🔥13🥰3❤🔥2❤2
#yangi_kitoblar
Bugun ishdan biroz chalg'ish maqsadida anchadan beri bormayotgan kitob do’konim @bookuzbekistan’ga tashrif buyurdim. Do’konda yangiliklar bisyor, ko’rib maza qildim. Ayniqsa Dostoyevskiy burchagi, o'zgacha fotozona, qayta ishga tushgan bookcafe, yangi chiqqan kitoblar…
Ertalabdan kechgacha shu yerda vaqt o’tkazsangiz ham zerikmaysiz. Afsus, vaqtim kamligi bois tez-tez kitoblarni tanlab, rasm-videoga olib, bookcafedan yo’lda yeb ketish uchun muzqaymoqni olib qaytishga majbur bo’ldim. Keyingi safar bemalolroq bo’lib yana boraman.
Aytgancha, “Mening otim qirmizi”ning sifati ma’qul bo’ldi, shriftlari ham katta-katta chiqibdi.
@doctorsmind📖

❤8❤🔥4👍2🥰1👏1😍1🍓1
#tavsiya
Turk tilini o‘rganishning eng yaxshi tarafi bu o‘sha tildagi sifatli kitoblarni o‘qishdir.
Quyosh qizi ham turk tili o‘rganishni xohlayotganlar uchun yangi guruh ochyapti ekan. Narxlari ham juda hamyonbop.
Batafsil ma‘lumot uchun: @quyoshli_turkcha, yozilish uchun @quyoshning_qizi ga murojaat qilishingiz mumkin.
@doctorsmind

🔥7❤4🥰2👏2🤩2
#sovga
Kutilmaganda sovg'a olish yaxshida) Ayniqsa o’zing kutgan kitob bo’lsa.
E’tibor uchun @kitobsevar_xonimcha va @bookuzbekistan jamoasiga rahmat.

❤11🥰4❤🔥3🔥3😍3👏1
✍️Stefan Sveyg
📖”Noma’lum ayol maktubi” novellalar to’plami
Stefan Sveyg sevimli yozuvchilarimdan biri. Uning hikoyalarini tez-tez qaytadan o’qib turaman. Uning har bir kichik novellasidan ham anchagina anglashlar olish mumkin. Ushbu to’plamda uning 4 ta novellasi(“Ayol hayotidan yigirma to’rt soat”, “Murabbiya”, “Noma’lum ayol maktubi”, “Vahima”) o’rin olgan bo’lib, ularning har biri haqida ancha fikrlar yozish mumkin. Bugun “Vahima” novellasi haqida yozmoqchiman.
Asar syujetiga biroz to’xtalaman. Irena Vagner xonim mehribon er va tinch oilaviy hayotga ega baxtli ayol. Kunlarning birida u bir xillikdagi hayotiga o’zgartirish kiritishni xohlab qoladi va xiyonatga qadam bosadi. Hayotimga yangi sarguzashtlarni olib kiraman deb o’ylagan ayol katta xatoga yo’l qo’yadi. O’ziga halovat o’rniga vahima, vijdon azobi va tahlikani sotib oladi, lekin buni tushunganda esa kech bo’lgan edi.
Ko’pincha o’z hayotimizdan norozi bo’lamiz, yangilik kiritishga, nimalardir qilishga harakat qilamiz. Aslida esa o’zimizni jar yoqasiga itarayotganimizni bilmaymiz.
Stefan Sveyg ushbu kichkinagina novellasi orqali har qanday ayb ish tufayli yuzaga keladigan qo’rquv va vijdon azobi jazodan ham yomonroq ekanligini, uning inson ongini ham boshqara oladigan kuch ekanligini ko’rsatib beradi. Hech e’tibor qilganmisiz, qachondir kimgadir yolg’on so’zlashga majbur bo’ldingiz yoki biror xato ish qilib qo’ydingiz. Ana shu yolg’on oshkor bo’lmasligi uchun qancha sinovlardan o’tasiz, joningiz azobda bo’ladi, lekin oshkor bo’lgan vaqtda o’zingizda yengillikni his qilasiz. Jazo olishingiz yoki sizdan xafa bo’lishlari aniq bo’lsa ham boshqacha yengillik tuyasiz, qalbingiz taskin topadi. Chunki vijdon azobi, vahima, ichki kurash bu - eng kuchli dushmanlardir. Ular inson ongini o’z izmiga sola oladi. Inson vahimada har qanday ishni qiladi. Bu bilan vaqtinchalik xotirjamlikka erishgandek bo’ladi lekin bu butunlay oshkor bo’lgan vaqtdagi yengillikning o’rnini bosa olmaydi.
Shuning ychun ham Stefan Sveygning novellalarini yaxshi ko’raman. Ularning har birida ayollar taqdiri va ruhiyati orqali nozik psihologik tahlil beradi. O’qishni tavsiya qilaman. Yechimi esa undada ajoyib.

Qo’rquv jazodan yomon. Jazoda harqalay ravshanlik bor. Jazo kattami, kichikmi, har holda noma’lumlikdan, cheksiz kutish dahshatidan yaxshiroq”.

👍5🥰3❤🔥2❤1🔥1👏1
Kanalim ham huvillab qoldi…
Yil boshidan beri maza qilib kitob o’qiy olmayapman. Kitob o’qishni boshlashim bilan hayolim ilmiy ishimga ketaveradi. O’zimga mos bemor topish, qonini yig’ish, tekshirish…
Xullas o’zim bilan o’zim bo’lib qolganman. Aslida tibbiyot sohasida ilmiy ish qilish boshqa sohalarga qaraganda ancha qiyin, chunki ishingiz faqat kitob titish va arxivda o’tirishdan iborat bo’lmaydi. Bemorlar bilan birma-bir muloqot, qonini yig’ish, tekshirish, materiallar tahlili…
Xullas, ana shunday hayotda yashab yurgan vaqtimda shu yigitning bookclub guruhidagi kitobxonlar keyingi muhokamada qatnashishimni so’rashdi. Yo’q demasdan tanlangan kitob “Jenni Gerxardt”ni o’qishni boshladim. Bilmadim, belgilangan muddatgacha tugata olarmikinaman, lekin harakat qilaman. Axir Drayzer olamiga kirishni o’zim taklif qildim, endi va’damni bajarishim kerak)
@bookuzbekistan’dan chiqqan ushbu chiroyli gulli seriyani olganimga yillar bo’lib qolibdi. Navbati bugunga to’g’ri kelgan ekan.

🔥9👍6❤5🥰2👏1🤩1😍1
#mutolaa
O’tkan yili shu kitobni boshqacha taassurotlar bilan o’qib chiqqandim. Hozir yana uni qayta o’qishlik kayfiyat bo’lmoqda. Aynan shu asar, film kitob bera oladigan taassurotning bor yo’g’i 50%ini ham bera olmasligining yana bir isbotidir.

❤8👍3🎉3🥰1🤩1
Forwarded from Zabarjad Mediа
Zabarjad Media nashriyoti va Santuagara hamkorlikda yil loyihasiga start beradi!
Mazkur postni ulashish orqali siz barcha ayol-qizlarimizni rag‘batlantirgan va nomlarini kashf etilishiga sabab bo‘lgan bo‘lasiz.
Bizdan uzoqlashmang, tez kunda loyiha haqida batafsil ma'lumot beramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🎉2🔥1👏1
✍️Teodor Drayzer
📖Jenni Gerxardt
Drayzer olamiga kirish, uning asarlari bilan tanishishni anchadan beri reja qilardimu lekin hech boshlay olmasdim. Bugun “Jenni Gerxardt” asari orqali bu olamga kirdim. Asar Amerikada istiqomat qiluvchi bir muhojir nemis oilasining hayoti bilan boshlanadi, aniqroq aytganda voqealar rivoji shu oilaning katta qizi Jennining hayoti atrofida aylanadi.
Bir oilaning qiyinchilikdagi hayoti bilan boshlangan asar asta-sekin o’sha davrdagi zodagon jamiyat va o’rta qatlam insonlarining kundalik hayot tarzini ochib beradi.
Jenni - g’o’zal, yoqimtoy, itoatgo’y, boriga qanoat qiluvchi, fidokor, qiyinchiliklarga bardoshli, o’zidan ko’ra boshqalar foydasini o’ylovchi va bir so’z bilan aytganda har tomonlama erkaklar uchun qulay ayol. Bir martagina ko’rgan erkakda unga nisbatan iliq fikrlar shakllanadi. Jennining hayotiga ikki erkak kirib keladi. Biri qisqa vaqtga kirib kelgan senator bo’lsa ikkinchi zodagon oiladan bo’lgan Lester ismli yigit. Ikkisi ham bir xil maqsad asosida Jenniga yaqinlashadilar.
Kitobni varaqlar ekanman dastlab Jennining hayoti misolida o’sha davr Amerika hayoti faqat g’urbatdan iborat bo’lganmikin deb ham o’ylab qoldim. Bir g’urbat ustiga yana bir g’urbat. Jennidek ayol hozir dunyoda bormikan degan savol ham hayolimda aylandi. Aslida Jenni shu qadar beg’uborki, uning axloq doirasiga to’g’ri kelmaydigan ishlari sababli ham yomon ko’rib qolmaysiz. Keyin yana o’ylab qoldim, bunday qulay, hamma narsaga ko’nuvchan, o’z “men”iga ega bo’lmasdan yashash faqat Jennidek kimlarningdir qo’lida ermak bo’lishga olib keladi.
Jenni sodda, samimiy, mehribon qiz edi, ammo jamiyat buni qadriga yetmadi, uning bu jihatlarini ojizlik deb bilishdi. Jenni hayotiy vaziyatlar qurboni edi. U bu vaziyatlarda qaror qilmadi balki shavqatsiz hayot uni majbur qildi. Jennining ruhiyati chuqur hovuzga o’xshardi, go’yoki uning bor go’zalligi yashirin, ichki olamida edi.
Asardagi yana bir qahramon bu - Lester. Jennining chuqur hovuzdagi go’zalligini to’laligicha his qilgan, ammo jamiyat ta’qiqlaridan o’ta olmagan, o’z manfaatlarini ustun qo’yadigan, kezi kelsa Jennidan foydalanadigan qahramon.
Asar saviyasi jihatdan kimlar uchundir pastroqdek, o’qishga arzimasdek tuyilishi mumkin, lekin chuqur mulohaza yuritilsa ko’p muommolar ko’tarib chiqilgan. Albatta o’qib ko’ring.
@doctorsmind📖
📖Jenni Gerxardt
Sevgi — har qanday tuproqda o‘sadigan gul.

❤7👍3🥰1👏1🤩1😍1
#mutolaa
Bugun ishdan biroz chalg’ib “Momaqaymoq”ni o’qishni boshladim. Boshlanishidan samimiy tuyg’ular haqidagi asarligi bilinyapti.

🥰9❤3