqchi edim-u, o'zi Saudiyada bu narsalarga ehtiyoj bormikan?

P.S. Bizga shu Aston Martin DBX ham yetardi lekin.....

@diyorbekegamovblog
#futbol

Neymar noyabrda Namanganga kelarmish.....

@diyorbekegamovblog
Forwarded from BoburAkmalov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сиз буни кўришингиз керак🤪

Ота "МЮ" фанати, ҳа, айнан фанат! Ўғил эса "Арсенал" фанати. АПЛнинг марказий ўйинидаги драматик воқеаларга ота-боланинг турлича реакциялари

Ва икки фанатнинг эмоционал ҳолати ва жазаваларини тушуниб-тушунмай ўртада ҳалак юрган қизалоқ😁

@boburakmalov
Forwarded from eResearch - Iqtisodiyot
#arxiv

Dollar kursini davlat belgilaydimi yoki bozormi?

Bu tanlangan valyuta kursi rejimiga bog'liq. Har bir o’z valyutasiga ega bo’lgan mamlakat valyuta kursi rejimini tanlashi kerak bo’ladi. Bunday rejimlar davlatning valyuta ayirboshlash bozoridagi ishtiroki ko’lamiga qarab

- o’rnatilgan valyuta kursi va
- erkin valyuta kursi turlariga bo’linadi.

O’rnatilgan (o’zgarmas) valyuta kursi rejimini tanlagan davlatlar kursni biror-bir boshqa valyutaga nisbatan (masalan, AQSH dollariga) belgilangan me’yorda ushlab turish maqsadida bozorga kerak paytda kirib borib valyuta ayirboshlash ishlarini olib boradilar. (Ya'ni dollarga talab oshib ketsa erkin bozor sharoitida dollar kursi ko'tarilishi kerak, lekin bunga yo'l qo'ymaslik uchun davlat dollar taklifini oshirish maqsadida ko'proq dollar sotadi va natijada kurs bir me'yorda qoladi.)

Erkin valyuta kursi rejimida esa davlatning bu bozorga aralashuvi minimal darajada bo'lib kurs tebranishi talab va taklif o'zgarishiga qarab erkin holda kechadi.

Har bir rejim o’zining yutuq va kamchiliklariga ega. O’rnatilgan kurs barqarorlikni ta’minlaydi, ammo ba’zida davlatga qimmatga tushishi mumkin. Erkin kurs rejimi esa hech qanday xarajatni talab etmaydi, lekin tebranish darajasi katta va beqaror, biznes kelajakni bashorat qilishga qiynaladi.

@eresearch_iqtisodiyot
#joke

ASU Arizonadagi eng zo'r universitet desam ishonmaysiz ey, Asadbek bro.

@diyorbekegamovblog
#observation

Odamlarimiz konstruktiv argument qilishni o'rganib olishsa yaxshi bo'lardi. Birovning shaxsiyatiga aralashmasdan shunchaki fikrlar to'qnashuvi orqali ham har qanday savolga javob olsa va masalani tezda hal qilsa bo'ladi. Keyin, vatanparvarlik deganda aynan nimani tushunishimizni ham o'ylab ko'rish kerak.


P.S Xatoni shunchaki tan olish ham mumkin, kimningdir fikr bildirish huquqiga tahdid qilmasdan, mavzudan uzoqlashmasdan turib, yana bilmadim.

@diyorbekegamovblog
#useful #economics


"Uzbekonomics" loyihasini eshitgandirsiz. Iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Kobilovlarning iqtisod va boshqa mavzular haqidagi podkasti. Yaqinda ular Prezident bilan uchrashdilar va shu uchrashuv taasurotlari haqida juda foydali podkast uyushtiribdilar.


"Vatan bizda bitta" (c)

"O'zbekistonning eng katta boyligi - o'zbekistonliklar" (c)

"Chet elda o'qiyotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz jamiyatimiz uchun foydali" (c)

Xullas, quyidagi suhbatni tinglang, menga juda yoqdi.

https://youtu.be/0cNgGpg_I6s?si=Dr12gtD3UDqZqSO8
#survey

Any book recommendations?
😁😁😁
⚡️“Эл-юрт умиди” жамғармаси илғор хорижий давлатлар нуфузли университетлари ва илмий марказларида бакалавриат, магистратура ва докторантурада таълим олиш учун 345 ўринга мўлжалланган 2023 йилги 2-очиқ стипендия танловини эълон қилади!

- бакалавриат таълим дастури учун 22 ўрин,
- магистратура таълим дастури учун 193 ўрин,
- докторантура таълим дастури учун 130 ўринга стипендиялар ажратишини маълум қилади.

📩Стипендия танловига номзодлар ҳужжатларини қабул қилиш жорий йилнинг 10 октябридан 10 ноябрига қадар, республиканинг барча ҳудудлари вакиллари учун ягона тартиб ва тенг имконият асосида, онлайн режимда ва электрон тарзда қабул қилинади.

Батафсил : https://eyuf.uz/site/event?id=68

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/07/06 15:11:33
Back to Top
HTML Embed Code: