Telegram Web Link
Ota-onamizning baxtli bo'lishi ham bizning tinch-totuvligimiz, sog'-salomatligimizga bog'liq. Ota-onaning umri farzandi uchun tikilgandek, go'yo.
Ota-onalarimizni qadriga yetaylik, zero bugun bunga imkonimiz bor.

Siz o'zingizga o'rgatib qo'ygan insonlar uchun doimo mas'uldirsiz.
7👍1
Forwarded from Vatandosh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hukumat vaziyatni o‘zgartirmasa, 20 yildan keyin Toshkentda yashab bo‘lmaydi” – ekologlar

Dunyoning eng arzon poytaxtlari, eng sovuq poytaxtlari, eng issiq poytaxtlari kabi turli solishtirma reytinglarda e’tirof etib turiluvchi Toshkent shahri so‘nggi yillarda yana bir reytingda tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Bu “Dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari” reytingi.

5 millionga yaqin odam istiqomat qilayotgan Toshkent havosi, afsuski, so‘nggi yillarda turli sabablarga ko‘ra, keskin yomonlashdi. Energetika sohasidagi yomon boshqaruv, paydarpay, rejasiz qurilishlar, daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanishi, transport vositalarining ko‘payishi va poytaxt atrofidagi uning havosiga salbiy ta’sir qiluvchi boshqa jarayonlar qadim kentning osmonini toza havoga tor qildi.

Avval boshda holat kritik darajaga borsa-da, bu haqida gapirgan jamoat faollari ovoziga ko‘p ham e'tibor berilmadi. Havo sifatini tekshiruvchi manbalar ma'lumotlari konspirologiya deb biluvchilar, Toshkent changi inson salomatligi uchun zararli emas, deb aytganlar ham bo‘ldi. Savollar ko‘p, javoblar turfa.

“Vatandosh” intellektual klubining bu galgi munozarasi Toshkentning yashash uchun xavfli ob-havosi va uni qanday yaxshilash mumkinligi masalalariga bag‘ishlandi.

📱 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Forwarded from Turakulov | Mutolaa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Go'zal tarbiya uchun go'zal shaklda yozilgan Go'zal Xulqlar kitobi 😊

☀️Kitob yozishda @GiyosiddinYusuf o'zining sodda va bola tilida yozadigan o'z uslubiga ega. Bu kitobga shaxsan o'zim ham boshqacha mehr qo'ydim. Ustozlar ham bu kitobni tavsiya qilganlari bejiz emas. Xususan, Mubashshir Ahmad ustoz hamda Rustamjon domlalar.

Kitobni farzandingiz, uka-singlingiz hamda jiyanlaringizga sotib olishni xolis tavsiya qilaman.

📞 @qamar_delivery yetkazib berayotgan ekan.

🍉 @v_turakulov_stories
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
Маййитнинг қабрдаги биринчи кундан йигирма беш йилгача бўлган ҳолати:

• Аввалги кечада қорин ва фаржларидан хид чиқишни бошлайди. Субҳаналлоҳ! Одам боласи дунё ҳаётида кўп эътибор берган ва сақлашга тиришган бу икки нарса аввалги кечадан сасишни бошлайди. Сўнгра, жисм кўкара бошлайди. Тез орада бутун жасад бир хил рангга киради.
• Иккинчи кунда бутун тана аъзолари — жигар, буйрак, талоқ, ичаклар чиришни бошлайди.
• Учунчи кунда барча аъзолардан сассиқ ҳид чиқа бошлайди.
• Бир хафтада юз қисмда, яъни кўзлар, тиллар, яноқлар шиша бошлайди.
• Ўн кунда бутун аъзолар ишиб кетади.
• Икки ҳафтада сочлар ва бадандаги бошқа туклар тўкила бошлайди.
• Ўн беш кунда қора пашша жасаднинг ҳидини беш километр узоқдан сеза бошлайди. Бу орада қабр қурти бутун жасадни ўраб олади.
• Олти ойда фақатгина суякларнинг ўзи қолади. Бошқа аъзоларни қурт еб битиради.
• Йигирма беш йилдан сўнг бу суяклар хам чириб, майда дончалик қисми қолади. Бунинг ичида кичкина суяк чиримайди. Манашу кичкина суякдан қиёмат кунида қайта тириламиз...
• Мана туну кун авайлаб парваришлаган жисмимизнинг ахволи! Мана шуни деб Аллоҳ таолога исён қилган жисмимизнинг ахволи!

Қабр кунда бизга беш марта нидо қилиб:
1. Мен ёлғизлик уйиман! Қуръон тиловатини ўзингга мунис қилиб кел!
2. Мен зулмат уйиман! Кечалари намоз ўқиб мунаввар қилиб кел!
3. Мен тупроқ уйиман! Солиҳ амалларни тўшаб кел!
4. Мен илонлар уйиман! Тирёқинг(илон заҳрига қарши дори)ни тайёрлаб кел! У "БИСМИЛЛАҲИР РОҲМААНИР РОҲИЙМ"дир.
5. Мен Мункар ва Накир уйиман! Шаҳодат калимасини кўпроқ айтиб кел!

Энди қабрдаги холингни бир тафаккур қилиб кўр! Қай аҳволга тушасан? Қурту қумурсқалардан қандай қочиб қутиласан? Қаёққа қочасан? Тавба қил, жигарим! Солиҳ амалларни кўпайтир! Ўз ҳолингга ўзинг раҳм қил!

@konspektor
👍711🔥1
⚡️РЎЗАГА ОИД КЎП ТАКРОРЛАНАЁТГАН САВОЛ-ЖАВОБЛАР (6-қисм)

Фитр садақасини аёллар ҳам бериши керакми?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Жароҳатга дори қўйсам рўзам очилмайдими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Лаб бўёғини еб юборса рўза бузилмайдими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Оғиз очиш ва ёпишдаги дуолар суннатда келганми?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Бурун қонаса рўза бузиладими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Саҳарлик дуосини ўқигандан сўнг ҳали вақт бўлса, еб-ичиш мумкинми?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Ният қилиб саҳарликка турмаса бўладими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Рўза тутган ҳолда атир сепса ёки мушк-анбар суртса бўладими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Исириқ тутатсак, рўзага зарар етмайдими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Рўзадор инсон сақич чайнаса бўладими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Фидя миқдори қанчани ташкил этади?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Мусофирнинг рўзаси
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Рўзадор одам мисвок ишлатса рўзаси очиладими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Рўзадор таҳоратда оғиз чайиши мумкинми?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Шифокорнинг рўзаси қабул бўладими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Оғиз ёпиш дуосини қачон айтиш керак?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Рўзадор одам балғамини ютиши мумкинми?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Ҳайитдан бир кун аввал рўзадорларни чақириб ифторлик қилиш мумкинми?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Ҳайит куни рўза тутиб кейин очиб юбориладими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Рўзасини очса бахти очиладими?
💬
ЖАВОБ: Бу ерда

Fatvo.uz GA OBUNA BO'LING

YouTube | Instagram | Facebook | Ummalife
👍3
Baland dorga osilma

Ko'pchilik shu xatoni qiladi: natijani birdan 2-3, hatto 4-5 barobarga yaxshilab yuborish haqida o'ylaydi va bor narsani ham yo'qqa chiqaradi.

Albatta, katta orzular qilish yaxshi, lekin real vaziyatga qarab, har safar hozirgi holatni 10-15% yaxshilashga harakat qilish nisbatan osonroq va samaraliroq bo'ladi.

Misol uchun:

• Hozir siz 300$ topayotgan bo'lsangiz va uni har oy 15% yaxshilash haqida o'ylasangiz, yil oxirida hozirgidan 5 barobar ko'proq daromadga chiqasiz.

• Yoki kuniga 1 betdan kitob o'qishni boshlab, har oy 10% dan yaxshilab borsangiz, yil oxirida 3 barobar ko'proq kitob o'qiydigan bo'lasiz.

Birdan katta sakrash emas, kichik-kichik, ammo bardavom qadam tashlash haqiqiy o'zgarishlarni olib keladi.

Orzularingiz osmon qadar bo'lsin, lekin ularga erishish uchun oyoq ostingizga qarab yuring...

📌 @Iysoxon
👍5
Forwarded from Xalq Banki
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi kredit tarixi ma'lumotlaringizni hech kim ko'ra olmaydi

😊☺️😉😃 ilovasida "Freeze" xizmati orqali kredit tarixi ma'lumotlaringizni himoyalang!

"Freeze"ni faollashtirgach:
➡️ Banklar, mikroqarz yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar kredit tarixingizga kira olmaydi.
➡️ Agar yaqin orada kredit olish rejangiz bo'lmasa, rasmiylashtirishni vaqtincha cheklaysiz. Kerak bo'lganda "unfreeze" qilib, kredit rasmiylashtirishingiz mumkin.

▶️ Xizmatni qanday faollashtirish bo'yicha yo'riqnoma bilan videoda tanishing.

💰  "xazna"ni yuklab oling:
Play market / AppStore

🌐 Facebook |🌐 Instagram
🌐 Telegram |👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Жамолиддин Муҳаммаджон (Жамолиддин)
Эр-хотин орасида низо чиқди. Аёл ётоқ четига ўтириб юм-юм йиғларди. Шу вақт эшик қўнғироғи чалинди. Аёл эшикни очиб қараса, уни кўргани ота-онаси келибди. Қизининг йиғидан қизарган кўзларини кўрган ота-она табиийки, хавотирга тушди.
— Тинчликми, қизим? Нега бунча йиғладинг?
Қизи мунгли юзини ним табассумга айлантириб, шундай деди:
— Айтсам ишонмайсизлар, сизларни жуда соғингандим, кўргим келганидан ичим гумириб йиғлаб ўтиргандим. Не ажабки, эшик қоқиб келиб ўтрибсизлар!

Бу гапни нарги хонадаги эр эшитиб турганди. Хотинининг матонати, оила сирини дийдиё қилмаганидан унга ҳурмати ошди, ўз қилмишидан эса хижолат торти.

Оила ҳикмат, сабр-тоқат ва матонат билан қўриқланади.

©Икром Шариф

@jamoliddin_blog
👍4
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ota-bobolarimiz qonini to‘kkan bosqinchilarning tasmasini taqish — sharmandalik!

Shu kunlarda 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda Georgiy tasmasiga ko‘zimiz tushyapti. Afsuski, haligacha yurtdoshlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, ko‘kraklariga taqib yurishibdi.

Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Ushbu tasma va shu nomdagi orden o‘zga yurtlarni bosib olgan rus bosqinchilariga mukofot sifatida berilgan.

Jumladan, Turkiston o‘lkasiga qilingan bosqinchilik yurishlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini to‘kkanlarga Georgiy tasmasi berilgan.

“Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida mana shu tasmadan foydalanilgan.

Tasmadagi qizg‘ish sariq rang – urush va olov rangi bo‘lsa, qora rang urushning doimiy hamrohi bo‘lmish burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi.

Shu sababli, yurtdoshlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini to‘kib, yerlarimizni egallagan bosqinchilarning ramzlarini ulug‘lamaslikka, aksincha butunlay voz kechishga chaqiraman.

Buning o‘rniga 🇺🇿Vatanimiz bayrog‘ini ifodalovchi, ezgulik, mustaqillik va tinchlik ramzi bo‘lgan sharaf tasmasini taqish maqsadga muvofiq.

‼️ Ayniqsa bog’cha va maktablarda bolalarimizga Georgiy tasmasi taqishni mutlaqo taqiqlashimiz kerak. Qaysi tilda o’qiyotganining umuman farqi yo’q. Ota-onalar ham buni nazoratga olishsa, yaxshi bo’lardi.


👉 @xushnudbek 👈
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq kutilgan yangilik!

😎 Yangi loyiha taqdimoti uchun kreativ usuldan foydalanishga qaror qildik. Ushbu yangilik bilan ta’lim bozorida yana bir katta o’zgarish qilamiz.

P. S. Taqdimot 3-may — shanba kuni soat 20:00 da Yangi loyiha sahifasida e’lon qilinadi. Konkurs ham tashkil qilinadi va g‘oliblarga 15 ta sovg’a taqdim etiladi.


Yangilikdan bexabar qolib ketmaslik uchun Bizni kuzatishda davom eting. 😉

👉 @yangi_loyiha_2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malumotnomalar

❗️“083/h ma’lumotnoma”ni onlayn olsa bo‘ladi

👩‍⚕️Tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas.

🧑‍💻 Shunchaki, my.gov.uz orqali "Sog‘liqni saqlash" bo'limidan kerakli xizmatni tanlab, 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish kifoya.

📆 Ma’lumotnoma unda ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha amal qiladi.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Mutlaqo bepul va qulay!

▶️https://youtube.com/shorts/oz3-Sd_Fo8I?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
👍1
Kakebo.pdf
22.6 MB
Pul qayerga ketayotganini bilmasangiz, uni boshqara olmaysiz!

📌 Bu PDF qo‘llanma sizni moliyaviy erkinlik sari boshlovchi birinchi qadam bo‘ladi

Har bir so‘mni nazorat qilish odatini qanday boshlash kerak?

Xarajatlaringizni qanday kategoriyalarga ajratasiz?

Qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlardan qutulasiz?

Tejash va sarmoya qilishni qachondan boshlaysiz?

Oddiy, tushunarli va real hayotga mos misollar bilan boyitilgan. Yana manfaatli qoʻllanmalar istaysizmi? 👇
Ёшлигимизда катталар айрим ишларни "ёмон бўлади", деб қайтаришарди. Кейин билсак, улар динимизда ҳаром ва макруҳ бўлган амаллардан қайтаришган экан. Ўзларининг амал қилишларига ўша "ёмон бўлади" етарли бўлган экан. Бугун ана шундай "ёмон бўлади"ган ишлардан бирининг ҳукмини кўриб қолдим. Қизиғи бундай оддий масалага ақли ва фикри ўткир фуқаҳоларимиз Қуръони каримдан ҳам далил олишган экан.
Мана ўша масала:

Савол: Эрни исмини айтиб мурожаат қилишнинг ҳукми нима?

Жавоб: "Дуррул мухтор"да шундай дейилади: "Аёл эрини исми билан чақирса макруҳ бўлади". Буни шарҳлаб Ибн Обидийн раҳимаҳуллоҳ ўз "Ҳошия"ларида шундай ёзадилар: "Эрга мурожаат қилишда ҳурматлашни ифодалайдиган "хўжайин" ёки шунга ўхшаш лафз ишлатиш лозим. Усмон ибн Ато ўз отасидан ривоят қилади: Саид ибн Мусаййибнинг хотинлари: "Бизлар эрларимизга, сизлар амирларингизга сўзлаганингиздек сўзлар эдик, Аллоҳ ислоҳ қилгур, офият бергурлар", дегандилар.
Умму Дардо Жаҳмийя эрлари Абу Дардо розияллоҳу анҳудан ҳадис ривоят қилсалар: "Менга саййидим (хўжам) ҳадис айтдилар", деб бошлар эдилар.
Имом Нававий "Саҳиҳи Муслим"нинг шарҳида: "Менга Умму Дардо ҳадис айтди: "Менга хўжам ҳадис айтди", деган жойини шундай изоҳлайдилар: "Яъни, "хўжам"дан мурод эрлари Абу Дардодир. Бундан аёл эрини хўжам, (ё хўжайиним) дейиши жоиз экани билинади". Бунга ўхшаш нарса Қуръонда ҳам бор. "Эшик олдида у(хотин)нинг хўжайинига дуч келишди" ("Юсуф" сураси, 25-оят). "Хўжайини" - эри дегани".

Аллоҳ олдинги аёлларни раҳмат қилсин! Умматга улардан яхши ўринбосарлар қолдирсин!

@MubashshirAhmad
👍421
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
9 ёшли Ширинабону оғир суяк касаллиги — рахит билан оғримоқда. Бу касаллик натижасида унинг оёқлари деформация бўлган ва юришида жиддий муаммолар бор.

Шифокорлар унга темир қўйиш орқали жарроҳлик амалиётини зудлик билан ўтказишни тавсия қилишган.

Ширинабонунунг онаси — ижарада яшовчи, ёлғиз она. Маблағ етишмаслиги сабабли
Сизнинг сахийлигингиз Ширинабонунинг соғлиги, келажаги ва умидини сақлаб қолиши мумкин!

Эҳсон қилган сахий инсонлар
Аллоҳ сиздан рози бўлсин!

“Эҳсоннинг мукофоти фақат эҳсондир”.

Платик карталар онасининг номида Исакова З.
HUMO: 9860 0824 9457 8568
UZCARD: 8600 3141 4740 5817

Боғланиш учун тел.: +998919905660
2025/10/29 07:48:18
Back to Top
HTML Embed Code: