#travel
Los Angeles, California.
This city is a perfect blend of developed urban architecture and natural landscapes. So many iconic buildings and beautiful beaches.
Unfortunately, pictures don’t do justice to the beauty of those places, especially to the ocean.
@diyorbekegamovblog

#hayotiy
Mashhur faylasuf Suqrot aytganidek:
“Hayotda futboldan ham muhim narsalar borligi naqadar yaxshi…”
P.S.Remontada is incoming….

#nazm
Oʻzbekiston.
Bir o‘lkaki...
Oybek
Bir o‘lkaki, qaro, timqaro,
Ko‘zlari oq, oqdir tishlari.
Bir omadi — sovqotmaydi hech,
Terga botib o‘tar qishlari.
Shunday qizg‘in mehnatga yordir,
Bir lahza ham bekor vaqti yo‘q.
Hamma-hamma narsasi bordir,
Bechoraning faqat... baxti yo’q.
© Matnazar Abdulhakim.
@diyorbekegamovblog
Oʻzbekiston.
Bir o‘lkaki...
Oybek
Bir o‘lkaki, qaro, timqaro,
Ko‘zlari oq, oqdir tishlari.
Bir omadi — sovqotmaydi hech,
Terga botib o‘tar qishlari.
Shunday qizg‘in mehnatga yordir,
Bir lahza ham bekor vaqti yo‘q.
Hamma-hamma narsasi bordir,
Bechoraning faqat... baxti yo’q.
© Matnazar Abdulhakim.
@diyorbekegamovblog
#hayotiy
Finally, I am done with my final exams. I can't say I have performed well in the semester but I did try. At least I got perfect scores in all the exams from my economics class. I really enjoyed the class as I did in my first Econ class. Maybe, in parallel universe I could have been a happy economist with excellent grades and a balanced social life....
But I must say I do enjoy my engineering classes and have a feeling that they will not be wasted in the future, Inshaallah.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya
Hamid Sodiq bilan filmlar haqida qarashlarimiz va didimiz juda oʻxshash ekan.

Kichik mag’lubiyatlar haqida
Koʻpchilikimiz yangi odatlar shakllantirishni yoxud boshqa usullar orqali hayotimizni tartibga solishni maqsad qilamiz. Ba’zilar oʻziga “dushanbadan zalga chiqaman, keyingi oydan kitob oʻqishni boshlayman…” kabi va’dalar beradi. Albatta bunday niyat qilish yaxshi, lekin bularni uddalay olmaslik ruhiy holatga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa, bu holat koʻp bora takrorlansa insonning oʻz soʻziga boʻlgan ishonchi va hurmati tushib ketadi. Oʻziga va maqsadlariga ishonmaslik esa insonni juda zaif qilib qoʻyadi.
Aslida muhimmas va oddiydek tuyilgan vazifalarni vaqtida bajarish kelgusida ulkan muvaffaqiyatlarga sabab boʻlishi mumkin, yoxud teskarisi. Shuning uchun ham bunday “kichik mag’lubiyatlar” ga tez-tez uchrashga yoʻl qoʻymaslik kerak.
P.S Hozirgi kunda Konor Makgregor intizom va ruhiy quvvat haqida gapirishi ironiyadek tuyilishi mumkin, ammo qachonlardir aynan u intizom va mehnat orqali muvaffaqiyatga erishishning yorqin misoli sifatida qaralardi.

Me: waching the game on the phone as we qualify for the WC during the class.
My Professor: Well this is the most excited I have seen a person feel about microelectronic circuits!

Ko‘nglingizni nima bilan to‘ldirsangiz — shunga aylanasiz.
E’tibor berganmisiz, Ramazon oyida odamlar ancha e’tiqodliroq tuyiladi: ehsonlar ko‘payadi, o‘zaro hurmat oshadi, jamoat tartibi saqlanadi, insonlar muloyim va kechirimli bo‘lishadi. Bu holat, albatta, Ramazon oyining muborak va barokatli ekanidan darak beradi. Shu bilan birga, bu oydagi umumiy ijobiy muhit ham iymonimizga ta’sir qiladi, nazarimda.
Ramazon oyida bizni doimiy yaxshilikka undovchi omillar ko‘p bo‘ladi: ro‘za orqali gunohlardan tiyilishga harakat qilamiz, televizorda ma’ruzalar va islomiy seriallar, ijtimoiy tarmoqlarda esa ibratli kontentlar ko‘payadi, mahallalarda birgalikda iftorliklar uyushtiriladi. Atrofimizda shakllangan go‘zal muhit esa amallarimizga, hatto qalb holatimizga ijobiy ta’sir qiladi.
Shuni aytmoqchimanki, atrofimizdagi insonlar, ko‘rayotgan va o‘qiyotgan materiallar axloqimiz va e’tiqodimizga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ba’zan kichik gunohlarni e’tiborsiz qoldirib, “Islom qalbda bo‘ladi, asosiysi niyatim to‘g‘ri” deb o‘zimizni ovutamiz. Ammo bu to‘g‘ri yondashuv emas.
Aql va tanamiz mashqga muhtoj bo‘lgani kabi, qalbimiz ham doimiy ravishda ezgu amallar va ilm bilan to‘yintirilishga muhtoj. Shuning uchun bo‘lmag‘ur, behuda narsalarga vaqt sarflamasdan, ilmli, solih insonlarga havas qilib, o‘zimizni doimiy takomillashtirish foydali yo‘ldir.
Bu holat xuddi shundayki: bilimli insonlar bilan do‘stlashganda, “hali ko‘p o‘rganishim kerak” degan fikr tug‘iladi; bekorchi odamlar davrasida esa “men yetarlicha bilaman” degan kibr yuzaga chiqadi.
Yaxshi eslayman, “Saodat asri qissalari”ni doim eshitib yoki shayximizning asarlarini o‘qib yurgan paytlarimda o‘zimni tergash, nasihat olish va har bir qarorga mas’uliyat bilan yondashishim ancha oson kechardi. Shu sababli kundalik hayotimizda bizni yaxshiroq bo‘lishga undovchi manbalarni — ilmiy kontent, saviyali podkastlar, ibratli hikoyalar, foydali kitoblarni — ko‘paytirishimiz lozim.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz, yoki tasavvurimizdagi “ideal men” – ayni holatimizdan yaxshiroq bo‘lishi uchun harakat qilishimiz kerak. Intizom bilan o‘zgargan odamni “kecha qanday edi, bugun kim bo‘lib qolibdi” degan gaplar to‘xtatmasligi lozim.
“Oldin qilmagan ishi qolmagan, hozir ma’rifiy kitob o‘qiyapti emish...”
“Kecha ochiq yurardi, bugun hijob o‘rab olibdi...”
— kabi gap-so‘zlarga parvo qilmaslikni o‘rganishimiz kerak. Chunki faqat shundagina biz yaxshiroq inson, yaxshiroq musulmon bo‘la olamiz.
P.S. Bu post avvalo o‘zimga nasihat sifatida yozildi, chunki atrofimdagi voqealar menga ta’sir qilishini yaxshi bilaman. Balki boshqalarda ham shundaydir, degan niyatda ulashdim.
#long_read #ibrat
📎 @diyorbekegamovblog

O'zbekcha Ad Hominem yoxud internetdagi debat madaniyati haqida.
Jalilov telegram kanali prezident maktablariga kirish imtihonlarini "Kalmar o'yini" ga taqqoslab, bu maktablar tabaqalanish keltirib chiqarishi haqida post yozibdi. Rasmdagi fikrlar esa aynan o'sha post ostidagi izohlardan ba'zilari. Men postning o'zigamas aynan izohlarga va shular misolida jamiyatimizdagi debat tushunchasi haqida yozmoqchiman.
"Ad Hominem fallacy" - bu mantiqiy xatolikning bir turi, biron bir fikrga qarshi fikr berish o'rniga o'sha odamning shaxsiyatiga e'tiroz orqali o'sha fikrni rad etishga urinishdir. Birinchi rasmda o'sha postga do'stim Shoxrux (PM bitiruvchisi ) yozgan izoh. ikkinchi rasmdagi dastlabki izohga qaralsa, foydalanuvchi Shoxruxning fikrlariga e'tiroz bildirmasdan uning o'sha maktabda o'qigani uchun fikri xato ekanini ta'kidlab uni " PM larni ko'r-ko'rona himoya qilish" da ayblayapti. Aslida, izohda keltirilgan misollar yoki fikrlar aniq xato ekanini aytib, o'zining to'g'ri deb bilgan fikrini aytishi kerakmasmi? Demak o'sha fikrlarni PM bitiruvchisi bo'lmagan kimdir aytsa xuddi o'sha foydalanuvchi ularni ma'qullarmidi?
Ikkinchi izohga qarashdan avval qisqa komedik videoga e'tibor bering. Mashhur sketchdagi qahramon ham o'z suhbatdoshini fikrini iloji boricha salbiy ko'rsatishga, bu fikri uchun uyalishi keraklikini aytishga urinadi. Samariddin ham xuddi shu taktikadan foydalanyapti, hech qanaqa fikr bildirmasdan raqibini "yedirdim" deb o'ylayapti. Videodagidek bu yerda ham muammo qarshi fikrning to'g'ri yoki noto'g'riligida emas, balki o'sha fikrning o'zi yo'qligida. Izohdagi qaysidir konkret gapga e'tiroz bildirmasdan, yoki hamma prezident maktabdagilar bir xil fikrlashini isbotlamasdan turib " bunaqa fikrlashsa holimizga voy" deyish chala populizmdan boshqa narsa emas. Afsuski, bu populizm ish bergan ko'rinadi, xar holda 4 odam xuddi sketchdagilar shunchaki kulib qo'yganidek, reaksiya qoldiribdi.
Uchinchi izoh esa hammasidan o'tib tushgan. Birinchidan agentlik o'quvchilaridan kimdir o'zini "elita" yoki boshqalardan ustun sanashiga hech duch kelmaganman. Mabodo, kimdir biosiga yoki Linkedin profiliga shunaqa yozgan bo'lsa, dalil keltirish kerak edi. Ikkinchidan, nimaga o'sha aytilayotgan tadqiqotlar bilan ullashilmagan? nimaga agentlik o'quvchilari haqida buncha negativ qarash? Agarda shu foydalanuvchida PM lar o'z vazifasini bajarmayapti degan qarash bo'lsa, marhamat qandaydir dalil keltirish kerak edi, masalan bitiruvchilarning yomon ballari, noto'g'ri yoki primitiv fikrlovchi o'quvchilardan misollar, vhk. Bu xuddi iqtisodchi Behzod Hoshimov Twitter sahifasida ilmiy maqola yoki statistik qarash e'lon qilsa " Amerikadan turib O'zbekiston haqida gapirmasa-da, og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyni bolasi gapirsin ekan-da" deb piching qiluvchi trollarga o'xshab qolibdi. Chunki bu izohda fikr ulashilmaganidan tashqari yana boshqalar shaxsiyatiga nisbatan tuhmat ham bor.
Tasavvur qiling PM da o'qimagan kimdir bu maktablar haqida dalillar va statistikalar bilan tanqidiy ruhda maqola yoki post yozdi. Keyin kimdir izohda o'sha argumentlarga nisbatan hech nima demasdan, " O'zing shu yerda o'qimaganing uchun hasaddan yozyapsan" desa qanchalik xunuk va ahmoqona ish bo'ladi, to'g'rimi? Afsuski, bu yerda Shoxruxning fikrlariga ham u shu yerda o'qigani uchun qarshi chiqish xuddi shunchalik noto'g'ri deb bilaman.
Xulosa o'rnida, albatta har qanday qarorlarga nisbatan tanqidiy nazar bilan qarash foydali bo'lishi mumkin. Ammo, jarayonda shaxsiyatgamas fikrlarga e'tibor berishni va xolis bo'lishni esdan chiqarmaslik kerak. Aks holda hech qanaqa statistikaga qaramasdan turib " SSSR yaxshiroq edi, xozir o'g'rilar ko'payib, qimmatchilik boshlangan" deb yuradigan taksi haydovchilari saviyasidagi fikrga aylanib qolishi mumkin.
#education #subyektiv #longread