Telegram Web Link
Gʻalvirdan koʻrmaydigan kishi koʻrdir
1
Alloh taolo mo'min bandasini uchta sabab uchun bemorlik bilan imtihon qiladi:

1. Alloh bandaning qilgan xatolarini bemorlik bilan ketkazib, uning pokiza holda jannatga kirishini hohlaydi.

2. Alloh bandasini O'zidan uzoqlashib ketganini ko'radi. Uni O'ziga qaytarish uchun kasallikka mubtalo qiladi. Inson bemor bo'lsa, siniqadi va Allohga qaytadi. Alloh misol bilan taqqoslashdan oliydir. Ammo tushunishimiz uchun aytamizki, qo'ylar chekkaga chiqib ketsa, cho'pon uni darhol asosi bilan qaytaradi. Qaytib kelsa, boshqa tegmaydi.

3. Alloh taolo bandasiga jannatda oliy maqom hozirlab qo'ygan bo'ladi. Banda amali bilan u joyga yeta olmaydi. Alloh unga bemorlik kabi narsalarni berib, darajasini ko'taradi. O'ziga tayyorlab qo'yilgan maqomga munosib bo'ladi.

Adham Sharqoviy " Nabaviy tarbiya" kitobidan.
👍521
Forwarded from bakiroo
Йўқ, йўқ ва яна йўқ!

Ўзбекистонда АЭС қурилмаслиги керак, ҳар бир соғлом ақл эгаси, Ўзбекистонни ватаним деган ҳар бир ўзбекистонлик бу қандай кулфатлар яратишини англаб, тушуниб, ҳис қилиб турипти.

АЭС бу сиёсий хатар. Давлат мустақиллигини сўроқ остида қолдиради.

АЭС бу иқтисодий хатар. АЭС бу ижтимоий хатар. АЭС бу экологик хатар.

Ёлғон гапириладиган маконда, ҳукумат халққа ҳисобдор бўлмаган юртда АЭС қурилмаслиги керак. Қайси ақл дунёни ядровий шантаж билан қўрқитаётганларга, ўзлари қурган иккита АЭСни босиб олганларга АЭС қурилишини ишониб топшириши мумкин?

Бугун бор, эртага йўқ қанақадир Султоновлар, қанақадир Мирзамаҳмудовлар, қанақадир Аҳмедходжаевлар АЭС қуриб тажриба ўтказишмоқчи бўлишса, марҳамат, бунинг учун Ўзбекистондан бошқа макон танлашсин.

Мен рози эмасман, рози бўлмайман. Бизнинг Ўзбекистондан бошқа захира ватанимиз йўқ!
41
Ismlarimiz bizniki. Sifatlarimiz esa, odamlarniki. Ular bizga muomalamizga qarab sifat berishadi. Kuni kelib ismlar ketadi, sifatlar qoladi. Ortimizda bizga Allohdan rahm qilishini so'rab qoladiganlar qolsin!
👍2
👍3
Tutding kibr, kinu nafrat,
Suyganing ham molu davlat,
Voz kecharga keldi muhlat,
Oh nafsim, naylayin seni?


"Men" kitobidan Fotih Duman
1👍1
Ma'suliyati og'ir bo'lgan odamning imtihoni ham og'ir bo'ladi.
👍7
Kitob bilan zehningni tarbiyalaysan. Masjid bilan qalbingni.
3👍31
Kim kutar sendan vafoni,
Yolg'on dunyo sen emasmi?
Muhammadi Mustafoni
Olgan dunyo sen emasmi?

Sehr ila aldab zotini,
Maydonga solib otini,
Olamga dard sirtmog'ini
Solgan dunyo sen emasmi?

Qasd aylab xalqning o'ziga
Tuproq to'ldirib ko'ziga,
G'aflat ahlining yuziga
Kulgan dunyo sen emasmi?

"Men" kitobidan
💯5
Tavakkal shahrida mardlar kezadi noshud esa o'lguncha reja tuzadi
🔥5
Alloh bir narsani xarom qilgan bo'lsa halolini ochib qo'yib, keyin xarom qiladi.

Yorqinjon Domla (kasb tanlash darslaridan)
👍3
Agar podshohlarning xulqi yaxshi bo'lsa qullarining xulqi yomonlashadi. Agar podshohlarning xulqi yomon bo'lsa qullarining xulqi yaxshilanadi
👍4👎1
Forwarded from Kutubxona
Hayot qiziq : begonalar qadrdonlarga aylandimi, bas, bilginki, sen ham kimgadir begonasan, lekin begonalarga emas, eski qadrdonlaringga.

©️Murod Muhammad Do'st (Galatepaga qaytish) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Raqamli dunyoda qancha ko'p vaqt sarflaydigan bo'lsak, diqqatni jamlash xususiyatimiz yomonlashgani sababli idrokimiz shunchalik pasayib boradi.

© Klaus Shvab
(To'rtinchi sanoat inqilobi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
👍4
Inson yoshligidan mustaqil qaror va ma'suliyatni odat qilmasa, keyinchalik irodasizligi yoki irodasi bilan mustaqil qarordan va uning ma'suliyatidan qochishga harakat qiladi.

✍️ Yulo Vooglayd "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
2👍2
Ba'zi insonlar yoshligidan qaridir, boshqalari esa ko'p yillar yashasa-da navqirondir. Yetuklikka ulg'ayish orqali erishiladi, qarish - bu muqarrarlik.
👍72
2025/10/21 11:30:30
Back to Top
HTML Embed Code: