#sovga

Kech bo’lsa ham bugungi sovg’alarimni ko’rsatay)

O’zi faqat sovg'a kelganda post qilyapman)

@bookuzbekistan’dan ajoyib kitoblarni ajoyib o’ramda qabul qilib oldim. Doimgidek, did bilan tayyorlangan.

Ha aytgancha, ertaga @bookuzbekistan’da bolalar bayrami munosabati bilan ajoyib tadbir bo’larkan. Farzandingiz, jiyaningiz bilan albatta tashrif buyuring.

Bayram rejasi haqida bu yerda ma’lumotlar to’liq berilgan.

@doctorsmindđź“–
Yaxshiyam yonimda doim kitob olib yuraman. Bugun ham uzoq muddatli navbatda katta yordam bermoqda. “Ko’rlik”ning mutolaasini bugun ertalab boshladim. Hozircha har tomonlaman ma’qul bo’lmoqda.

Ikkinchi kitob esa “Huzur” nashriyotidan sovg'a. Buni “Ko’rlik”dan keyin boshlayman.

@doctorsmindđź“–
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir qarindoshimiznikiga hayit bayrami munosabati bilan mehmonga bordik. Mehmonxonaga kirishim bilan e’tiborim shkafdagi kitoblarga tushdi. Odatda ko’p oilalarda mehmonxonadagi shkaflarda qimmat idish-tavoqlar joy egallagan bo’lardi. Bunaqa manzaraga qarindoshlarimiz orasida birinchi marta duch keldim. Qanday kitoblar bor ekan deb o’tirgan joyimda bittalab o’qib chiqdim) Ketish vaqtida tezlik bilan rasmga ham ovoldim) To’g’risini aytsam, qarindoshlarimiz mani kitob o’qishimni ham, yig’ishimni ham, kichkina blogim borligini ham bilishmaydi, faqat ilmiy kitob o’qiydigan vrach sifatida tanishadi. Hammaning oldida suratga olishga uyaldim.
Ketish oldidan bizga ham kitoblar sovg'a qilishdi. Anchadan beri @pingvinbooks kitoblarini va mnemonikaga oid rasmdagi kitobni olishni o’ylagandim, sovg’aga keldi. Baribir eng yaxshi sovg’a bu - kitob.

@doctorsmindđź“–
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa

Navbatdagi yangi mutolaam)
Ilk sahifalaridanoq yoqqani uchun ancha o’qib qo’yibman.

@doctorsmindđź“–
#mutolaa

"So’nggi nafas havoga qorishmasdan"ning tarjima va tahriri yaxshi qilingan, lekin tibbiyotga oid so’zlarda ketgan xatoliklarni ko’rmasdan o'tib keta olmaymanda)

Tarjima yoki tahrirga oid xatoliklarni sezmasligim mumkin chunki filolog emasman, lekin atamalar shundoq ko'zimga tashlanadi.

@doctorsmindđź“–
#Yakshanba_vibe

Yakshanba o'zimning qo’lbola pankeyklarim va “So’nggi nafas havoga qorishmasdan” bilan xotirjamlikda boshlandi. Bugun tugashi kerak.

Siz qanday kitob(lar) o'qiyapsiz? Nomi va rasmlari bilan bo’lishing)

@doctorsmindđź“–
#sovga

@asaxiybooks’dan shunaqa chiroyli kitob va shu kitobga mos ajoyib taklifnoma oldim.
Kitob autist bolajonlarning o’zgacha dunyosi haqida bo’lib, shifokor sifatida mavzu man uchun qiziq. Taqdimotgacha kitobni albatta o’qib chiqaman, hajmi katta emas.

@doctorsmindđź“–
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#unpacking

Telefonim xotirasidan ancha oldin tayyorlagan shunaqa unpacking videoyimni topib oldim. Bu kitobni bahorda @quyoshtaraflarda sovg'a qilgandilar.
Unpacking videolar ko’rsam, o’zim olsam va tayyorlasam dam olaman, miyam qandaydir tinchlangandek bo’ladi)

@doctorsmindđź“–
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 01:41:30
Back to Top
HTML Embed Code: