​​✍Viktor Emil Frankl
đź“–"Hayotga ha de!" asari
Dunyoning eng mushkul lahzalarida
Hayotga kelganlar baxtlidir, baxtli!
Kimning "nima uchun" degan savolga javobi bo'lsa, u "har qanday" qiyinchilikka dosh bera oladi".
Asar muallifi Viktor Emil Frankl aslida kim va bu mo'jazgina asari bilan insoniyatga nima demoqchi? Asar muallifning Aushvits(Osvensim) konslagerida o'tkazgan hayotiga asoslangan bo'lib, u lager hayotini o'z ko'rgan-kechirganlari orqali ro'y-rost ochib bergan. Bilamizki, Osvensim o'lim lageri haqida juda ko'plab asarlar yaratilgan, filmlar suratga olingan. Ushbu kitobning boshqa malliflarning asarlaridan qanday farqi bor deb o'ylaysiz? Gap shundaki, muallifning o'zi vrach-psihoterapevt bo'lib, u ushbu asar orqali lagerdagi mahbuslardan tortib qo'riqchilargacha, xullas barchaning psihologiyasidagi ketma-ket yuzaga keladigan bosqichlarni ya'ni ruhiy holatini to'liq va tushunarli tarzda ochib bera olgan. Konslagerdagi mahbuslar ruhiyati bosqichlarining har biridagi o'zgarishlarni chuqur o'rgangan.
Nima uchun lagerga kelgan ayrimlar bir necha kun ichida halok bo'ladiyu, yana boshqa insonlar yillar davomida irodasi bukilmay yashaydilar. Emil Frankl aytganidek, lagerda sog'lig'ida muammosi bo'lmagan, bardam-baquvvat insonlar emas, ruhiy holati kuchli bo'lgan insonlar tirik qolishadi.
Konslagerdagi insonlar zulm va qiynoqlardan azob chekkan deyishingiz mumkin. Aslida esa, konslagerda bo'lgan odam, u yerda qancha vaqt bo'lishini umuman bilmasligidan jabr ko'rgan.Vaqt cheklovi belgilanmagan edi. Konslagerdagi insonlar "vaqtinchalik mavjudlik" holatida edilar. Ya'ni tirik holatdagi o'lik insonlar. "Kelajakni ko'ra olmaslik" holati insonlar ongiga shunchalik chuqur kirib boradiki, o'zlarining hayotlarini marhumning hayoti kabi tasavvur qilishni boshlaydilar.
Aslida insonni dunyoda ushlab
turguvchi katta kuch - bu uning ishonchidir. Agarda uning shu yagona umidi ya'ni ishonchi yo'qolsa u uchun hamma narsa ma'nisizdir. Masalan, konslagerda mahbuslar o'limi asosan Rojdestvo o'tgandan keyin yil yakunigacha bo'lgan davrda eng ko'p kuzatiladi. Nima uchun? Chunki barcha mahbuslarda bayramda o'z uylarda bo'lishga sohta qattiq ishonch bo'ladi. Bayramdan o'tgandan keyin esa, ularda yashashga nisbatan ishonchdan hech nima qolmaydi.
Hayotda ham xuddi stomotolog kreslosining ustidagi kabi, doim asosiysi endi keladi, deb o'ylaganda, asosiysi ortda qolgan bo'ladi.
Biz doim eng asosiysi, eng og'iri, eng kuchlisini kutib yashaymiz. Aslida esa biz barchasini boshdan o'tkazishga ulgurgan bo'lamiz. Barcha qiyinchiliklarda toblanib bo'lgan bo'lamiz.
Har bir insonning hayoti noyob va takrorlanmasdir. Xuddi taqdirni boshqasi bilan taqqoslash mumkin bo'lmaganidek, hech bir insonni boshqasiga tenglashtirish mumkin emas, shuningdek, hech qanday vaziyat aynan bir xil bo'lib takrorlanmaydi, ularning har biri odamni boshqacha harakatga chorlaydi.
Konslager qo'riqchilari esa ashaddiy sadistlardir. Ular shavqatsiz jamoa shakllantirilayotganda maxsus tanlab olingan. Sadistga nima yoqadi? Ular konslager ishchilarining qiynalishidan rohatlanadilar. Boshqa tomondan esa ular necha yillar davomida mahbuslarning qiynalishini ko'raverib sadistlashib boraverganlar.
Dostoyevskiy shunday yozgandi: "Men faqat bitta narsadan qo'rqaman - azobimga loyiq bo'lmaslikdan". Insonning so'nggi nafasigacha tortib olinmaydigan ma'naviy erkinligi unga hayotining so'nggi nafasigacha mazmun bilan to'ldirish imkonini beradi.
Xullas, juda kuchli psihologik asar. Bir inson hayoti misolida barcha-barchasi sodda tushuntirib berilgan. 127 betdan iborat ushbu kitobni tez tugataman deb boshlagandim, mutolaa esa bir necha kunga cho'zilib ketdi. Sababi kitobning har bir sahifasi sizni o'ylantirmasdan qo'ymaydi.
Zavqli mutolaa...
@doctorsmindđź“–

​​Taxminan, 15 yillardan beri Van Gog ijodi mani o’ziga tortib keladi. U paytlari Van Gogning hayoti va qanday asarlari borligi haqida to’liq bilmasdim. Shunchaki Van Gog nomini, rassom ekanligini va "Yulduzli tun” kartinasinigina bilardim, xolos. Ushbu mashhur “Yulduzli tun”ni birinchi marta qarindoshimning uyida ko’rganimda anchagina termulib turganim yodimda. O’shanda surat o’ziga juda ham tortgandi. Qarindoshimdan surat haqidagi ayrim ma’lumotlarni bilib olgandim. Keyin oradan ancha yillar o’tib ketdi, Van Gog va uning asarlari biroz yodimdan ko’tarildi. Talabalik davrimda ya’ni 5-kursda(2016-yil) psihiatriya fani boshlandi va biz ruhiy kasalliklari bor bemorlarda Art terapiyaning ahamiyati haqida darslar o’tdik. Turli ruhiy kasalliklari bor bemorlar tomonidan chizilgan har xil rasmlarni tahlil qildik. Ularning rasmlari orqali o’sha vaqtdagi ruhiy holatlaridagi o’zgarishlarni topishga harakat qildik. Dars oxirisida o’qituvchimiz bizga ham rasm chizish vazifasini topshirdilar va aynan rasmning qanday chiqishiga qarab baho qo’yishlarini aytdilar. Qizig’i hech qanday rasmga qarab emas, aynan o’qituvchimizning tasvirlab berishlari asosida chizishimiz kerak edi. Albatta hammaning rasmi har xil chiqdi. Hozir o’zim chizgan rasmga qarab ranglarni qanchalik to’g’ri tanlaganimni tushunyapman, chunki o’shanda “5” olgandimda) Kimlardir siyohrang, yana kimlardir och havorang ishlatgan.
Van Gog men uchun nafaqat rassom, balkim sabr-matonat ramzi ham bo’lib qolgan. U deyarli 30 yoshgacha turli sohalarda o’zini qidirishga harakat qilgan va bu izlanishlari natijasi o’laroq, buni kech bo’lsada uddasidan chiqqan. Ijodi davomida o’z ishlaridan bir necha marotaba qoniqmaslikni his qilgan lekin shunda ham buyuk ijod namunlarini yarata olgan. Achinarlisi, hayotlik davrida hozirgi kundagidek qadrli bo’lmagan.
Rasmda 8 yil oldingi chizgan rasmlarimiz. Albatta u vaqtlarda hozirgidek Iphone telefonlar urfda bo’lmagan, lekin o’sha vaqtda Art terapiya vaqtida his qilgan o’ylarimni qaytadan eslashga yordam bera oldi. Rasmlardan meni topa olarmikinsizlar?)

​​✍️Virjiniya Vulf
📖”Shaxsiy xona”
“Har bir ijodkor ayolga pul va shaxsiy xona kerak”.
O’sha vaqtlarda dolzarb bo’lgan moliyaviy masalalar va shaxsiy xona muommosi hozir ham dolzarb, hali ham o’z yechimini to’liq topmagan. Men esa faqat ijodkor ayol uchun emas balkim, har bir inson uchun pul va shaxsiy xona kerak degan bo’lardim, ayniqsa har bir ayol uchun. Vulf esa ijodkor ayollar misolida moliyaviy erkinlik va shaxsiy xonaning qanchalik ahamiyatli ekanligini ko’rsatib bergan.
Hamma davrlarda erkak yozuvchilarning asarlari ayol yozuvchilarning asarlaridan yuqori baholangan. Odatda, tanqidchilar urush tasvirlari tushirilgan kitoblarni jiddiy kitoblar, ayollarning kitoblarini esa hech narsaga arzimaydi deb hisoblashgan, ularga kerakmas matohdek qarashgan. Vaholangki, bu ayol yozuvchilar yozishga ruxsat, sharoit, imkoniyat yo’q joyda go’yoki asfaltdan unib chiqqan gul misoli edilar. Ularning bor iste’dodu imkoniyatlarini ochib bera olishlariga har doim oldilarida ma’lum bir to’siqlar qarshilik qilib turgan. Natijada ularning asarlari maishiy mavzular va jilovlanmagan g’azabdan iborat bo’lib qolgan. Ularda erkak yozuvchilardek na sayohat qilish, na odamlar bilan tanishib yangi ma’lumotlar olish va na yig’ilgan taassurotlarni uzoq vaqt dunyodan uzilgan holatda tahlil qilib, o’zi bilan o’zi yolg’iz qolib yozish uchun shaxsiy xona bo’lgan. Bilmadim, bir bobning o’zini yozish uchun qanchadan qancha fikr buzilishlariga duch kelgan ekanlar? Bu holat faqat ijodkor ayollar uchungina emas, barcha ilm yo’lidan ketayotgan ayollarga ham yaxshi tanish. Bir maqolaning yozilguniga qadar necha marotalab chalg’ishlari, adashishlari mumkin.
Vulfning fikrlaridagi bir jihat e’tiboringizni tortmay qolmaydi, u shunday holatda ham erkak yozuvchilarga nisbatan nafrat ko’zi bilan qaramaydi, ularning ijodini doimiy ravishda kuzatadi va o’zining xolis fikrlarini beradi. U ayollarning ham shunday imkoniyatlarga ega bo’lishlarini, erkin ijod qila olishlarini xohlaydi, ayollarning ham erkaklardan kam darajada qobiliyatlarga ega emasliklarini, kerak bo’lsa ulardek ijod qila olishlarini tushuntiradi.
Asarda Vulf o’zidan oldingi va zamondosh ayol yozuvchilarning ijodidagi yutuqlari, kamchiliklariyu muommolarini erinmay tahlil qiladi, yechimlarini ham aytib o’tadi.
Shaxsiy xona faqatgina ijod yoki ilmiy faoliyat uchun emas, balkim qalb sakinati, ichki hotirjamlik uchun ham kerak. Vulf aynan shuni ham nazarda tutgan. U ruhiy erkinlik nima ekanligini, uni moddiyatga bog’liq ekanligini aytgan. Uyda albatta har bir insonning ana shunday burchagi bo’lishi kerak. Hozirgi kunda bu tushuncha “Hygge” atamasiga to’g’ri keladi. Har bir insonning ana shunday “Hygge”si bo’lishi kerak.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har doimgidek telegram kanalim borligi yodimdan chiqib qoldi) Mana necha kundan beri hech nima yozmadim. Instagramga bir nimalar qo’yib turamanu, telegramni eslamayman.
Aytgancha “Kirka”ni chiqqan kuniyoq super muqovali nashrini olib kelgandim. Kitobning sifatini videodan ham bilib olish mumkin.
@doctorsmindđź“–
Aytgancha “Kirka”ni chiqqan kuniyoq super muqovali nashrini olib kelgandim. Kitobning sifatini videodan ham bilib olish mumkin.
@doctorsmindđź“–
Oktyabrdagi navbatdagi mutolaani shu kitob bilan davom ettirishni xohladim. Yangi olamga qiziqarli sayohatim boshlandi.
@doctorsmindđź“–
@doctorsmindđź“–
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har safar shunaqa kitob, kofe, shirinliklar bilan olgan videolarimni ko’rgan akam doim bir gapni aytadilar: “Haliyam shunaqa maza qilib kitoblaringni o’qib yuribsanmi?”.
Afsuski, farzandlarimdan berkinib, tez-tez video va rasmga olishimni, bunaqa xotirjamlikda anchadan beri bemalol kitob o’qib o’tira olmasligimni bilmaydilar))
Nachora, insonning hayoti davomida turli xil davrlar bo’ladi. Ularning har birida yashab o’tishimiz kerak, chunki bolalarimizning bolaligi ham, bizning hozirgi holatimiz ham g’animat.

​​Asl kasbim shifokor, lekin sohamga oid bo’lmagan badiiy kitoblarni o’qishni yaxshi ko’raman. Hozirgi kundagi tig’iz ish faoliyatimni boshlagunimga qadar talabalik davrimda ijtimoiy tarmoqlardagi kitoblarga oid guruh va kanallarda juda aktiv bo’lardim, shularning orasida o’z shaxsiy kanal va sahifalarimga ham juda e’tiborli edim. Hozir ham imkon bo’lishi bilan har xil joy va holatlardan foydalanib kitob o’qib ketaveraman. Bugun shuni yana bir bor tushundimki, hozir faol bo’lmasamda ijtimoiy tarmoqlarda bir paytlar yozgan kitoblar haqidagi fikrlarim anchagina katta zaxira bo’lib qolgan ekan, chunki eski postlarimni haligacha o’qishadi, fikrlar qoldirishadi. Facebook’ga juda kam kiraman, lekin har kirganimda yig’ilib qolgan aksariyat xabarlar ancha oldin yozgan postlarimga izohlar va layklardan iborat bo’ladi. Demak, haligacha qaysidir yozganlarimni ma’lum bir qismini bo’lsa ham o’qishadi.
Kecha bir jurnalist o’zimning soham bo’yicha intervyuga taklif qilib qoldi, to’g’risi, rad qilmoqchi bo’ldim, chunki shifokor-ekspert sifatida yetarlicha intervyularda chiqqanman. Yana bugunga qilgan rejalarimni bitta shu ko’rsatuv uchun o’zgartirgim kelmadi. Oxiri iltimos qilgani uchun majburan bordim. Intervyu boshlanguncha jurnalist “Kitobxonlar davrasi”da yozgan taqrizlarim haqidagi fikrlari bilan suhbatni boshlab, postlarimni ancha oldindan o’qiganini, birinchi filolog deb o’ylaganini aytib qoldi. Odatda, intervyularga instagramdagi ekspertlik blogim orqali takliflar bo’lardi. Kitoblarga oid sahifalarim ko’pchilik uchun noma’lum edi. Xullas, suhbat orasida yaxshiyam rad qilmasdan kelibman, deb o’ylab qoldim)
Aslini olganda, filologiyaga umuman aloqasi yo’q insonman, yozganlarimni ham tahlil yoki taqriz deyishga ham xijolat bo’laman, lekin qandaydir foydasi tegayotganidan xursand bo’laman. Fikrlarimni yozib qo’yish, avvalo, o’zim uchun kerak, qachonlardir yozgan fikrlarim xotiralarni va o’sha vaqtdagi o’ylarimni yana bir bor his qilishga yordam beradi. Albatta ko’p sonli insonlar bo’lmasa ham ma’lum bir sodiq insonlarnigina kuzatishi meni quvontiradi.
P/S: Rasmda 2022-yilda yozilgan postimga hozirgina kelgan izoh. Yaqinda yozgan postimga kelgan fikr deb o’ylab qo’yaqolaman) Avvallari eski postlarimga izohlar kelganda bugungidek e’tibor ham bermas edim.

​​✍️Jorj Oruell
📖”1984”
“Eng yaxshi kitoblar senga o’z bilganlaringni so’zlaydigan kitoblardir”.
Tasavvur qiling, siz shunday zamonda yashayapsizki, bu zamonda o’ylash, fikrlash, odamlar bilan muloqat qilish, xursandchilik qilish va boshqa insoniy xususiyatlarning barchasi qat’iyan taqiqlanadi. Har bir qilayotgan harakatingiz, fikrlaringiz, mimikangiz va hattoki uyqu vaqtidagi tushlaringiz ham nazorat ostida, sizni doimo teleekran orqali kuzatadilar. Ertalab belgilangan vaqtda uyg’onasiz, badantarbiya mashqlarini bajarasiz so’ng ish va kun oxirida uyga qaytasiz, uxlaysiz. Har kunlik tartibingiz shu tarzda belgilab berilgan reja asosida kechadi ya’ni biror yangilik qilishingiz, o’sha kunlardan esdalik sifatida kundalik qoralashingiz, yoki bo’layotgan ishlarga nisbatan biror e’tiroz bildirishingiz aslo mumkin emas. Faqat belgilab berilgan chiziq bo’ylab harakatlanishingiz, o’z ishingizni bajarishingiz, biror insonga muhabbat ko’zi bilan qarashingiz ham mumkin emas. Siz faqatgina “Katta og’a”ni sevishingiz va partiyaga ishonishingiz kerak. Aytgancha, oila qurish, farzand ko’rish mumkin, lekin bu partiya uchun, uni ishchi kuchi bilan ta’minlash uchun, muhabbat bilan oilaviy hayotda yashash uchun emas.
Xullas, mana shunday hayotda yashayotgan Uinston partiya a’zolari tomonidan qilinayotgan ishlarga, “Katta og’a”ning faoliyatiga shubha bilan qarashni boshlaydi. Haqiqatni izlashga harakat qiladi, lekin afsuski tarix voqealariga oid hujjatlar yo’q qilingani uchun hech narsa topa olmaydi. U hattoki yoshi katta odamlar bilan ham suhbatlashib ko’radi, lekin tayinli foyda bo’lmaydi. Partiya odamlarning xotirasiyu ongini o’zgartirishga qodir. Asarda shunday jumla bor: “O’tmishni boshqargan kelajakni ham boshqaradi, hozirni boshqargan o’tmishni ham boshqara oladi”.
Hamma davrlar uchun dolzarb deb hisoblangan ushbu asarni o’qir ekansiz, undagi voqealaru unsurlarni kundalik hayotimizning har bir jabhasidan topa olasiz. Masalan, o’z hayotingizda ko’plab “Katta og’a”larga duch kelgan bo’lishingiz mumkin. Ko’pgina davlat idoralarining o’z “Katta og’a”lari bo’ladi. Ularga shubha bilan qarash yoki qarorlariga e’tiroz bildirish sizni xuddi kitobdagidek xoinga aylanishingizga, ishdan bo’shashingizga yoki boshqa bir og’ir jazo olishingizga sabab bo’lishi mumkin. Shuni ayta olamanki, ko’p hollarda bunday “Katta og’a”larni paydo bo’lishiga ko’p jihatdan o’zimiz sababchi bo’lamiz. Bir insonni juda yuqoriga ko’tarish, hatto iloh darajasida ko’rish, chegaralanmagan imkoniyatlarni taqdim etish eng asosiy sabablardandir. Yana bir misol, asarda “qo’shfikrlik” degan tushuncha berilgan. Deyarli har birimiz hayotimizda ko’p marta shunday insonlarga duch kelganmiz, hatto o’zimiz ham vaqti kelganda “qo’shfikr” inson bo’lganmiz. Hayotda biror narsaga ishonib o’zimiz ko’r-ko’rona unga teskari ishni bajarganmiz. Kitobni o’qir ekanman butun hayotim davomida yo’limda uchragan “Katta og’a”laru “qo’shfikr” insonlarni ko’z oldimdan birma-bir o’tkazdim. O’sha vaqtlarda bu oddiy holdek ko’ringan, ularni tahlil qilishga bilimim ham, dunyoqarashim ham torlik qilgan. Hozir yaxshi tushunyapman, lekin haligacha atrofimizni ko’plab prollar o’rab olgan. Bir gala prollar orasida o’zini bilmaganga olib yashagan yaxshimi yoki xuddi ulardek bo’lishmi?
Xullas, “1984” hozirgi hayotimizda barchamiz ko’rib-bilib turgan ko’plab haqiqatlarni ochiqdan ochiq fosh qilib bera oladigan asar. Barchaga birdek tavsiya qilaman.

Bir necha kundan beri kitob do’konlarni aylangim kelayotgandi, lekin vaqt orttirib hech qayerga bora olmayotgan edim. Bugun ertalab o’zim uchun vaqt ajratishga qaror qilib book.uz’ga bordim.
Bugun umuman reja qilmagan kitobimni xarid qildim, chunki nomi bilan o’ziga jalb qildi. Hech qanday ma’no izlamasdan yengilgina o’qib chiqish uchun yaxshi variant. Bundan tashqari yana bir go’zallikni ya’ni navbatdagi box’imni @love_biiz’dan oldim. Bugun ish stolim juda ham go’zallashdi. Aslida tez-tez shunday o’zgarishlar qilib turmasam kayfiyatimga ham, ish unumdorligimga ham salbiy ta’sir qiladi. Sizchi? Ish yoki dars stolingizni tez-tez o’zgartirib turasizmi?

Bugun @asaxiybooks’ga birrovga kirib chiqdim) Ha, ha birrovga) 11.11 aksiyasi vaqtida kitoblar zakaz qilib qo’ygandim, lekin olish yodimdan chiqib ketibdi. Ertalab telefon qilib eslatishdi)
Dunyo daholari turkumida chiqqan “Albert Eynshteyn” kitobi menga har tomonlama yoqdi. Sifati a’lo darajada. Kitob faqat bolalar uchun emas, balkim kattalar uchun ham qiziqarli bo’la oladi. Biz oilaviy o’qishni boshlab yubordik.
“Hayot uchun 12 qoida” kitobini esa tavakkal xarid qildim. Menimcha, o’qishga arziydigan kitob.
Aytgancha, bookmark'lar sovg’a ekan) Ular ham juda chiroyli ishlangan.

#uzoq_kutilgan_uchrashuv
Kitobxonlar orasida o’ziga xos va mos shov-shuvga sabab bo’lgan "Taxtlar o’yini”ning taqdimot marosimiga bizni ham taklif qilishdi. Yakshanbani ajoyib tarzda o’tkazish uchun juda yaxshi variant. Barchaga borishni tavsiya qilaman!
Aytgancha, kitobni hali ham o’qishni reja qilmagan va sotib olmaganlarga esa ikki martalab tavsiya qilaman.

@factor_books nashriyoti haqida kitobxonlar juda yaxshi bilishadi. Ushbu nashriyot tomonidan chiqarilgan ko’plab kitoblar esa allaqachon o’z o’quvchilarini topgan. Shaxsan o’zim ham bu nashriyot tomonidan chiqarilgan o’ndan ortiq kitoblarni o’qib chiqqanman, lekin ayrim sabablarga ko’ra faoliyatlari to’xtab turgan edi. Shu oy esa bir qancha yangiliklar bilan ajoyib qaytishni amalga oshirdilar. Shulardan biri, Nobel mukofoti sovrindori Toni Morrisonning “Eng moviy ko'zlar” asari edi. Bugun ana shu yangi kitobni menga ham sovg’a sifatida yuborishibdi. Kitob hajmi unchalik ham katta emas, tez orada o’qib chiqib fikrlarimni bildiraman. Nashriyotning keyingi ishlariga esa omad tilab qolaman. Bundan buyog’iga faoliyatlari hech ham to’xtamasin.
@doctorsmindđź“–
@doctorsmindđź“–
✍️Oskar Uayld
📖”Dorian Greyning portreti”
“Boshqa odamga ta’sir qilmoq - unga o’z qalbingni bermoqdir. U birovlarning fikri bilan o’ylab, o’zgalarning ehtirosi bilan yona boshlaydi. Uning fazilatlari ham o’ziniki bo’lmaydi”.
Dunyo yaralibdiki, ichki va tashqi go’zallik tushunchalari hali ham biz bilan birgalikda yashamoqda. Bilamizki, har birimiz uchun go’zallik mezonlari ham turlicha. Kimlar uchundir tashqi go’zallik ikkinchi darajali, qalb go’zalligi asosiy o’rinda bo’lsa, yana kimlardir uchun tashqi go’zallik juda katta o’rinda turadi.
Oskar Uayldning ushbu asari tashqi go’zallikka uchib, qalbini boy bergan inson taqdiri haqida so’zlaydi. Asar bosh qahramoni bir qarashda har qanday insonni go’zalligi bilan hayron qoldira oladigan yosh yigit Dorian Grey. Kunlardan bir kuni rassom Bezil Xolluord bu sohibjamol yigit bilan tanishib qoladi va uning suratini chizishni xohlaydi. Albatta rassom bu ishni qoyilmaqom tarzda bajaradi. Molbertdagi suratni ko’rgan uning do’sti lord Genri bu yigit bilan tanishishni istaydi va bu tezda amalga ham oshadi. Dorian Grey bilan bo’lgan ilk uchrashuvdayoq lord Genri o’zining o’tib ketgan yoshlik davrlarini yodga oladi, yosh yigitchaga hasadi kelib go’zallikning umri qisqa ekanligini, yoshlik esa asrashga arzimaydigan birdan-bir boylik ekanligini uqtiradi. Uning so’zlaridan qattiq ta’sirlangan Dorian bir kun kelib qarishini, suratning esa o’zgarmasdan turishidan g’azablanadi. U surat qarishini, o’zi esa hozirgidek doimo yosh va ko’rkam bo’lib qolishni istaydi, va bu niyatiga ham erisha boshlaydi. U qilgan barcha gunohlar birin-ketin suratda aks eta boshlaydi, o’zi esa yosh va ko’rkamligicha qolaveradi. Asardagi lord Genri har tomonlama keng fikrli, boshqalarga ta’sir etish doirasi kuchli va bu ta’sir eta olishidan o’zi ham rohatlanadigan personaj bo’lib, Dorian doimo uning ta’siri ostida bo’ladi, har bir ishida uning fikrlarini eslaydi. Aslida butun bir asar lord Genrining falsafasi ostida qurilgan bo’lib, yozuvchi o’z shaxsiy fikrlarini shu personaj tili bilan ifodalab beradi.
Aslida surat Dorianning o’zligi, ichki dunyosi edi. U suratni hammadan, hattoki uning muallifidan ham berkitishga harakat qiladi. Biz ham hayotda insonlarga bor holimizcha ko’rinishni xohlamaymiz, kamchiliklarsiz, hamma ishni eplay oladigan shaxs sifatida e’zozlanishni istaymiz. Dorian Grey suratni berkitganidek, biz ham asl ko’rinishimizni boshqalardan yashirishga harakat qilamiz. Mana shu berkitish vaqtida bir gunoh ustidan ikkinchisini qilamiz, ikkinchisini ortidan uchinchisini. Gunohning biri ikkinchisini chaqiraveradi, Dorian Grey ham bir vaziyatni berkitish uchun boshqa bir gunohni qilaveradi, lekin bilmaymizki, inson o’zligidan hech qachon qochib qutila olmaydi. Dorian Grey ham suratni yo’q qilmoqchi bo’ldi, lekin o’z-o’zini halokatga yuz tutishiga sabab bo’ldi. Zero, go’zal narsaning ortida hamisha biron bir fojia yashirinib yotadi.