Telegram Web Link
Bugun sovg’asiz qolmadim)

Meni o’zimdan ham ko’ra yaxshi biladigan yaqin insonimdan sovg’a.
Rahmat😍

@doctorsmind📖
😍21🔥7👍54🥰1
✍️Fyodor Dostoyevskiy
📖”Telba”


“Hamma narsani tushunish – bu hayotning chegarasiga yetib borish demakdir. Kim haddan tashqari chuqur fikrlasa, u aqldan ozishi mumkin”.


Bizda jamiyat qo’ygan me’yor chegaralariga mos kelmaydigan, o’z odat, harakter va fikrlashi bilan boshqalardan keskin ajralib turadigan insonlar nima deyiladi? Ularga o’zi sog’lom inson sifatida qarashadimi? Bunday “aqlli” jamiyat odamlari orasida yashaydigan, qalbi pok, odamlarga faqat yaxshilik tilaydigan, beg’ubor, soddadil insonlarga ming afsuski “telba” deb qaraydilar.
Asar bosh qahramoni “dunyoni go’zallik qutqaradi” g’oyasi bilan yashovchi knyaz Mishkin. U xristianlik aqidalariga ko’ra yaxshi inson xususiyatlariga mos tushuvchi barcha fazilatlarga ega, sodda, beg’ubor inson obrazi. Boshqacha aytganda, Mishkin xristianlik dinidagi ham ilohiy, ham insoniy xususiyatlarga ega Iso masihning prototipi edi. Mishkin uzoq yillar davomida Shvetsariyada tutqanoq kasalligiga qarshi davolanib o’z yurtiga qaytadi. Jamiyat uning boshqacha qalbli insonligidan xabar topib uni qabul qilmaydi. Knyazning insonlarga chin dildan beg’araz yordam berishi, ochiqdan-ochiq telba desalar ham vazminlik bilan qabul qilishi ularning g’ashini keltiradi. Biroq uning boshqacha inson ekanligini tushunadigan insonlar ham bor edi. Ulardan biri Nastasya Filippovna obrazi - xo’rlangan, haqoratlangan, ayol. U knyazning qabini ko’ra olgan inson. U barcha erkaklardan nafratlanar, qanday bo’lmasin ulardan o’ch olishni o’ylardi, lekin knyaz Mishkinga nisbatan bunday fikrlari yo’qolib qoldi. U Mishkinni sevdi, lekin uning muhabbatiga o’zini munosib ko’rmadi. O’zini ifloslangan, knyazdek butun qalbli insonga noloyiq deb bildi. Asardagi yana bir muhim obrazlardan biri bu - Ragojin. Mishkinga qarama-qarshi xususiyatli obraz bo’lib, Dostoyevsiy asarning ilk boblaridanoq Mishkin bilan Ragojinni baravar tanishtiradi. Qaysidir ma’noda, ularning ikkisi bir insonning ikki qutblaridir. Biri insoniy xususiyatlarni ko’rsatsa, ikkinchisi hayvoniy xususiyatlarni ifodalaydi. Asardagi sevgi uchburchaklaridan birini hosil qiluvchi yana bir obrazlardan biri Aglayadir. U rashkchi, knyazga o’zinigina loyiq ko’ruvchi, uni boshqalar bilan bo’lishishni istamaydigan xudbin ayol obrazi. “Telba”dagi barcha qahramonlar ruhiy xasta, yordamga muhtoj, hech biri butun qalbga ega emas. Knyaz Mishkin esa barcha uchun telba, lekin Nastasya Filippovna ham, Aglaya ham uni sevdilar, uni o’zgalarga o’xshamaydigan inson ekanligini bilsalar ham sevdilar. Knyazning olijanob qalbi, odamiyligi ularni jalb qila oldi.
Asar oxirisida Mishkin odamlardan uzilib o’zining kasalxonasiga qaytib ketadi? Nima uchun? Bunday sof qalbli insonlar chirkin qalbli odamlar orasida yashay olmaydilar. Sof qalbli Kichkina shaxzodani bir eslang, u ham asar oxirisida o’z sayyorasiga qaytib ketadi. Nima uchun? Chunki u ham bu olamda yashay olmadi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Jamiyat qo’ygan talablar har doim ham to’g’ri bo’lmaydi, lekin uni yaxshi tarafga o’zgartirishga harakat qilgan, boshqacha aytganda, cheklovlarni buzishga harakat qilgan isonlar buzg’unchi sifatida ko’riladi. Yoki knyaz Mishkinga o’xshab shunchaki telbaga chiqariladi.

Asarda yana shunday ramzlar borki, qayta-qayta o’qiganingiz sari tushunib borasiz, mag’zini chaqasiz. Dostoyevskiy asarlarining o’lmasligining sababi ham ana shunda bo’lsa kerak.

@doctorsmind📖
9🔥4👍3🥰2👏1
“Telba” haqidagi fikrlarim hali tugamadi. Boshqa fikrlarimni keyingi postlarda yana yozaman.

@doctorsmind📖
16❤‍🔥7🔥5👍3🥰3😍1💋1
#mutolaa

Yangi haftadan boshlab o’qishni reja qilgan kitoblarimni yodimdan chiqmasligi uchun javondan olib tayyorlab qo’ydim. Endi faqat rejadan chiqmay o’qisam bo’ldi. Yangi nashrdan chiqqan kitoblarni esa sal keyinroq o’qiyman.

Siz keyingi haftadagi mutolaa uchun qaysi kitoblarni tanladingiz?

@doctorsmind📖
11👍6😍4❤‍🔥3🥰2👏1🎉1🙏1💋1
​​✍️Erve Le Tellye
📖”Anomaliya”


“Haqiqatlar – bu illyuziyalar bo‘lib, biz ularning illyuziya ekanligini unutganmiz.”


Tasavvur qiling, o’z dunyoyingizda hech qanday tashvishsiz tinchgina yashab yuribsiz, lekin kutilmaganda anomaliyaga duch keldingiz. Bu anomaliya sababli hayotingiz, qadriyatlaringiz va hatto o’zingizga bo’lgan ishonchga ham shubha bilan qarashni boshladingiz.
Agar hayotingizning aniq nusxasi bo’lsa, unda siz asl sizmisiz yoki boshqa versiyamisiz? Asl haqiqatni kim, qanday va nima yordamida ochib bera oladi? Agar hayotingizni boshidan yashash imkoniyati tug‘ilsa, o‘zingizni tanib olarmidingiz? Yoki… siz allaqachon kimdir belgilagan senariy bo‘yicha yashayotgan bo‘lishingiz mumkinmi? Sizning kimligingizni belgilab beruvchi qanday omillar mavjud? Shaxsiy haqiqatlaringizmi? Tanlovlaringizmi? Xotirangizmi?

Yozuvchi “Anomaliya”ning birinchi qismida sizni asardagi barcha qahramonlar bilan birma-bir tanishtiradi. Ularning barchasi turli xil jamiyatning odamlari. Biri yozuvchi, biri advokat, biri muhandis, yana biri esa yollanma qotil… Ularning o’rtasidagi umumiylik shundaki, hayotlari kutilmaganda ikkiga bo’linib qoladi. Anomaliyagacha bo’lgan hayot va anomaliyadan keyingi hayot. Ammo ularning qaysi biri haqiqiy hayot? Ikkala hayot ham asl nusxa bo’lsachi? Unda nima qilish kerak? Bu anomaliyaga ushbu odamlar qanday moslashadilar? Yozuvchi asar oxirisida har bir insonning anomaliyaga bo’lgan munosabati va moslashish jarayonini to’liq ochib beradi. Bu ayrimlar uchun azob-uqubatli jarayon bo’lsa, yana kimlardir uchun yengil jarayon sifatida qabul qilinadi. Xullas, “Anomaliya” insonlarning tasavvurlarini, o’ylarini shubha ostiga solib qo’yadi, ikkilantiradi.

“Anomaliya” ilmiy-fantastika, falsafiy tushunchalar, inson ruhiyati, detektiv-triller unsurlarini o’zida birlashtira olgan asar.

“Anomaliya” men uchun jumboqligicha qolmoqda, balkim bu kelajagimizga oid qo’rqinchli, tasavvur qilish qiyin bo’lgan bashoratdir, lekin nima bo’lgan taqdirda ham u butun asar davomida o’ziga tortadi, kelajak haqida o’ylashga majbur qiladi, bizning ham taqdirimiz anomaliyaga duch kelgan bo’lganida qanday yo’l tutgan bo’lar edik? Savollar turlicha, javoblar esa qo’rqinchli)

Yangicha uslubdagi asar o’qimoqchi bo’lsangiz “Anomaliya”ni tavsiya qilaman. U shunchaki o’qib ketiladigan detektiv-triller kitob emas, u shunchaki kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan kashfiyotlar haqidagi ilmiy-fantastik asar ham emas, u o’zligimiz to’g’risida fikr yuritishga undaydigan haqiqat haqidagi asar!


Agar hayotdan, dunyodan, umuman, nimadan bo'lsa ham, iztirob chekmoqchi bo’lsangiz, buning uchun Parijdagi kafe ayvonidan yaxshi joy yo’q)


@doctorsmind📖
🔥6❤‍🔥5👍52👏2🎉1
#mutolaa

Anna Dostoyevskayaning “Xotiralar” kitobini o’qishni boshladim. Juda ham samimiy, o’qiganda yaxshi kayfiyat beradigan asar ekan. Tarjima va tahriri ham yaxshi.

Dostoyevskiyning asarlaridan keyin turmush o’rtog’ining kitobini o’qishni joiz deb bildim.

Rasm va video muallifi doimgidek o’zim)

@doctorsmind📖
👍75🥰5🔥4👏1🎉1😍1
Bugun @bookuzbekistan’dan juda chiroyli taklifnoma va sovg’alar oldim.

“Aks” to’plamining taqdimot marosimiga taklif qilishdi.
Agar siz ham qatnashishni xohlasangiz @bookuzbekistan kanalidagi havola orqali kirib ro’yxatdan o’ting! Shunda qatnasha olasiz.
Ajoyib sovg’alar va taklifnoma uchun rahmat! Taklifnomadagi ko’zguga gap bo'lishi mumkin emas😍😍

@doctorsmind📖
🔥10👍3🥰32❤‍🔥2👏1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🥰32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_kitoblar

“Aks” to’plamining obzorini erinmasdan video qilib tayyorladim.
Marhamat, ko’rib tanishib chiqishingiz mumkin.

@doctorsmind📖
13❤‍🔥4👍3🥰2🔥1👏1🤩1
Xayrli tong!

Anchadan beri kanalda ko’rinmadim, lekin yaxshi asarlarni o’qiyapman, yana faol holatga o’taman.

Kecha menga ham @pirnashr’dan sovg’a-kitoblar kelgandi. “Oyimtilla”ni o’qishni juda xohlagandim, nomi va muqovasi bilan o’ziga tortgandi. Menimcha, reja qilgan kitoblarimni tashlab tez kunlarda o’qishni boshlavorsam kerak)

Video va rasm orqali yangi kitoblarning sifatiga baho berishingiz mumkin.

Sizda qanday yangiliklar? Qaysi?kitoblarni mutolaa qilyapsiz?

@doctorsmind📖
❤‍🔥54🔥4🥰2
Bayramimiz muborak🌷🌹🌸

Anchadan beri faol bo’lmaganim va bugungi bayram sababli 8-mart kechki soatlarda faqat qizlar uchun kichkinagina tanlov o’tkazib yuborishga nima deysizlar?

Manda hammasi a’lo darajada. Oxirgi 2 hafta davomida bir nechta kitoblarni tamomladim. Keyingi haftada taqrizlarimni ketma-ket e’lon qilaman.

@doctorsmind📖
21❤‍🔥7👍3💋3
Tanlovni boshladim.
Bor yo’g’i bittagina savol beraman. Kim birinchi bo’lib to’g’ri javob bersa o’sha g’olib bo’ladi.


"Inson zoti shunday cheksiz qayg'uga tushgan paytda uning uchun o'zining matonatidan bo'lak xalos etuvchi kuch bo'lmaydi".


Ushbu iqtibos qaysi asardan olingan? G’olibga shu iqtibos olingan kitob sovg’a qilinadi.

Kitob Starex pochtasi orqali uyingizga yaqin joylashgan pochta ofisiga yuboriladi.

@doctorsmind📖
🔥72🥰2
2025/07/09 04:50:14
Back to Top
HTML Embed Code: