Doctor's Mind 👩⚕️
#muhim Demak, ertaga ya’ni 2-fevral kuni kechki soat 21:00 da kichik tanlov bo’lib o’tadi. Sizga iqtibos beraman, uni qaysi asardan olinganini topishingiz kerak. Ha aytgacha, sizga yordam sifatida iqtibos olingan asar haqida qo’shimcha ma’lumotlar ham beraman.…
G’olibni aniqladim!
Kecha yozgan shu postimda imlo xatolarsiz yozgan birinchi inson g’olib bo’ladi deb aytgan edim.
Javob: “Frankenshteyn” asari edi.
G’olib: @gayratovna_munis bo’ldilar.
Sizga manzilni olish uchun o’zim yozaman.
Birinchilardan yozgan, lekin imlo xatolar bilan yozgan kuzatuvchilarim xafa bo’lmang, chunki oldindan ogohlantirgandim)
Keyingi yakshanbada ham shunaqa tanlov o’tkazmoqchiman. Akivroq va e’tiborliroq bo’ling. Albatta g’olib bo’lasiz!
@doctorsmind📖

✍️Asya Lavrinovich
📖”Mening baxtimsan”
“Hayot – bu bizga berilgan eng katta sovg‘a, uni har kuni yangi kashfiyotlar bilan to‘ldirish kerak”.
Oxirgi vaqtlarda ikkita kitobni baravar o’qiydigan odat chiqardim. Birini uyda hotirjam holatda o’ylab o’qisam, ikkinchisini esa oldimda olib yurib yo’l-yo’lakay ko’chada, transportda o’qiyman. Albatta yo’l-yo’lakay o’qish uchun tushunilishi biroz yengil, o’qilishi oson asarlarni tanlayman. Bu safar yo’lda o’qish uchun kitob tanlayotganimda ko’zimga “Mening baxtimsan” asari tushib qoldi. Nomi, muqovasi bilan o’ziga jalb qila oldi. Asarni o’qishni boshlashim bilan maktab davrlarim yodimga tushdi, chunki kitob o’smir yoshdagi ikki yoshning birgalikdagi sarguzashtlari haqida so’zlaydi.
Asar syujeti yengil, bir tekis bo’lib, sodda hikoya tarzida ifodalangan. Asar bosh qahramoni muhabbati uchun barcha qiyinchiliklardan o’tishga rozi Maya ismli qiz bo’lib, u bu yo’lda sevgilisi Bogdan bilan uning otasini izlash uchun yo’lga chiqadi. Aynan mana shu sayohat ularni ham o’zligini topishlariga, ham bir-birlarini yanada yaxshi bilib olishlariga yordam beradi. Hikoya davomida o’smirlar o’lim bilan yuzlashadilar, yosh bola hayotini asrab qoladilar, yangi insonlar va yangi mihit bilan tanishadilar. Bu esa ularni yanada kuchli bo’lishga, muommolarni yenga olishga o’rgatdi. Albatta asar haqida spoyler qilishni xohlamayman, muallif Bogdan va Maya munosabatlari orqali inson o’z taqdirini o’zi belgilashi kerakligini, orzularini ro’yobga chiqarish yo’lida ortga chekinmaslikni, o’zini va boshqalarni to’g’ri qabul qilish va munosabatlarda samimiylik eng muhimi ekanligini aytmoqchi bo’ladi. Maya misolida o’z baxtiga erishish uchun inson komfort zonadan chiqa olishi va qiyinchiliklardan qo’rqmay birinchi qadamni qo’ya olish kerakligi ko’rsatiladi.
Asarni o’z yo’lini izlayotgan yoshlarga va samimiy hikoyalarni o’qishni yoqtiradigan kitobxonlarga tavsiya qilaman, chunki asar o’quvchiga yoqimli his-tuyg’ularni beradi va hayotda o’z maqsadini topishiga turtki beradi.
“Sevgi – bu ikki qalbning bir-birini topishi va birgalikda yangi olam yaratishidir.”

#mutolaa
Bugun hajmi juda kichkina bo’lganligi sababli “Oydin tunlar”ni ham o’qishni boshladim.
Aytgancha, muqovadagi imlo xatoga rasmga olgan vaqtimda e’tibor beribman)
@doctorsmind📖
Bugun hajmi juda kichkina bo’lganligi sababli “Oydin tunlar”ni ham o’qishni boshladim.
@doctorsmind📖
#kechikkan_sarhisob
Anchadan beri oylik sarhisobni yozib bormayotgan edim, chunki ish, oila va ilmiy ishimning yugur-yugurlaridan ortib ko’p kitob o’qiy olmayotgan edim. Bu yil juda band bo’lgan vaqtlarimda audiokitoblardan maksimal darajada foydalanmoqchiman.
Yanvar oyidan boshlab har bir o’qigan, sotib olgan kitoblarimdan tortib sarflagan pullarimgacha hisoblab boraman deb reja qildim. Demak, yanvar oyida o’qigan kitoblarim:
1.Meri Shelli - “Frankenshteyn”
2.Mopassan - “Azizim”
Bu asarni birinchi marta bundan 5 yil oldin o’qigandim. Bu safar audio variantda eshitdim. Bilmadim, negadir shu asarni judayam yoqtiraman. Vaqt topib “Azizim” haqidagi fikrlarimni albatta yozaman.
3.Asiya Lavrinovich - “Mening baxtimsan”
4.Dostoyevskiy - “Telba” (mutolaasi hali yakunlanmadi)
5.Jeyms Hedli Cheyz - ”Quzg’un - sabrli qush”(bu asarni ham “Mutolaa” ilovasi orqali audiokotobini tingladim).
Bu oydan boshlab audiokitob o’qishga ham o’tdim. Bu samaradorligimning anchagina ko’tarilishiga sabab bo’ldi. To’g’ri, audio kitob qaysidir kitobxonlar uchun balkim to’g’ri kelmas, lekin menga judayam yoqdi.

Postga rasm qo’yib beradigan bot ishlamayotgani uchun rasm alohida bo’lib qoldi)
O’ylab qarasam, taqriz bilan rasmni bir butunlikda tasavvur qilarkanman. Rasmsiz taqrizim ko’zimga xuddi yarimtadek ko’rindi.

#yangi_kitoblar
Ertalabdan ajoyib seriyadan yangi kitoblar. Stefan Sveyg mening sevimli yozuvchilarimdan biri. Bir asarini o’qisangiz qolganlarini ham beixtiyor o’qigingiz kelaveradi. Kobo Abe nomi esa men uchun yangilik. Sovg’a qilgan insonga katta rahmat! Kerakli vaqtda yetib keldi😊
Aytgancha, bugun kechga yangi tanlov e’lon qilaman. Faol bo’lishni unutmaymiz)

#tanlov
14-fevral "Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni" munosabati bilan @quyoshtaraflarda va @doctorsmind kanallari tanlov o'tkazishga qaror qildik.
Tanlov shartlari juda oddiy bo'lib: ikkala kanalga a‘zo bo‘lishingiz va pastdagi qatnashaman tugmasini bosishingiz talab qilinadi.
G‘oliblarni 16-fevral kuni botning o‘zi avtomatik ravishda aniqlab beradi.
Sizda ajoyib bayram va to'rtta kitobdan birini yutib olish imkoniyati mavjud. Qani, shoshilamiz kitobxonlar.
Postni boshqalar bilan bo‘lishni unutmang.
@quyoshtaraflarda & @doctorsmind

Forwarded from Booklovercouple 📚
📚 14-fevral – Kitoblar ulashish kuni! ❤️📖
Hurmatli kitobsevarlar! 14-fevral faqat sevishganlar kuni emas, Kitoblar ulashish kuni hamdir! 📚 Shu munosabat bilan sizlar uchun maxsus tanlov tashkil qildik. Yaxshi kitoblar – eng katta sovg‘a!
🎯 Tanlov shartlari:
1️⃣ Quyidagi 3 ta kanalga obuna bo‘ling:
• 📌 @booklovercouple
• 📌 @rakhmonalievs_blog
• 📌 @doctorsmind
2️⃣ Ushbu post ostidagi “Qatnashaman ✅” tugmasini bosing.
🎁 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin: Muqaddima – Ibn Xaldun
🥈 2-o‘rin: Anomaliya – Erve Le Tellye
🥉 3-o‘rin: Yashamoq – Yu Hua📚
⏳ Tanlov muddati:
📅 Boshlanishi: 13-fevral
🏁 Yakunlanishi: 17-fevral soat 20:00 (Toshkent vaqti)
🎉 G‘oliblarni qanday aniqlaymiz?
Tanlov yakunida, @BestRandom_bot yordamida tasodifiy g‘oliblarni aniqlaymiz va 17-fevral kuni soat 21:00 da e’lon qilamiz!
📚 Kitoblar – bizni birlashtiradi! Ushbu 14-fevral kuni sevgini va bilimni tarqating! ❤️📖
Omad tilaymiz! 🍀✨

📚 14-fevral – Kitoblar ulashish kuni! ❤️📖 Hurmatli kitobsevarlar! 14-fevral faqat sevishganlar kuni emas, Kitoblar ulashish kuni hamdir! 📚 Shu munosabat bilan sizlar uchun maxsus tanlov tashkil qildik. Yaxshi kitoblar – eng katta sovg‘a! 🎯 Tanlov shartlari:…
Mana siz uchun bayramga yana bir kitobli tanlov. Qatnashing va kitoblarning egasiga aylaning!
Kecha mushugim bilan “Telba”ni o’qib tugatdik)
Hozir miyamda turli xil o’ylar, savollar, ramzlar aylanib yuribdi. Hamma fikrlarimni bir taqrizda ifodalab berishga qiynalsam kerak. Dostoyevskiy yaratgan eng go’zal axloqli inson obrazi telba emas, aslida uning atrofidagi insonlar haqiqiy telba edi. Qaysidir ma’noda asardagi qahramonlarning barchasi telba!

#kayfiyat
Rasmda bugungi Xalqaro kitob sovg'a qilish kunida hech qanday pochtadan va sovg’adan darak yo’qligi sababli “Sen olish emas, berish pozitsiyasidagi odamsan, senga sovg’a berish vaqtidagi emotsiyalar, tasavvurlar ko’proq yoqadiku, nashriyotlar endi sovg’a qilayotgan kitoblarni sen allaqachon sotib olib bo’lgansan” deb o’zimni o’zim tinchlantirayotgan men😄
Xazil qilib yozgan bo’lsam ham shu narsa aniqki, sovg’ani tayyorlash va berish vaqtidagi zavq manda boshqacha o’tadi)
Aytgancha, bugun bir inson sovg'a yuboraman degandi, u inson bilan boshqa kuni uchrashay deb rad qildim.
Kim bugun kitob sovg'aga oldi yoki olmadi? Rasmlari bilan bo’lishing! Kayfiyatimiz ko’tarilsin.