Telegram Web Link
#tezkor

Toshkentdagi barcha chorrahalarga kamera va fotoradarlar o‘rnatiladi

2022-yilda mavjud 605 ta chorrahaning barchasiga zamonaviy maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalar o‘rnatiladi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#tezkor

Toshkent shahrining 10 ta ko‘chasida pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi

Joriy yilda, Toshkent shahrining 10 ta ko‘chasida, xususan, “Fidokor”, “Amir Temur”, “Nukus”, “Bratislava”, “Mirobod”, “Glinka”, “Avliyoota”, “Shevchenko”, “Said Baraka”, “Moshtabib” va “Yakub Kolas” ko‘chalarida pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#tezkor

Toshkent va Xorazmda «prava»ni imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko'ra, Toshkent shahrida fuqaro R.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro N.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qisqa muddatda o‘qishga bormasdan haydovchilik guvohnomasini 900 AQSh dollari evaziga imtihonsiz olib berishga ishontirib, shundan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Xorazm viloyatida fuqaro J.A. fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali viloyat YHXBda haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Bu ochiq bozor, monopoliya emas! — Komil Allamjonov Yagona imtihon markazi ochish uchun talablarni sanab o'tdi

Mass media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Ozodlik nashriga bergan intervyusida Yagona imtihon markazi ochish uchun talablarni bajargan istalgan korxona litsenziya olishi mumkinligi ma'lum qildi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#muhim

🚘 Haydovchilarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarishi, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

💵 BHMning ikkidan bir qismi = 135.000 so‘m

📄Jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida to‘lansa = 94.500 so‘m (30% chegirma)

👉 Haydovchilar uchun kanal!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Nima uchun Toshkent imtihon markazi rahbarligi xorij fuqarosiga topshirildi?

Mass media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Ozodlik nashriga bergan intervyusida nima uchun aynan Daniel Burk Toshkent imtihon markazi direktori etib tayinlanganini tushuntirib berdi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#dolzarb

Shu yilning 16-fevral kuni Toshkent shahar hokimligi rahbariyatining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida, aslida, jamoatchilik hokimiyat vakillariga yuqoridagi suratdagi g‘oyani yetkazishmoqchi bo‘lishdi.

Odamlar taksi yoki shaxsiy avtomobilidan ko‘ra jamoat transportini afzal ko‘rsin, piyoda yursin. Shahar ko‘chalari shu g‘oya asosida ta’mirlanishi, qayta qurilishi kerak. Ammo shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov bu g‘oyani umuman tushunmagan. Tushunmasa ham kerak.

Buni yaqqol ko‘rsatib beradigan iqtibos:

"Bir narsani tushunmadim. Birinchidan bu polosalarda odamlar yurmaydi, mashinalar yuradi... Demoqchisizki, 1200 ta avtomobil boshqa joyda yurishi kerak, ularning o‘rnida avtobuslar yurishi kerakmi?..

Transport harakati oqimini odamlar soni bilan o‘lchash noto‘g‘ri..."

Boshqa izoh ortiqcha.

©davletovuz

👉 Haydovchilar uchun kanal!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Yagona imtihon markazi uchun yer belgilangan tartibda olinganmi?

Mass media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Ozodlik nashriga bergan intervyusida Yagona imtihon markazi uchun Sergeli tumanidan 3 gektar yer qanday olingani haqida gapirdi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#dolzarb

Haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qanday ishlaydi?

Ichki ishlar vaziri haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qanday ishlashini ma’lum qildi

“Agar haydovchi tomonidan 12 oy davomida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballarining umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga esa bonus ballari hisoblab boriladi”, deydi Po‘lat Bobojonov.

Shuningdek, yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri ishlab chiqilishi ma’lum qilindi. Unda, jumladan, Toshkent shahri va yirik shaharlardagi markaziy ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishining tezlik cheklovlari qayta ko‘rib chiqiladi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#tezkor

«Yoshiga to‘lmagan» inomarkalar uchun import boji ikki bosqichda pasaytirilmoqda

O‘zbekistonga avtomobillar import qilishda bojxona bojlari ikki bosqichda pasaytiriladi. Qaror imzolangan paytdan e’tiboran boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tushirildi, shuningdek avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham o‘rtacha ikki barobar va undan ko‘proqqa kamaytirildi;

2023-yil 1-yanvardan boshlab,
avtomobil dvigateli quvvatiga bog‘langan qo‘shimcha koeffitsiyentlar yana bir bor ikki va undan ko‘proqqa kamaytiriladi; shu bilan birga, 15 foizlik asosiy boj stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Bojxona bojlarining pasaytirilishi faqat yangi (ishlab chiqarilgan sanasidan O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tgan kungacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan) avtotransport vositalarigagina taalluqli.

Ishlab chiqarilganiga 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan avtomobillar importi uchun avvalgidek 30 foizlik bojxona boji va qo‘shimcha koeffitsiyent (har bir kub sm uchun 3 dollardan) hisoblanadi. Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan avtomobillar uchun 40 foizlik boj va qo‘shimcha koeffitsiyentlar avvalgidek amal qilaveradi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#tezkor

🚗 1-apreldan UzAuto Motors avtomobillari faqat buyurtma bergan odamning nomiga rasmiylashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining bugun qabul qilingan 78-sonli qaroriga asosan, 1-apreldan boshlab UzAuto Motors bilan shartnomani kim tuzgan bo‘lsa, avtomobil salondan chiqqach mashina YHXXda o‘sha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

Bu – birdaniga o‘ntalab mashinaga buyurtma berib qo‘yib, ular chiqqach mashinani “nol probeg” bilan boshqa odamga sotuvchilarga qarshi chora sifatida qabul qilindi. Endi ular notariusda oldi-sotdi shartnomasi qilishga majbur bo‘lishadi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#dolzarb

🚘 Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini boshqarish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

💵 BHMning o‘n baravari = 2.700.000 so‘m

📄Jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida to‘lansa = 1.890.000 so‘m (30% chegirma)

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#tezkor

UzAuto Motors «Malibu 2»ga shartnoma tuzishni to‘xtatdi

Yangi arizalar qabul qilish qachon boshlanishi noma’lum.

«Bu modeldagi avtomobillar uchun xorijdan uskunalar keladi va biz ularni yig‘ib, mijozlarga yetkazib beramiz. Bunda o‘zining belgilangan miqdori bo‘ladi va bu miqdor bo‘yicha shartnomalar to‘liq tuzib bo‘lingan.

Keyingi yig‘iladigan avtomobillar soni aniq bo‘lgandan keyin shartnomalar qabul qilishni yana boshlaymiz. Bu qachon boshlanishi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Mart oyida ochilib qolish ehtimoli bor», degan kompaniya xodimi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Toyota Corolla tormoz tizimi nam yo'lda tekshirilganda. Tezlik 80 km/soat

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#tezkor

UzAuto Motors “narxlarni ushlab turish davri yakunlanayotgani”ni e’lon qildi

Kompaniyaning O‘zA'da e’lon qilingan bayonotida 2 yil davomida narxlar oshirilmagani iddao qilingan. Biroq davlat byudjetiga to‘lanishi kerak bo‘lgan 3 foizlik yig‘imni kompaniya qachondan boshlab avtomobillar narxi ustiga mindirib yuborganiga aniqlik kiritilmagan.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#dolzarb

“Yoshiga to‘lmagan” inomarkalar narxi qanchaga arzonlashadi?

Ishlab chiqarilgan sanasiga 1 yil to‘lmagan yangi transport vositalari importi uchun bojxona boji va avtomobil dvigatelining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar pasaytirildi. Kun.uz yangi tartib narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini hisobladi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#tezkor

Rasman! UzAuto Motors narxlarni 10-12 foizga oshirdi

Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar tuzish bugun, 3-martdan boshlanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati e’lon qildi.

Gentra 12 foizga, Cobalt, Nexia, Spark va Damas 10 foizga qimmatlashdi. Malibu va Tracker narxi o'zgarmadi.

🔹 Spark 3-pozitsiya, avtomat – 104 095 000 so‘m

🔹 Nexia avtomat – 117 967 000 so‘m
🔹 Nexia avtomat (qo'shimcha opsiyalar bilan) – 119 921 000 so‘m

🔹 Cobalt 4-pozitsiya – 125 795 000 so‘m

🔹 Lacetti 1-pozitsiya – 128 284 000 so‘m
🔹 Lacetti “full” komplektatsiya – 153 506 000 so‘m

🔹 Tracker 2-pozitsiya – 255 200 000 so‘m
🔹 Tracker Redline – 264 000 000 so‘m

👉 Haydovchilar uchun kanal!
#dolzarb

O‘zbekistonda har 1000 kishiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.

Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
2025/06/30 04:17:14
Back to Top
HTML Embed Code: