#sayohat
Bugun ishdan keyin o'rtog'im bilan dam olish uchun bir nechta ajoyib joylarga sayohat qildik.
Avval necha oydan beri bo'layotgan, biz borishga vaqt topa olmayotgan Van Gog ko'rgazmasiga bordik. Haqiqatdan ham suratlarni ko'rib maza qilib dam olasiz.
Tasviriy san'atga qiziqadiganlarga ushbu ko'rgazma albatta yoqadi.
O'ylaymanki, ushbu video va rasmlar orqali sizga ko'rgazmaning kayfiyatini oz bo'lsada yetkazib bera oldim.
@doctorsmindπ

β€9π3π₯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
@Akademnashr kitoblarining ajoyib reklama-videorolikini ko'rdingizmi?)
Nafaqat kitoblar, balkim talabalar hayoti ham antiqa tarzda ochib berilgan)
@doctorsmindπ
Nafaqat kitoblar, balkim talabalar hayoti ham antiqa tarzda ochib berilgan)
@doctorsmindπ
π₯19π5π4
14-fevral kuni haqida: kun tarixi, qachon va nima sabab paydo boΚ»lgani hamda bayramdan maqsad haqida batafsil.
@asaxiybooks
@asaxiybooks
β€9π₯°5π₯2
#bayram_tabrik
Bugungi "Xalqaro kitob sovg'a qilish kuni" bilan barchani tabriklayman.
Ushbu kunda men "Kitob o'qib beruvchi" asari mutolaasini boshladim.
Sizdachi? Mutolaada qaysi asar?
Bir vaqtning o'zida bir nechta kitob o'qiydiganlar bittasini aytsangiz yetadi)

π₯°8β€4π2π₯1
β€12π₯6π1
Keyingi uzoq masofadan yetib kelgan sovg'a kitoblarπ₯°
Bugun o'zim deyarli hech kimga sovg'a bermadim, lekin menga juda ko'p sovg'a kitoblar berishdi.
Sizga hech kim kitob sovg'a qilmadimi, aslo xafa bo'lmang, o'zingizga o'zingiz sovg'a qiling. Bundan bir necha yillar avval mengayam hech kim sovg'a qilmasdi, o'zimga o'zim olardim, do'stlarimga sovg'a qilardim. Hozir ham bilasiz o'zim uchun tez-tez sovg'a qilib kitoblar olaman) ko'pchilik tanishlarimga ham beraman.
Albatta siz kimgadir sovg'a qiling, sizga ham kimdandir albatta sovg'aga keladi.

β€8π₯5π€©1
Bugun dugonam bilan bayramni nishonladik. Bu kunda bir birimizga kitob ulashardiku, lekin o'tirib bayram qilmasdik. Bugun ikkisini ham bajardikπ
Rasmda dugonamning sovg'asiπ
@doctorsmindπ
Rasmda dugonamning sovg'asiπ
@doctorsmindπ
β€11π₯6π1π1
#bahor_mutolaa
Deyarli bir haftadan beri bahor o'zining yaqinligini eslatib turibdi.
Bugun biroz vaqt topib shunday ajoyib havoda har xil tashvishlardan chalg'ib skameykada kitob mutolaasi bilan band bo'ldim.
"Kitob o'qib beruvchi" bilan sayohatimiz shu yerda o'z nihoyasiga yetdi.

β€17π5π₯4
ββ#taqriz
Bernhard Shlink
"Kitob o'qib beruvchi"
Kitob o'qish shunday mo'jizaviy jarayonki, u o'qish va yozishni bilmaydigan odamlarni ham cheklab o'tmasdan o'ziga jalb qila oladi. Kitob shunday kuchki, butun umri davomida harf tanimagan, o'qish va yozishni bilmaydigan insonlarning ham irodasini, sabrini charxlab o'rganishga, o'qishga majbur qila oladi.
"Kitob o'qib beruvchi"ni dastlab Xolokost haqidagi ya'ni yaxudiylarni ommaviy qirish, urush tasvirlari haqidagi asar deya o'qishni boshladim. 20-30 betlardan keyin ishtiyoqim biroz so'ngandek bo'ldi, asar kutganimdek natijani bermadi degan o'y ham hayolimdan o'tdi. Shunga qaramay o'qishda davom etdim chunki ko'p hollarda boshida yoqmagan kitobim 100-150 betdan keyin yoqishni boshlaydi. Bu kitobda ham shu jarayon kuzatildi.
Kitobdagi voqealar Mixael Berg ismli yigitning tilidan hikoya qilinsada aslida unda Xolokost vaqtida konslagerda nazoratchi vazifasida ishlagan Hanna ismli ayolning taqdiri yoritib beriladi. Keling, Hannaning konslager va undan keyingi hayotiga to'xtalmay uning kitoblarga mehri haqida gaplashamiz.
Hanna kitoblarni juda ham yaxshi ko'rardi. Harf tanimasligi ham bu borada unga cheklov bo'la olmagan. U o'z niyatiga yetish uchun boshqalardan kitob o'qib berishlarini so'rardi. Harf tanimasligini, o'qishni bilmasligini bilib qolishlaridan esa qattiq uyalardi. O'qish va yozishni bilmasligini yashirish uchun ham bir necha marotaba yolg'onlar ishlatadi. U hattoki konslagerdagi mahbuslardan ham kitob o'qib berishlarini so'rardi. Hayotida Mixael Berg bilan tanishishi esa bir qancha shoh asarlardan bahramand bo'lishiga yordam beradi. Mixael Berg uning uchun shunchaki "Kitob o'qib beruvchi" edimi? U yigitchadan shunchaki foydalanganmidi? Mixael uchun ham Hanna dastlab dengizdagi javohir misoli edi, lekin bu javohirning yog'dusi uzoqqa bormadi. Nima uchun bir paytlar go'zal ko'ringan narsalar, voqealar ortga nazar tashlagach, bizga omonat, befayz, zamirida esa xunuk haqiqatlar yashiringandek tuyilaveradi?
Ushbu asarga har kim turlicha nazar bilan qaraydi, kimdir Xolokost haqidagi navbatdagi asar desa, yana kimdir o'rta yoshli ayol va yigitchaning muhabbati tasvirlangan asar deb o'ylaydi. Yana allakimlar esa bir jur'atsiz yigitning hayot yo'li deydi. Men esa ushbu asarni kitoblarga mehri bo'lakcha bo'lgan bir ayolning butun umrlik sabri, matonati, jur'ati haqidagi o'lmas xotira-asar deb bilaman. Haqiqatdan ham Hannada uncha-muncha insonlar havas qila oladigan darajadagi ulkan matonat bor. Umrining so'nggi yillarida qo'lida tayyor audio kitoblarning bo'lishi ham uni yozish va o'qishni o'rganish istagidan qaytara olmadi.
Xullas, tavsiya qilishga arzirli kitob.

β€βπ₯11π7β€5π₯1