Telegram Web Link
Айби айтилганда “Миллатни айблама. Ҳамма миллатда ҳам ёмонлар бўлади” деб овозни ўчирадиганлар!

IELTS баъзи натижалар бекор бўлиб, биратўла Ўзбекистондан чиқиб кетиши мумкин деган гап сўзлар кучая бошлади. Биласизми нега?

Тушадиган саволлар тарқашни бошлаяпти. Биздаги баъзилар шуниям расвосини чиқаришяпти мана. Англия ва умуман Cambridge бунга шунчаки кўз юммайди. Индамайгина Ўзбекистонда имтиҳон ўтказишни тақиқлаб қўяди.

“Соққа келяпти-ю уларгаям” деб фикрловчи калтафаҳмлар! Дунёдаги энг ишончли ва шу сабабли топ 100 университетларга ҳам сўзсиз қабул қилинадиган адолатли имтиҳон бу. Биздан келадиган соққа сариқ чақа бундай нуфуз олдида.

Нега Қозоғистон ё Қирғизистонда тарқамаяпти шу саволлар? Нега Россия ё Европада тарқамаяпти шулар? Айнан бизда.

Агар яна шу ҳолат юз берса бизда IELTS ёпилиб, ўқувчилар қўшни давлатларга ўтиб топширишга мажбур бўлиб қолишлари мумкин.

Чора кўрилиши керак! Коррупция аралашмаган, кам сонли ҳалол имтиҳонлардан бири шу. Баъзи ҳаромдан хазар қилмайдиган нокасларни деб бошқалар жабр чекиб қолмасин!

(c) Abdulaziz Saidalixonov

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
🔥59👍24😢1911🤣3
Билл Гейтсдан муваффақиятга эришишнинг 5 сири.

Гейтcнинг фикрига кўра ҳар бир инсон ўзи учун қоидаларни яратиб олиши керак. Биз ҳозир сизга бу инсоннинг ҳаётидаги энг асосий 5 қоидасини келтириб ўтамиз. Бу қоидаларни миллиардер ўз ҳаётининг ажралмас қисми деб ҳисоблайди.

Биринчидан, инсон ҳамиша юморга бой бўлиши керак деб ҳисоблайди Билл Гейтc. Чунки ижтимоий ҳаётда ҳам, реал ҳаётда ҳам бундай инсонлар ҳамиша илиқ кутиб олинади ва доим суҳбатдошлар тасаввурида вазиятни юмшатувчи инсон сифатида гавдаланади.

Иккинчидан, айтилган ишни ҳамиша ўз вақтида бажаришга ҳаракат қилинг ва ҳеч қачон учрашувларга кечикманг. Гейтcнинг фикрига кўра, инсон айтилган вақтда ишни бажармаса, бошқаларда унга бўлган ишонч йўқолади ва уни ҳеч қачон тиклаб бўлмайди.

Учинчидан, дўст танлашда, одамларни ишга ёллашда имкони борича тўғри қарор чиқаришга ҳаракат қилинг. Ҳеч қачон баландпарвоз гаплар билан кишини ўзига ром қилишга уринганлар билан яқин муносабатлар ўрнатманг. Улар ўз иши битгунча сиз билан яқин бўлади, холос.

Тўртиничидан, Гейтcнинг тамойилларига кўра бировга қилдириш мумкин бўлган ишни ҳеч қачон инсон ўзи бажармаслиги керак. Бу фикрни у кўп бора ўз бизнесида исботлаб берган.

Бешинчидан, бировга иш буюраётган вақтда ҳамиша энг дангаса инсоннни танлаш лозим деб ўйлайди Билл. Чунки ялқов инсон ҳамиша муаммонинг энг осон йўлини қидиради ва топади. Бундай инсонларнинг табиати шундай бўлади ва ақлли инсон бундай вазиятни ҳам ўз фойдасига ҳал қила олади. Охирги фикр қисман учинсининг давоми бўлиши мумкин дейди миллиардер.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍27👏43
Bir guruh jurnalist va blogerlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan


Salim Doniyorov — «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati bosh muharriri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan


Iqboljon Mirzaaliyev — «Jadid» gazetasi bosh muharriri

«Do‘stlik» ordeni bilan


Raixan Amangeldiyeva — MTRK Nukus teleradiomarkazi filiali tasvir yozish guruhi katta elektr mexanigi
Zoxida Kenjayeva — To‘raqo‘rg‘on tumani «Davr» gazetasi muharriri
Kamol Matyakubov — «Adolat» gazetasi muxbiri
Farxodjon Mirsharipov — Farg‘ona viloyati teleradiokanali bosh muharririning o‘rinbosari
Shuxratjon Oripov — «Biznesni rivojlantirish banki» axborot xizmati rahbari
Abdijalol Raximov — Chinoz tumani «Chinoz hayoti» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari
Andrey Titchuk — MTRK «Dunyo bo‘ylab» telekanali axborot-informatsion dasturlar muharririyati montajchisi
Saydulla Urinboyev — MTRK «Madaniyat va ma'rifat» telekanali teleoperatorlar guruhi teleoperatori
Xaydar Xasanov — MTRK «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi direktori o‘rinbosari
Ro‘zimboy Hasanov — «XXI asr» gazetasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan


Akbar Nurmatov — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining kafedrasi mudiri
Baxor Xolbekova — «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalarining Sirdaryo viloyati bo‘yicha muxbiri

«Sog‘lom turmush» medali bilan


Ibraxim Djumayev — Navoiy viloyati «Salomatlik» gazetasi muharriri

«Kelajak bunyodkori» medali bilan


Mirali G‘iyosov — Toshkent shahridagi «Sharoit plus» NNT loyiha menejeri

«Shuhrat» medali bilan


Fazliddin Abilov — «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati bosh muharririning o‘rinbosari
Dilmurod Avazov — «Oriat Dono» radiosi musiqa muharriri
Munojot Adilova — «DaryoUz» internet nashrining tahrir bo‘limi musahhihi
Eldar Asanov — «Asanov formati» telegram kanali asoschisi, bloger
Sobit Ahatov — «XabarUz» internet nashrining bo‘lim muharriri
Nigora Gapirova — «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalovchisi
Xidoyat Djumayev — Buxoro viloyati teleradiokanalining teleoperatori
Aziz Karshiyev — «KunUz» internet nashri muharriri
Shamshidin Koraboyev — Farg‘ona viloyati ommaviy axborot vositalari faxriylar kengashi faoli, fotosuratchi
Zilola Madatova — «Ma’rifat» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari
Nikita Makarenko — Ijtimoiy tarmoqlardagi «Effekt Makarenko» sahifasi asoschisi, bloger
Xolmumin Mamatrayimov — O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha sharhlovchisi
Gulrux Muminova — Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari tahririyati maxsus muxbiri
Shuxrat Muslimov — MTRK «O‘zbekiston MTRK teleradiomarkazi» davlat muassasasi televideniye va radio ko‘chma texnika xizmati boshlig‘i
Ahmad Nur — Toshkent shahridagi «SAS-Media» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Kamoliddin Rabbimov — «Kamoliddin Rabbimov» telegram kanali asoschisi, siyosatshunos va bloger
Sarvarjon Raximov — MTRK «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi siyosiy sharhlovchisi
Nargizaxon Rashidova — «Mening yurtim» telekanali efirga uzatish bo‘limi muharriri
Elina Sakayeva — «GazetaUz» internet nashri muharriri
Salima Samatova — Kasbi tumani axborot-kutubxona markazining mutaxassisi
Xayrulla Hamidov — MTRK «Sport» ijodiy birlashmasi sharhlovchisi
Laziza Sherova — «O‘zbekiston ovozi» gazetasining parlament faoliyati bo‘limi mudiri
Nilufar Yaqubjonova — Andijon viloyati teleradiokanalining radio guruhi katta muharriri


@Xushnudbek kanalidan olindi.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍1311
Bugungi kasb bayrami bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabriklayman. Yozgan postu maqolalariz qaysidir iflos gazanda, xalq dushmanlarini qaqshatsa ham xalqimiz, davlatimiz manfaatiga xizmat qilsin, hayrli bo‘lsin har bir ishingiz. It huradi karvon o‘tadi, yurt ravnaqi, vatan manfaatiga xizmat qiling qolganiga tufuring!

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
🔥14👍114🥰1
O‘rganib qolganmiz: kontrabandaga qarshi kurashish – bojxona va soliqchilarning muammosi. Lekin aksizi yo‘q tamaki bozorlarni, mahallalardagi rastalarni to‘ldirganda, bu har birimizning muammoimizga aylanadi.

DNP Study 2024ga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida noqonuniy tamaki mahsuloti bozorning 17,4% ini egallagan, ayrim shaharlarda bu ko‘rsatkich 25% gacha chiqadi. Bunday savdodan hududiy byudjetlar yo‘qotishlari birinchi 5 oyning o‘zida 85 milliard so‘mga baholanmoqda. Tasavvur qiling: bu shifokorlar maoshlari, yo‘l qurilishi yoki yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga sarflanishi mumkin bo‘lgan mablag‘lardir.

Lekin o‘zgarishlar ham bor. Namanganda viloyat Soliq boshqarmaasi tom ma'noda bozorga chiqdi. Reydlar o‘tkazilmoqda, tadbirkorlar bilan uchrashilmoqda, ma'rifiy kampaniya ishlamoqda. Va eng muhimi – fuqarolar «Soliq hamkori» ilovasi orqali jalb qilinmoqda: noqonuniy savdoni ko‘rdingmi – rasmga ol, manzilni ko‘rsat va yubor – shunda 2 mln so‘mgacha mukofot olasan.

Bu oddiy rag‘batlantirish emas – bu real jamoatchilik nazorati mexanizmidir.

Yodda tutish muhim: kontrabanda tamaki – bu «arzonroq»gina emas. Bu – nazoratsiz, sertifikatsiz, zaharli qo‘shimchalar ehtimoli bo‘lgan mahsulotdir. Birinchi navbatda yoshlar xatarga qo‘yiladi.

Shu sababli, jim turmang. Ko‘rdingizmi – xabar bering. Bu – qonuniy, xavfsiz va ta'sirchan chora. Qanchalik ko‘p odam qatnashsa, yashirin bozor uchun shuncha kam joy qoladi.

Noqonuniy savdo – mavhum tushuncha emas. Bu o‘z shahringizga berilgan zarbadir.

📎 Batafsil – Anhor.uz tekshiruvida:
👉 Tamaki kontrabandasi: budjetga zarba, sog‘liq uchun xavf, qonun uchun sinov

@domlajon
5👏5
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони эълон қилинди.

Қувонарлиси, мазкур мукофот билан тақдирланганлар орасида каналимда сизларга таништирган Сабина Набиева ҳамда Парвиз Туксoновлар ҳам бор.
Барча мукофотланганларни табриклаймиз!

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
7👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan AQShning Arizona universiteti 3-bosqich talabasi Sabina Nabiyevaning mana shu chiqishini har ko‘rganimda ko‘zimdan yosh kelaveradi. Bu eng yurakdan chiqqan samimiy nutq bo‘lgan edi.🥲❤️

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
56👍15😢6🥰4🔥3👏1
Fikrlar Ulashuğı
Sinfdagi "Kalmar O‘yini": O‘zbekistоnning ta’lim strategiyasiga tanqidiy qarash
Juda oshirvorishibdi, fikriga uncha qo‘shilmadim. Qiziq, kanalida 45 tagina odam, kim ekan bu anonim muallif? Bir suhbatlashgim keldi)
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunday maktablar bizning davlatimizda ham tezroq yaratilishini intizorlik bilan kutamiz.
Oz qoldi, erishamiz bunga.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
19👍16😱1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasini final bosqichini g‘oliblari aniqlandi

Mahalla, shahar va tuman undan so‘ng viloyat bosqichida bellashgan 18-22 yosh oralig‘idagi mahalla yoshlari final bosqichida jami 14 ta jamoa bo‘lib bellashishdi.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birga qilib ko‘ring, juda ajoyib terapiya bo‘lar ekan.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍25😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda O’zbekiston Prezidenti yoshlar bilan uchrashmoqda.

Hozirgina davlatimiz rahbariga o’zining eaten.uz loyihasini taqdimot qilgan Xadicha Suyarova bilan suhbatlashdim.

- Men uchun hayotimdagi eng unutilmas voqea sodir bo'ldi, sizga uzoqroqdan aytib bersam, masalan men o'zi oddiy oiladan chiqqan qizman, dadam svarshik bo’lib ishlaydi asfalt zavodda, onam oddiy oiladan, o'qituvchilar, meni hayotimdagi eng katta burilish yasagan narsa bu — hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan “El-yurt umidi” jamg'rmasini ta'sis etilganligi bo’ldi va men Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri Edinburg universitetini bitirib keldim.

Hozir men o’zim asos solgan loyiha eaten.uz loyihasi haqida aytib berdim, bu loyihamiz mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirish va eng asosiysi faqat mehmonxonalar yoki turistik joylar emas, oddiy aholiga qo'shimcha daromad keltiradigan bir loyiha.

- Davlat rahbariga, menimcha, sizni loyihangiz ma'qul keldi, siz bilan suhbatlashib qoldilar?

- Davlatimiz rahbari menga juda ham katta ishonch bildirdilar, bu loyiha O'zbekiston turizm salohiyatini ko'tarishiga ishonch bildirib, xodimlarga topshiriq berdilar, bu qizimizga yordam beringlar, butun Respublika bo'yicha mana shu loyihani yo'lga qo'yish kerak dedilar.

- Demak, sizni loyihangizga ko'ra istalgan o'zbek xonadoni o'zining uyida sayyohlarni chaqirishi mumkin, bir dasturxon atrofida, to'y marosimlar atrofida yig'ilishi mumkin, to'g'rimi? O'zbekistonni yaxshiroq tanitishi va bundan pul topish mumkin.

- Xuddi shunaqa, masalan Samarqandda oddiy qurt tayyorlaydigan uylar bor, biz bordik turistlar bilan birga, ular birga sigir sog’ishi mumkin, birgalikda jarayonni kuzatadi, oddiy qurtni tayyorlab ko'radi va undan tanovvul qilishadi, bu ularga o'zigacha gasht beradi, shunchaki kelib ko'rgandan ko'ra.

Manba: Mikrofon ko‘targan qiz

Biz "Tanaffus" podkastimizning yangi sonida shu qiz Hadichaxon hamda uning turmush o‘rtog‘i Abdulaziz Suyarov bilan juda qiziq suhbat qurganmiz, yangi sonini kuting, juda ajoyib suhbat bo‘lgan bu bilimli kelin-kuyov bilan.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
11👍7🔥1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda so‘ngi yillarda muddatli to‘lov kreditlari hajmi oshib ketganini iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yaqinda xavotirlanib aytgan edi. Shu videodagi holat hozirda ko‘pchilikda kuzatilayotgan bo‘lsa ajab emas.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
😢23😁5🤣4👍32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy professional fotograf, mobilograflarni ishini ko‘rib rohatlanasiz.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍557👏4🥰3🔥1
O‘zbekistonda bugundan boshlab pensiya va nafaqalar oshadi

📌 1-iyuldan boshlab:
• Eng kam yoshga doir pensiya - 918 000 so‘m
• Nogironlik pensiyasi - 1 012 000 so‘m
• Bolalar nafaqasi: 3 yoshgacha - 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha - 275 000 so‘m, ikkinchi farzand uchun - 165 000 so‘m, uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun - 110 000 so‘mdan.
• Moddiy yordam - 420 000 so‘m
• pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - 471 000 so‘m.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
4😢1
Imaginative Girl 🦢
Шу аёлни мудира қилиб, ҳамкасбларига мастер класс ўтказиш керак. Ҳақиқий боғча опа @imaginative_girl
Bog‘cha ustozlarga o‘z bolasidek bo‘lib ketadi tarbiyalanuvchilari.
Yana bir gap, bog‘chani bitirish ham maktabni bitirishdek dabdaba bo‘lib ketganmi shunday?

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
😁12
Эстония таълим вазири 8 ни 4 га кўпайтира олмади

Эстония таълим вазири Кристина Каллас «8 ни 4 га кўпайтирса неча бўлади» деган саволга жавоб бера олмади.
Телекўрсатувга чақирилган вазир таълим «фақат математика формулаларидан иборат эмаслиги»ни таъкидлаган. Шунда бошловчи саккизни тўртга кўпайтирса неча бўлади, деб сўради.
«Билмайман», — деди вазир.
Кристина Каллас — таълим ва интеграция соҳасида эксперт, сиёсий ва давлат арбоби. 2016 йилда «Триадик алоқаларни қайта кўриб чиқиш: Эстония, Россия ва эстониялик руслар ўртасидаги этносиёсий алоқалар таҳлили» мавзусидаги диссертацияни ёқлаб, сиёсий фанлар доктори даражасини олган.


👉 https://xabar.uz/j4uy

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
😁2817👍2😱1
Шахсан ўзим бориб докторларининг малакаларига ва шароитларига қойил қолиб келган машҳур шифохона докторлари Фарғонага келмоқда экан, ҳамма водийдаги яқинларингизга юборинг, фойдаланиб қолишсин эҳтиёжи бор инсонлар:

Хиндистоннинг энг нуфузли клиникалардан BLK - MAX шифохонасининг юкори тажрибали гепатолог шифокори билан Консультация!
Агар сизда;

Жигар касалликлари, жигар церрози, гепатит В,С ,
Ошқозон-ичак муаммолари
Катталар ва болаларда жигар хасталиклари
Безовта қилаётган бўлса, ушбу консультацияга ташриф буюринг ва керакли тавсияларни олинг.

Манзил:
📌9-10- июль кунлари Фарғона шаҳар Ж.Румий кўчаси 2 Б Уй "Эндомед плюс" клиникаси

📝Шошилинг!
Ҳозирок кўнғирок қилинг ва рўйхатдан ўтинг:

☎️
+998950470552
+998334977711

Телеграм:
@Helpcareassistant
@Health_check_up
👍155👏4
2025/07/14 09:32:06
Back to Top
HTML Embed Code: