Telegram Web Link
Ayni paytda "Mard o‘g‘lon" Davlat mukofotiga nomzodlar bilan suhbatlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Suratda, yaqinda SATʼdan 1590 ball olgan Saʼdulla va Manzilbek bilan. Talabgorlar orasida barchasi mana shunday yuqori salohiyati yoshlar.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👏27👍9🥰32🔥1
Bir farzandga ota-ona qanday investitsiya sarflashi mumkin? Yoshlar liderini ota-onasi qanday qo‘llab-quvvatlagan?

Eng yosh senator, yosh rahbar bugun bitiruvchilar bilan uchrashuvda mana shu haqda barchaga gapirib berdi, mana shu chiqish barcha yoshlarga katta motivatsiya beradi, albatta yoshlarga, farzandlaringizga, jiyanlaringizga, o‘quvchilaringizga ko‘rsating:

https://www.instagram.com/reel/DKKTh9eI2uT/?igsh=MWtjdGFsNGd3aGNjdw==

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍155🔥2
MMTV bahorgi attestatsiyaga uzrli sabab bilan kira olmagan o‘qituvchilarga qayta attestatsiya tashkillaydimi?

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori 45-bandida pedagoglar uzrli sabablar bilan qatnasha olmasa ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilishi belgilangan.
Hozirda yuzlab o‘qituvchilar qolib ketgan, ularga esa kuzda tashkil etamiz, degan javobni bermoqda vazirlik.

Lekin bu pul to‘lab qo‘ygan oʼqituvchilarga - iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda. Chunki, attestatsiya jarayoni aynan vazirlik tomonidan o‘qituvchida ko‘plab pulli masalalar bog‘lab tashlangan, yana kimlardir esa olis hududlardagi maktablarga borib o‘qitishga harakat qilyapti, bularning barchasiga toifalari muhim.

Vazirlik zudlik bilan mazkur yuzlab uzrli sabablar bilan attestatsiyaga qatnasha olmagan ustozlarga qo‘shimcha attestatsiya tashkil etib berishi shart deb hisoblaymiz!

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍566
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek kinosining shoh asarlaridan biri "Abdullajon" suratga olingan joylarning hozirgi holati ekan.
Bolaligimizni yodga soluvchi kino.

Mana shunday kinolar olingan joylarni madaniy turizm obyekti qilib juda zo‘r biznes proyektga aylantirsa bo‘ladi aslida...

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍3216🥰1
Respublika o'qituvchilarining uzrli sabab bilan attestatsiya imtihonlaridan qolib ketgan ustozlarga qo'shimcha imtihon tashkil qilib berish bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri H. Umarovaga murojaati.

Kecha vazirlikka borgan ustozlarga uchragan vazirlik masʼuli kulguli javoblar berib qaytaribdi, emishki, hamma o‘qituvchi shu ustozlardek vazirlikka kelib ariza yozishlari kerak ekan. Qayerda bu qonun yozilganligiga kechadan buyon tushunmayapman. Hamma guruhda tinmay so‘rab yotishibdi ustozlar bir bo‘lib, shuni so‘rayapti hammasi.
Vazirlik rostan ham mingga yaqin ustozlarni vazirlikka birma-bir Andijondan Qoraqalpog‘istongacha joylardan kelishini xohlayaptimi ovora bo‘lib? Nima keragi bor har yili attestatsiya o‘tgach bir oy ichida bo‘ladigan imtihonni bu yil hamma ustozni xafa qilib, kuzda o‘tkazamiz, deb oyoq tirab turib olish?
Bunaqasi ketmaydi masʼullar, siz xalqqa qulaylik yaratish uchun siz o‘sha yerga qo‘yilgansiz, boshqa sababdanmas.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍537👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Гилам тўқиб сотадиган опамизни инглиз тилида ҳотиржам гапиришини қаранг.
Менимча инглиз тили ўқитувчиси бўлган бўлсалар керак, гапиришларидан.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
42👍36🥰3😁1🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Нега шундай молиявий пирамидаларга аслида жамиятни етаклаши керак бўлган ўқитувчилар қайтариб,  огоҳлантириш ўрнига энг биринчи ўзлари чув тушиб қолаверишади?

Услуб эски, вазифа янги: Ўзбекистонда минглаб одамлар навбатдаги молиявий пирамида қурбони бўлди

Ўзбекистон дунё фирибгарларининг чўнтагини тўлдирадиган “касса”га айланиб қолмоқда: OMD номли янги молиявий пирамида одамларни “китоб ўқиш орқали пул топиш” баҳонасида чув тушириб, миллиардларни ўмарди. Тўланган пуллар турли шахслар номидаги банк пластик карталарига P2P кўринишида ўтказилган. Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар югураётган фирибгарларни ҳамон юриб қувишда давом этмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/20697224

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
12👍7
Тютюрин тошкентлик эканини билармидингиз?

1973 йилда суратга олинган ,,Неисправимый лгун’’ (ўзбекча дубляжида ,,Тўғри сўзнинг тўқмоғи” деб номланган) кинокомедиясини севиб томоша қилмаганлар орамизда топилмаса керак.
Георгий Вицин талқинидаги содда,алдашни билмайдиган оддий сартарошнинг ёлғон гапирмай доимо тўғри сўзлаши оқибатида турли кўнгилсиз вазиятларга тушиб қолиши ҳақидаги бу кино мана ярим асрдан ошса ҳамки томошабинлар эътиборидан тушмай келмоқда.

Фильмдаги воқеалар гўёки Москвада бўлгандек туюлсада, съемкаларнинг асосий қисми ўзимизнинг Тошкентда суратга олинганини кўпчилик билмаса керак.

Тютюрин қизчанинг фонтанга тушиб кетган коптогини олиб бериши саҳнаси, Тютюрин ишлайдиган ,,Гўзаллик салони”, Брухтаний Иккинчи Иккинчининг резиденцияси ҳам Тошкентда жойлашган эканлигини айтсак кўпчилик хайратга тушиши табиий.

Брухтаний Иккинчи Иккинчининг резиденцияси собиқ Ленин музейидан сал пастроқда, Мустақиллик майдони қаршисидаги ,,Романовлар саройи” бўлади.

Тютюрин ишлайдиган ,,Гўзаллик салони” эса ўша даврдаги Ленин проспекти, 40- уйда жойлашган бўлган. Бу хозирги Мустақиллик кўчасидан ,,Жемчуг” дўкони томонга юрганингизда чап томонингизда келади.

Тютюрин коптокни олмоқчи бўлган фонтан эса Навоий театри қаршисидаги ўзимизнинг машхур фонтан эканлиги кинони ўнлаб марта кўрган томошабинларнинг хаёлига ҳам келмаган бўлса керак.
Мана энди бу кинони қайтадан кўрсангиз, илгари хеч ахамият бермаган Тошкентимизнинг таниш жойларини кўриб, бошқача бир таассуротлар олишингиз аниқ.

Тютюриннинг тошкентлик эканлигини тушуниб етиш эса икки карра ёқимли бўлса керак.

©Шораҳмат Қурбонов

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍3614🔥3😱2
Бугун ўқиб қолганим, Мисрлик иқтисодчи Гала Аминнинг The Illusion of Progress and Decline асарида Араб жамиятларининг Ғарб маданиятига ҳавас қилиши тўғрисида сўз борар экан қизиқ бир феномен кўрсатилганига гувоқ бўлдим ( бир нарсаларни жуда эслатди):
"Уқдат ал-Хаважа" — Мисрдаги хорижликлар ва хорижий товар ва хизматларга ҳаддан ташқари ҳурмат синдроми 🌍

Мисрда кенг тарқалган маданий ҳолат — "Уқдат ал-Хаважа" (عقدة الخواجة) деб аталади. Бу атама чет элликларга, айниқса оқ танли ғарбий мутахассисларга нисбатан ортиқча ҳурмат ва улкан ҳавасни англатади.

💬 Маънода бу шунчаки ибора эмас — бу постмустаъмлакачилик тафаккуридан келиб чиққан ижтимоий ҳолат.

📌 Бу синдром қандай кўринишда намоён бўлади?

🔹 Хорижий маслаҳатчиларга маҳаллий мутахассислардан кўра кўпроқ ишониш
🔹 Импорт маҳсулотларнинг сифатини маҳаллийлардан устун деб ҳисоблаш
🔹 Турли конференция ва тадбирларда Ғарбдан келган спикерни миллий мутахассисдан кўра обрўли деб қабул қилиш

📣 Мисрликлар кўпинча шундай дейишади:

"دي عقدة الخواجة!" — «Бу ўша Уқдат ал-Хаважа-ку!»
👉 Яъни: “Фақат чет элдан келгани учунгина яхши деб ўйлаяпсан.”

🧠 Бу комплекс қуйидагилар билан боғлиқ:

Маданий ўзликни қадрламаслик

Ғарбча "идеал"лар билан ўлчаш

Медиа ва бозор таъсирида шаклланган истеъмол фикрлашуви

🎯 Эътиборли жиҳати — Мисрда ўзи етарлича билимли, салоҳиятли, илғор мутахассислар бор. Лекин "Европадан келган оқ мутахассис" обрўси остида "Уқдат ал-Хаважа" яна ҳам мустаҳкамланади.
Сизга-чи, бу ҳеч нимани эслатмаяптими?

© Laziz Xo‘jaqulov

Garchi bu maqola boshqa mavzuda bo‘lsa ham lekin mening hayolimga maktablardagi xindistondan kelgan "til egalari" keldi negadir...

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
😁1815😢9🔥4
👍30😢142😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ватанга, миллатга, она тилига муҳаббат ҳар ерда, ҳар онда бўлиши керак — Аббосбек Файзуллаевнинг отасига раҳмат!
Баъзилар бор, ҳаттоки оиласида, фарзандлари билан ажнабий тилда гаплашади.
Аббосбекни Россия кубоги финалидаги ғалабаси билан самимий қутлаймиз!

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
81🔥13👍9
Har bir pedagog ham, ota-onalar ham ko'rishi kerak bo'lgan podkast

"Tanaffus" podkastining 17-sonida nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham mashhur bo‘lgan insonlardan biri Xayrulla Hamidov mehmon bo'lib, ustozlar haqida juda ham ibratli fikrlarni aytib berdi.

O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'lsa, belgilab qo'yilgan sarlavhalar ustiga bosing:

03:06 - Kuchli xotira haqida
➡️ BATAFSIL

10:22 - Xayrulla Hamidov ta'lim tizimimizga necha baho beradi?
➡️ BATAFSIL

20:22 - Nega ilgari o‘qituvchilar qadri baland bo‘lgan?
➡️ BATAFSIL

27:20 - O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘sining tushishiga qanday omillar sabab bo‘lyapti?
➡️ BATAFSIL

31:02 - Mashhur sportchilar maktabi haqida gapirish kerakmi?
➡️ BATAFSIL

36:55 - O‘qituvchilar haqida ko‘rsatuvlar ko‘proq bo‘lishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

38:34 - Ustoz otadan ulug‘mi?
➡️ BATAFSIL

51:55 - "Ustozlarni o‘zimdan ustun deb bilaman" — Xayrulla Hamidov
➡️ BATAFSIL

55:06 - Ustoz shogirddan uzr so‘ramasligi kerak
➡️ BATAFSIL

59:24 - Ota-onalarga ko‘p narsa bog‘liq
➡️ BATAFSIL

01:02:28 - Ovoz chiqarib kitob o‘qish foydasi haqida
➡️ BATAFSIL

01:04:18 - Jamiyatimizni kitobxonlikka qiziqtira olamizmi?
➡️ BATAFSIL

01:21:29 - Yoshlarda milliy g‘urur qanday shakllanadi?
➡️ BATAFSIL

01:28:36 - Ma’naviy tadbirlar foyda beradimi?
➡️ BATAFSIL

01:39:28 - Fan olimpiadasi afzalmi yoki sport?
➡️ BATAFSIL

01:46:52 - Nega biz "Nobel"ni orzu qilmaymiz?
➡️ BATAFSIL

01:50:45 - Nega fan olimpiadachilari yuzidan reklamalarda foydalanmaymiz?
➡️ BATAFSIL

01:52:17 - Sportchilar maktab sport maydonchalarini homiylik asosida ta’mirlab berishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

01:58:11 - "Tanaffus" muxlislari ko‘payishi kerak
➡️ BATAFSIL

▶️ To'liq video — https://youtu.be/Q8PEvkFVzEk

Telegram l Facebook l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥2👏1
Hurmatli ta'lim sohasi fidoiylari!

Ko'pchilikda ilmiy ishga kirishishdan, maqola yozishdan avval
"qanday boshlayman", "nimadan boshlayman", yoki "qanday tadqiqot qilaman" kabi savollar qiynaydi.

Shu kabi fundamental masalalarga javob topish hamda ilm-fan yo'liga dastlabki qadamni ishonch bilan qo'yish maqsadida sizlarni “Tadqiqot 101: Ilmiy ish asoslari” onlayn kursiga taklif etamiz.

📌 Kurs mazmuni:
Bu kurs ishtirokchilarga tadqiqot asoslarini o‘rgatadi. Unda ular ilmiy tadqiqot nima ekanligini, uning bosqichlarini, miqdoriy va sifatli yondashuvlar farqini, adabiyotlar sharhini qanday yozish kerakligini va tadqiqot savollari, maqsad bayonotlari va gipotezalarni to‘g‘ri tuzishni o‘rganadilar.

🎯 Kurs yakunida ishtirokchilar:
– Tadqiqot muammosini aniqlash va asoslashni bilishadi.
– Muammoga mos yondashuvni tanlashni tushunishadi.
– Adabiyotlar sharhini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi.
– Tadqiqot maqsadi, savoli va gipotezasini yozish texnikasini o‘zlashtirishadi.
– Tadqiqot etikasi va ishonchlilikning ahamiyatini anglab yetishadi.

🎓 Kursni Polshaning Varshava universitetida ta'lim sohasida doktorantura tadqiqotchisi bo’lgan ustozimiz Nigora Mamadaminova (profil, video) olib boradilar.

📅Kurs jadvali: Zoom orqali, haftada 1 marotaba, kechki payt, 1.5 soatdan. Umumiy 7 ta dars
🧭Kursga yozilish muddati: 10-iyungacha
💵Kurs narxi: 399 000 so’m

Ro’yhatdan o’tish uchun ushubu formani to’ldiring:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfhOR580uTBz2upcFZy-zz-hMW7OlzD-wqjNlQfzODzqFXn3w/viewform?usp=header

Qo'shimcha savol va mulohazalarni @phdustoz kanalining izohlar bo'limida yozishingiz mumkin.

@phdustoz
🤣1
Иш ҳақи, пенсия, нафақа ва стипендиялар 10 фоизга оширилади

Президентнинг бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсия, нафақа ва стипендияларни инфляциядан паст бўлмаган даражага оширишга доир фармони имзоланди. Kun.uz танишган ҳужжат лойиҳасига кўра, 1 июлдан пенсиялар ва нафақалар ҳамда кам таъминланган оилаларга болалар нафақалари ва моддий ёрдам тўловлари миқдорлари, 1 августдан бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялар миқдори 10 фоизга оширилади.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
🔥7👍5😁5👏41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Зар қадрини заргар билади.
👏Китоб ўқиган инсон хеч қачон хор бўлмайди.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍4310🔥5👏2😁2🥰1
2025/07/14 02:58:22
Back to Top
HTML Embed Code: