Ijtimoiy tarmoqlarda "Orziqib kutaman ertani 2” kitobining suratini qo’yganimda ko’pchilik kitobxonlar shu asarga katta qiziqish bildirishdi. "Davomi bor ekanmi?", "Qaysi do'kondan oldiz?", "Ikkinchi qismimi?”, "O'sha qahramonlar ishtirok etishganmi?" kabi savollar tinmadi.
Shu savollarga postda umumiy holda javob bermoqchiman.
Ushbu kitob biz sevib mutolaa qilgan kitobning davomi, aynan o'sha qahramonlarning keyingi taqdiri yoritilgan. 1-kitobi sizga yoqqan bo’lsa, 2-sining ham yoqishi shubhasiz.
Kitob tez kunda barcha kitob do’konlarida sotilishni boshlaydi.
O’ylantiradigan kitoblardan so’ng biroz dam olmoqchi, ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechirishni xohlovchi kitobxonlarga tavsiya qilib qolaman.
Bugun kitoblar bilan ajoyib fotosessiya o’tkazdim)
@doctorsmind📖

❤9👍5🥰5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblarning kinolardan farqi shuki, biz ulardan panoh topa olamiz. O‘zimizning dunyomiz ostin-ustun bo‘lganda kitob bizni o‘zga dunyoga olib o‘tadi. Sahifalar orasiga yashirinishingiz, orom topish yoki himoyalanish uchun o‘sha yerda tin olishingiz mumkin.
Agar bola miriqib o‘qiydigan kitobini topsa, qayta shu tuyg‘uni his qilish uchun yanada ko‘prog‘iga ehtiyoj tuyadi.
✍️Sara Jo
📖"Londondan muhabbat ila” asaridan.

👍9🔥4👏3
Jiddiy kitoblarga jiddiy chegirma!
@asaxiybooks rasmdagi jiddiy kitoblarga jiddiy chegirma e’lon qilibdi. Shu kitoblardan birortasini olishni reja qilib yurgan bo’lsangiz albatta foydalanib qoling!
Shaxsan o’zim bu kitoblarni anchagina qimmatga xarid qilgandim. Bunaqa imkoniyat har doim ham bo’lmaydi.
Toʻplam narxi: 229 000 soʻm
Jiddiy narx: 149 000 soʻm
Aksiya faqat 3 kun amalda, hoziroq buyurtma bering va yangilikni yaqinlarga yetkazing 👉 asaxiy.uz/u/64df67852ba7a

👍2🔥2
Bugun @bookuzbekistan’ning 5 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirga tashrif buyurdim. Juda ajoyib atmosferadan bahra olib bir nechta kitoblar xarid qildim. Ayniqsa kitobli fotozona hammasidan ajoyib.
Rasmlar orqali siz ham do’kon atmosferasini his qiling.
@doctorsmind📖
Rasmlar orqali siz ham do’kon atmosferasini his qiling.
@doctorsmind📖
❤7❤🔥4👍2🎉2🤩1🍓1
Forwarded from Bolalarolami.uz | Rasmiy kanal
Китоб ҳар қандай кишининг маънавий камолотида юксак ўринга эга. Шу ўринда, болалар тарбиясида ҳам мутолаанинг ўрни беқиёс. "Чумчуқ сўйса ҳам қассоб сўйсин" деганларидек, бугун юртдошларимиз орасида китобхонликни кенг тарғиб қилаётган бир қатор китоб блогерларидан фарзанд тарбияси масалаларида фикр ва тавсиялар олдик.
Батафсил ўқинг:👉 https://bolalarolami.uz/1753
Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👏3
Doctor's Mind 👩⚕️
Photo
Har doim kitob do’konlarini aylanganimda deyarli har bir o’zim qiziqqan kitobni varaqlab ko’raman. Sifat darajasiga baho beraman va nashriyoti, tarjimoni, muharriri kimligiga qiziqaman. Ayniqsa, Agata Kristi kitoblarini doimo bittalab ochib ko’raman. Kecha @bookuzbekistan’ga borganda ham uzoqdan Agata Kristining kitoblari e’tiborimni tortdi. Oldiga borib ushlab ko’rdim. Muqova sifati g’alatiroq ko’rindi, keyin ichini ochib ko’rdim, varaqlari oppoq, hatto nashriyot nomi ham yo’q va tushundimki, o’zimizdagi qo’lbola tayyorlangan kitoblardan biri. Keyin narxiga qaradim, qirq ming so’m ekan. Odatda asl Agata Kristining bu seriyadagi kitoblari hajmiga qarab 70-80 ming so’mdan boshlanadi. Bu kitobning varaqlari hatto yaxshi ochilmayapti ham. Aytishingiz mumkin, bitta orginal kitobning narxiga ikkita shu kitobdan olish mumkin deb, lekin men shu seriyadagi orginal kitoblarni ko’rganim uchun ham bu kitobga o’zimni loyiq deb bilmadim.
Avvallari ayrim topolmagan, juda kerak bo’lgan kitoblarimni chiqartirib o’qiganman lekin asl variantini topsa bo’ladigan kitoblarni chiqartirmagan bo’lardim. Sizchi? Siz rasmdagiga o’xshash kitoblarni xarid qilgan bo’larmidingiz?

👍6❤2👏2
✍️Sara Jo
📖”Londondan muhabbat ila”
Nomi bilan o’ziga tortuvchi ushbu kitob dastlab kitobxonda Londonda kechgan qandaydir kuchli muhabbat voqealariga asoslangan asar sifatida fikr uyg’otishi mumkin, lekin aslida-chi?
Asar chindan ham kuchli muhabbat haqida, biroq ikki sevishgan juftliklarning emas, balkim ona va bolaning bir-biriga va kitoblarga bo’lgan go’zal muhabbati, kitoblar orqali bir-biri bilan yaqinlashgan insonlar taqdiri haqida.
Hayoti mavhumlik tomon ketayotgan, o’z kelajagi haqida biror tasavvurga ham ega bo’lmagan, omadsiz turmushdan butkul ajrashish arafasida turgan, qattiq tushkunlikka tushgan Valentina yoshligida tashlab ketgan onasining vasiyatiga asosan, uning uyi va kitob do’koniga egalik qilish uchun, hayotini esa eng boshidan boshlash va qaytadan yozish maqsadida, birinchi bor hayotidagi so’nggi manzil ya’ni Londonga qarab yo’l oladi. Asar voqealari ilk sahifalaridanoq mana shunday sirlilik, tushunarsizlik, qog’ozga o’ralgan shokoladdek boshlanadi va o’ziga mixlab oladi. Kitobxon esa beixtiyor kitobni varaqlaydi. Keyin esa o’tmish va hozirgi zamon voqealari galma-galdan tasvirlanadi ya’ni ona va bolaning tushunarsiz hayot yo’llari, har birlarining haqiqatlari birma-bir ochib beriladi. Kalavaning uchi tomon harakatlaniladi.
Biz har doim shunaqamiz, ya’ni hamma narsaning tashqi ko’rinishiga e’tibor beramiz, uning tag haqiqatlariga esa kamdan-kam hollardagina e’tibor qilamiz. Biz uchun tag haqiqatlar ahamiyatsiz. Valentina uchun ham onasi o’z farzandini tashlab ketgan, xat ham yozmagan bir ayol, lekin ona endi bu hayotda yo’q bo’lsada o’z haqiqatlariyu, qiziga bo’lgan sof muhabbatini ko’rsatib bera oldi, qizining mazmunsiz, tushkunlik bilan o’tayotgan hayotiga rang bera oldi, yaxshi insonlar bilan tanishishiga sabab bo’ldi va hattoki qizining chiroyli kelajagiga ham
ta’sir qila oldi. Albatta, kelajakda o’tmishda qoldirganlarimizdan yaxshiroq hadyalar bizni kutib turibdi.
Asarda yana bir holat ochib beriladi ya’ni kitob insonlari so’zsiz bir-birini tushuna oladi, his qila oladi, bir-biriga intiladi va bir olamda yashay oladi. Odatda, bunday insonlar bir ko’rishganining o’zidayoq bir-biriga tanish insondek tuyiladi. Bunday insonlardan ham bir umrlik oila paydo bo’la oladi. Asarda aynan shu mavzuga ham to’xtalib o’tilgan ya’ni bir-biriga mos bo’lmagan juftlikdan barpo bo’lgan oila bir kunmas bir kun albatta o’z nihoyasiga yetadi, majburiyat, or-nomus, bolalar oldidagi mas’uliyat ham oxir-oqibat o’z kuchini yo’qotadi.
Kitobni o’qish davomida sizga rang-barang gullar va eski kitoblar hidi ufurib turganday, “Kitob bog’i” do’koni kiraverishidagi qo’ng’iroq jiringlashi qulog’ingiz ostida jaranglayotgandek, va hattoki kamdan-kam hollardagina quyosh charaqlaydigan Primrouz Hill ko’chalaridagi yomg’irning shivalashi ham eshitilganday bo’ladi. Kitobda hamma narsa shu qadar jonli tasvirlanganki, go’yo London ko’chalarida yurgandek tasavvur paydo bo’ladi. Ha, ushbu kitob sizga ana shunday hislarni bera oladi. Kitobdagi barcha tasvirlar ya’ni so’zlardan tortib tabiat va ob-havo tasvirlari, bir maromdagi tekis, tinch hayot, bularning barchasi kitobxonda ajoyib hislarni his qilishiga sabab bo’ladi.
“Kitob bog’i” atrofi gullar bilan o’ralgan nomiga monand kitob do’koni, odatiy kitob do’konlariga o’xshamaydi, qadam bosganda taxtalari g’ichirlaydigan, ham eski, ham yangi kitoblar zich qilib taxlangan, deraza rafida esa oftobda toblanadigan paxmoq junli mushukchasi bor, kirish eshigi oldida osilgan qo’ng’iroqchali, bolalar uchun kitob o’qib berish soatlari bor bo’lgan va ularga ajoyib qutichada shirinlik tarqatiladigan, kitob sotuvchilari esa haqiqiy kitob bilimdoni bo’lgan va puldan ko’ra kitobni afzal ko’rgan insonlar ishlaydigan do’kon. Bunday kitob do’koni mening ham orzum.
Kitob voqealariga iloji boricha to’xtalmaslikka, asosan kitob bergan taassurotlarga urg’u berishga harakat qildim. Kitobga katta ehtimol bilan yana qaytaman, o’sha paytda balkim yana boshqa fikrlar va o’ylar kelar…

❤13👏6🔥3🥰3👍2
Oxirgi kunlarda olgan yangi kitoblarim. Barchasi detektiv-triller, o’tkir syujetli, sarguzasht, bir kunda qiziqish ustunlik qilib o’qib qo’yiladigan asarlar. Yana asosiysi, barchasining kinosi bor. Ham kitobini, ham kinosini baravar maqtashadi. Avval kitobini o’qib keyin vaqtim bo’lsa kinosini ko’raman.
Yana bir gap, “Drakula”ni juda sifatli nashr qilishibdi.
@doctorsmind📖
Yana bir gap, “Drakula”ni juda sifatli nashr qilishibdi.
@doctorsmind📖
🔥7🎉4❤2👍2🥰2👏1😍1
✍️Sidni Sheldon
Tilli Begshou
📖”Orziqib kutaman ertani 2” asari
Nomi bilan o’ziga tortuvchi ushbu asarning 1-kitobini bundan 5 yil avval katta qiziqish bilan o’qib chiqqan edim. Firibgarlar Treysi Uitni va Jef Stivensning hayoti va ish faoliyati juda qiziqarli tarzda tasvirlab berilgandi. Xuddi kino ko’rgandek, voqealar rivoji tez rivojlanadigan va bir zumda o’qib tugatiladigan yengil asar edi. 2-kitobini esa shu yili oktabr oyida sovg’a qilishganida to’g’risi judayam xursand bo’lib ketdim. Yana bir bor sevimli qahramonlarimning hayotini boshqacha rakursdan ko’rishni xohlagandim. 1-kitob so’ngida ular firibgarlikni tashlashga, endi yaxshi fuqaro bo’lishga va’da beradilar. Hayotda ham bunday voqealar ko’plab topiladi. Qachonlardir biror faoliyatda katta yutuqlarga erishgan, o’z ishini sevgan insonlar o’sha faoliyatdan bir kuni ketadilar lekin o’z ishlarini bir umr qumsab o’tadilar. Xoh u odam firibgar bo’lsin, xoh namunali fuqaro. Xuddi shunday, Treysi va Jef ham to’g’ri hayotga qaytmoqchi bo’ladilar, endi hech qachon jinoyat qilmaslikka va’da beradilar, lekin Jef uchun bu oson bo’lsada, Treysi uchun qiyinchilik tug’diradi. Axir u bir paytlar qanday katta jinoyatlarni san’at darajasida bajarganku, odatiy hayot tarzi uning uchun emas. Xullas, voqealar Treysining bir xil hayot tarzidan zerikishidan boshlanadi.
Asarning qiziqarliligini psixopat jinoyatchining obrazi kuchaytirgan. Shu asarni o’qib hali o’qimagan boshqa kitobni ya’ni Tomas Xarrisning majoziy ma’noda nom berilgan “Qo’zichoqlar sukunati”ga nima uchun bunday nom berilganini tushungandek bo’ldim. Bu ikkala asarda ham xavfli psixopatlar obrazi bor. Albatta bu yerdagi qo’zichoq so’zi ma’joziy ma’noda kelgan va shunday jumlalar uchraydi:
“Qo’zichoqni mehrobda qurbon qilish. Yangi qo’zichoq. Xochdagi o’lim. Yangi ahd”.
Xullas, bir asar ikkinchi asarga igna bilan ipdek bog’liq. Ya’ni psixikasida o’zgarish bor bo’lgan odamlarni yaxshiroq tushuna olasiz.
Yana shuni aytishim mumkinki, bu asarni o’qiyotganda kuchli falsafiy ma’no qidirmang. Shunchaki, dam olish va chalg’ish uchun mo’ljallangan kitob. Firibgarlar olamiga sayohat qilib kino ko’rgandek dam olasiz. Bundan tashqari, bu kitobdan taqriz uchun yoki shunchaki o’zingiz uchun iqtibos ham qidirib o’tirmang! Asar ustida yozilmagan bo’lsada 18+.
Baholashga keladigan bo’lsam, 1-kitobi menga ko’proq yoqqan edi. 2-kitobida biroz voqealarni cho’zish va chalkashlik bor(bu shaxsiy fikrim)
Asarda yana boshqa qiziqarli voqealar talaygina.

👍10❤4❤🔥1🥰1