This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayotiy
Barcha imtihonlardan yiqilganimni bilib, sog'likdagi va shaxsiy hayotdagi shuncha muammolarim bo'lib turib Real Madridni g'alabasini ko'rgan men:
@diyorbekegamovblog

#free_palestine #video
Dunyoda hali yaxshilik bor, yaxshilar bor. Demak hali umid bor.
@diyorbekegamovblog
Dunyoda hali yaxshilik bor, yaxshilar bor. Demak hali umid bor.
@diyorbekegamovblog
#hayotiy
Class lardan o'zimga kerakli ball olish uchun yakuniy imtihonlardan eng kamida nechi foiz ishlashim kerakligini hisoblab o'tirgandim. Bitta fandan 147 foiz ishlashim kerak ekan💣
@diyorbekegamovblog
Class lardan o'zimga kerakli ball olish uchun yakuniy imtihonlardan eng kamida nechi foiz ishlashim kerakligini hisoblab o'tirgandim. Bitta fandan 147 foiz ishlashim kerak ekan
@diyorbekegamovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat #wishlist
Men sayohat qilishni eng ko'p orzu qiladigan davlat bu-Eron. Menimcha, u yerdagi hozirgi siyosiy holat o'zgargach eng ko'p sayyohlarni jalb qiladigan davlatlardan biriga aylanadi.

#education
Ko'p kutilgan, foydali yangilik bo'ldi, menimcha. O'qishga kirishdan ko'ra uni bitirish qiyinroq bo'ladigan kunlarga ham oz qoldi deb o'ylayman. O'zgarishlar davomiy bo'ladi degan umiddaman.

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Talabalar protestlarni AQShni o’zgartirishmoqda. Bugungi New Yorker muqovasi.
Asna Tabassum - bitiruv sinf valedoktorian (eng yaxshi bitiruvchi) edi Janubiy Kaliforniya Universitetida (USC), u so’zga chiqmasligi uchun, universitet katta bitiruv marosimini o’tkazmadi. Bugungi kichik marosimdan lavha - talabalarga qarang. Asnaning nutqi gazetada.
Falastinlik Elyanna kecha Stepen Kolbertning “Late Show”da chiqdi.
Eng muhimi - AQSh xujumkor qurollarni Isroilga sotishni to’xtatib turibdi.

Forwarded from Hamid Sodiq | Rasmiy kanal
Юло_Вооглайд_Ватандошлик_дастури.pdf
32.2 MB
#mutolaa
📚 «Vatandoshlik dasturi» kitobining tarjima ishlari tugagandan keyin muallif Yulo Vooglayd bilan bog‘langanimizda, u kishi kitobning elektron nusxasi tekin tarqatilishi lozimligini ta’kidlagan edi. Biz ham kitobni iloji boricha ko‘proq odam o‘qishini istaymiz. Bugun kitobning elektron nus'hasini kanalga joylayapmiz. Marhamat, o‘qing va erkin fikrlash ko‘nikmalaringizni oshiring!
Hurmat bilan Hamid Sodiq
@Hamid_Sodiq

#futbol
Asalni ham ozi shirin.
Real madrid chempionlar ligasini ko'p yutaverganidan hissiyotlar bilan nishonlamaydigan bo'lib ketyapman.
Mayli Madridistalar hammani tabriklayman.

Cristiano is the biggest example of " you either die a hero or live long enough to see yourself become the villain".
@diyorbekegamovblog
Cristiano is the biggest example of " you either die a hero or live long enough to see yourself become the villain".
@diyorbekegamovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#video #fikr
Mana nima uchun kitob ko'p o'qish kerak. Kitob o'qish ayniqsa badiiy asarlar insonning tasavvurini kengaytiradi. Siz kitob o'qish orqali dunyoni kezishingiz hamda bir vaqtning o'zida bir nechta hayotni yashab o'tishingiz mumkin. Kitob o'qish nafaqat bilim olish va fikrlashni oshirish, balki vaqtni maroqli o'tkazish vositasi hamdir. Bu borada u instagramdagi qisqa videolardan ham ancha qiziqroq mashgʻulotligi aniq.
Kinofilmlarda esa bu imkoniyat tabiiyki cheklangan, chunki badiiy asarlar asosida yaratilgan filmlar qanchalik muvaffaqiyatli chiqmasin, kitobdan oladigan taassurotlarning yarmini ham bera olmaydi. Qolaversa film ko’rish jarayonida siz tasavvur olamingizni deyarli ishga solmaysiz, chunki barcha ishni siz uchun rejissyor amalga oshirgan bo’ladi, masalan “Harry Potter” dagi Hogwarts saroyini har bir kitobxon o'zicha tasavvur qiladi, filmda esa bu ishni barcha uchun ijodkorlar qilishga majbur.
Madina va Makkaga borish esa hammamizga nasib qilsin.

#subyektiv #long_read
Orzularing o’zingnikimi?
Bir video ko’rib qoldim, qizlardan mahrga nima xohlashlari so’ralganda deyarli hammasi “gelik” ( Gelandewagen) deb javob bergan. Albatta, mahrning chegarasi yo’q, har kim xohlaganini so’rayveradi, ularning tanlovini muhokama qilmoqchimasman, bunga haqqim ham yo’q.
Meni ajablantirgani hammaning javobi bir xil ekani. Nega aynan gelik? Bu faqat qizlardamas, yigitlarning ham ko'pchiliki "boyib ketsam birinchi navbatda qop-qora gelik olaman" degan niyatda yurishadi. Ya'ni hammaning orzusi hayratlanarli darajada o'xshash, yo'qsa bunday savolga hammaning bir xil javob berish ehtimoli qancha?
Bu yaqinda, ijtimoiy tarmoqlar davrida yuzaga kelgan holatmas, menimcha. Biz o'zi bolalikdan hammamiz bir xil bo’lishga o’rgatilgandekmiz. Esimda 6-sinf paytimiz sinfdagi o’g’il bolalarning 90 foizi kelajakda harbiy bo’lishni orzu qilishlarini aytgandi. 10-sinfdagilar uchun asosiy maqsad esa IELTS dan 8 yoki 8.5 olish( albatta IELTS juda foydali, lekin ko’pchilikka 6.5 olish yetadi, 8 va undan yuqorisi esa shunchaki status uchun harakat qilishayotgandek, nazarimda.)
Menda ko'p savollar bor:
Nimaga bizda deyarli hech kim Audi yoki Porsche orzu qilmaydi?
Nimaga o'shanda sinfimizda hech kim kelajakda astronavt yoki rassom bo'laman demagan?
Nimaga chet el sayohati deyishsa bizda faqat Turkiya va Dubayni tushunishadi?
Nahotki hech kimda noodatiyroq orzular yo'q bo'lsa?
Bu savollarning javobi, menimcha, biz boshqalarning fikriga ortiqcha ahamiyat berib yuboramiz. Boshqalarning nazdida obro'li bo'lgan oliygohga kiramiz, ular ko'p maqtaydigan mashinani olmoqchi bo'lamiz va hkz. Aslida, bizni umuman boshqa narsalar baxtli qilishi mumkin. Ammo, biz baxtli bo'lishdan ko'ra boshqalar bizni baxtli deb o'ylashini ko'proq xohlaymiz.
Shuning uchun ham o'zimizniki bo'lmagan orzular uchun juda ko'p resurslarni ( pul, energiya va eng muhimi vaqtni) bekorga sarflab yuboramiz. Aslida hayot biz o'ylagandan osonroq bo'lishi mumkin, shunchaki quyidagi savolni o'zimizga tez-tez berib turishimiz kerak:
Orzularim o'zimnikimi?

#sport #long_read
Davlatning sportga e'tibori medallar soni bilan o'lchanishi kerakmi?
O'zbekiston o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan olimpiya o'yinlari ham tugadi. Medal qo'lga kiritgan sportchilarni mukofotlash haqidagi bahslar esa hali tugagani yo'q. Bu bahslarning oshishiga esa yaqinda o'tkazilgan fan olimpiadasi sovrindorlariga bo'lgan munosabat ham turtki bo'ldi, nazarimda. Lekin, fan olimpiadalari haqida keyinroq, hozir davlatning sportga bo'lgan yondashuvi haqida yozmoqchiman.
Albatta, sportchilar shuncha yillik mehnatlari va bizga ulashgan cheksiz faxr tuyg'usi uchun munosib taqdirlanishi kerak. Lekin bizda bu mukofotlar sportchilarni rag'batlantirishdan ko'ra "ochko ishlash" ga ko'proq o'xshab ketadigandek. Masalan, har bir yirik turnirdan keyin "mana viloyat hokimimiz falon sportchiga mashina berdi, sportga bo'lgan e'tiborni qara, hokimlar ishlayapti..." kabi pafos jumlalar ko'payib ketadi.
Aslida, sportga bo'lgan e'tibor deganda, bolalar sportiga mablag'lar yo'naltirilishi, sportzallar va sport maktablari qurilishini tushunish kerak deb o'ylayman. Sport sohasidagi ma'sullar ham iste'dodlarning hech qanday to'siqlarsiz muhim turnirlargacha yetib borishiga javobgar bo'lish kerak. Ularning ishlariga baho ham aynan yaratilgan sharoitlar bilan berilishi kerak, olingan medallar soni bilan emas.
Ya'ni ma'sullar samarasi uzoq vaqtda ko'riladigan qora ishlarga ko'proq e'tibor berishi kerak, g'oliblarni taqdirlashni esa xususiy sektorning o'zi eplab oladi. Buni, Isroil Madrimovga, Razambek Jamalovga berilgan sovg'alar misolida ko'rdik. Mashhurlikka erishgan sportchilar reklama shartnomalari orqali o'zlarini eplay oladi, davlat byudjetidagi pulga esa sportzali yo'q maktabga qatnaydigan qishloq bolalari ko'proq muhtoj.
Milliy olimpiya qo'mitamiz ham sportchilarga sharoit yaratib berish, ularning formasi, jihozlari sharoitlariga ma'sul bo'lishi, musobaqa boshlangach esa hammamiz kabi oddiy tomoshabinga aylanishi kerak. Musobaqada qanday natija qo'lga kiritilishi ularga bog'liq emas. MOQ bu vazifani ortig'i bilan bajarganiga ishonaman.
Shuning uchun ham hozir sportga qanday e'tibor berilayotganiga 10 yillardan keyingina xolis baho bera olamiz, deb o'ylayman. Va umid qilamanki, 12 yildan keyingi olimpiadada natijalarimiz bundanda yaxshi bo'ladi.

#subyektiv
Mukofot pullari haqida
" Byudjet pullari shundogʻam biz bilmagan qancha joylarga bekor sarf bo'lyapti, sportchilarga berilgan arzimagan pulni muhokama qilasizlarmi? Hasad qilavermanglar... " qabilida e'tirozlarga ko'zim tushdi.
Birinchidan, biron bir noto'g'ri qaror boshqasini oqlamaydi. Sovrindorlarga berilgan sovg'alar ochiq e'lon qilindi, hamma yerda aylanyapti. Kimdir ko'zi tushib noroziligini bildirishi tabiiy. Odamlar xalq byudjeti ustidan nazorat o'rnatishga harakat qilishi quvonarli holat aslida. Kun kelib boshqa xarajatlar: Gullar festivali, davlat tomonidan ishlangan filmlar, san'atkorlarga sarflangan mablag'larga ham savollar ko'payishi va mas'ullarga bosim ortishiga ishonaman.
Ikkinchidan, har bir oltin medal uchun $200,000 ( uy va mashinalarni qo'shsa $300,000 dan oshadi) bizning iqtisodimiz uchun arzimagan pul emas. "Open budget" loyihasidan keyin xalqimiz bu summa eng muhim ehtiyojlarni qoplashga: maktab ta'miri, asfalt yotqizish kabilarga ishlatilishi mumkinligini tushunib yetdi, nazarimda. Ba'zi davlatlarda mukofot pullari bundan ham baland deyishingiz mumkin, lekin davlat YAIM ga nisbati bo'yicha bizlarnikichalik ko'rsatgich boshqa yo'q bo'lsa kerak.
Albatta, biz juda muhim yo'nalishlarga ham pul ajratyapmiz, masalan O'zbekiston YAIM ning aholi soniga nisbatida ta'limga eng katta foizda mablag' ajratadigan davlatlardan hisoblanadi. Bu kelajakda o'z mevasini berishi shubhasiz. Lekin, hozircha davlat byudjetidan qilingan har qanday xarajat muhokamaga sabab bo'laveradi. Bu holatni to'g'ri tushunishimiz, eng kamida bunday ulkan mukofot pullariga qarshilarni hasadgo'ylikda ayblashdan tiyilishimiz kerak.

#nazm #tavallud
Bugun sevimli shoirlarimdan biri Usmon Azim 74 yoshga kiribdi. Tabriklaymiz.
...Yo‘q, sizga hech yetmasin ozor,
Tushunaman-yillar, andisha...
Faqat sizga aytmovdim oshkor-
Siz yoqqansiz menga hamisha.
Usmon Azim

#dolzarb
Tekin pishloq qopqonda bo'ladi!
AIF degan kompaniya ochilibdi. Odamlarga oson pul ishlashda yordam berarkan. Kinolarga like bosib kuniga 30 US dollargacha ishlashingiz mumkin ekan. Xorazmda yaxshigina ommalashishga ham ulguribdi.
Kompaniya ( agar shunday atash mumkin bo'lsa) faoliyati piramidaga asoslangani yaqqol bilinib turibdi. O'zlaricha rasmiy kanallari, instagram sahifalari, maxsus telegram guruhlari ham ochishgan. E'lon qilingan postlaridagi 80 foiz so'zlar imloviy xato bilan yozilgan. Eng kulgulisi rasmiy shartnoma deb e'lon qilingan rasm shunchaki saytning ro'yxatdan o'tganligi haqidagi domain ma'lumotlari, xolos🤦♂
Nahotki xalqimizni aldash shunchalik oson bo'lsa? Nahotki odamlar soxtaligi kulguli darajada ravshan bo'lgan e'lonlarga ishonib ketaversa? 100 million foydalanuvchisi va Netflix bilan shartnomasi bor ekani da'vo qilingan kompaniyani shunchaki Google dan qidirib ko'rish hayollariga kelmadimikin?
Rostdan ham, aholi orasida moliyaviy savodxonlik juda past ko'rinadi. Odamlarimizning tanimagan odamlarga 500 USD o'tkazishi va passport ma'lumotlarini osonlik bilan berishi juda achinarli holat. Tanishlaringiz orasida mabodo kimdirda qiziqish bo'lsa iltimos ogohlantirib qo'ying. Tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.

#info #iqtisod
Moliyaviy piramida
Moliyaviy piramida haqida ilk bora maktab paytim Perelmanning “Qiziqarli matematika” nomli kitobida o’qiganman. Unda quyidagicha hikoya keltirilgan:
Bir kompaniya “50 dollarlik velosipedlarni 10 dollarga oling” mazmunida e’lon tarqatadi. Qiziqib borganlarga esa velosiped emas balki 5 ta kupon berilib, bularni tanishlariga 10 dollardan sotishlari va yig’ilgan pulga mahsulotni olishi mumkinligi aytiladi. 10 dollarga tanishlardan kupon sotib olganlar esa kompaniyaga borib uni 5 ta xuddi shunday kuponga almashtirishadi va ularga ham boshqalarga sotish orqali 50 dollar to’plash vazifasi qo’yiladi.
Bir qarashda, hech qanaqa tovlamachilik yo’q, rostdan ham hamma xaridorlar faqat 10 dollar xarajat evaziga velosiped olyapti, ikkinchi oqimdagilarda ham xuddi shunday imkoniyat, qizig’i kompaniya ham velosipedni to’liq narxida sotyapti, qisqasi hamma xursand. Lekin bu piramidaning boshlanishi, xolos. Faraz qilaylik, dastlab 10 kishi kompaniyadan kupon sotib oldi, ular velosiped olishi uchun kupon sotib olishga tayyor 50 ta kishi topilishi kerak, keyingi oqimda esa 250 kishi jalb qilinadi va hkz. Xullas, 7- oqimdagilar velosiped olishi uchun 781,250 ta qurbon topilishi kerak, bu esa deyarli ilojsiz. Muhimi, bu piramida qaysi bosqichda tugasa ham eng kamida xaridorlarning 4/5 zarar ko’radi chunki sxemaning mazmuni 4 kishi pul to’plab 5-insonga velik olib berishdan iborat.
O’zi siz olayotgan mahsulotga faqat ma’lum kishilar qiymat bera olishi yoki nimadandir foyda ko’rishning yagona yo’li buni boshqalarga sotish bo’lsa, bu piramida sxemasiga 1-signal bo’ladi. Yuqoridagi holatda sizga kompaniya 10 dollarga hech qanday qiymatsiz kupon sotyapti, qo’polroq aytganda sizni “ uxlatyapti”. Zarar ko’rmasligingiz uchun esa siz boshqani uxlatishingiz kerak. Aytishingiz mumkin, bizda ko’p narsa boshqalarga sotish uchun olinadi: mashina, uy. Farq shundaki, bu mahsulotlar sotilmay qolganda ham o’z qiymatiga ega: mashinani haydashingiz, uyda yashashingiz mumkin. Albatta, uylarni kelajakda qimmatlashishiga ishonib xarid qilinishi iqtisodiy pufakka sabab bo’lishi mumkin. Lekin, bu endi boshqa postga mavzu bo’ladi.