Telegram Web Link
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga qabul

📅 2025-yil 1-iyul kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari 5 ta fan (dasturlash, matematika, fizika, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili) doirasida tashkil etildi.

📝 Har bir fan bo‘yicha 20 tadan test topshirig‘i berilib, jami 100 ta savolni bajarish uchun talabgorlarga 3 soat 20 daqiqa vaqt ajratildi hamda har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball belgilandi.

📤 Test sinovi natijalari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTubea
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar diqqatiga!

“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovining test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar uchun Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra test sinovlari joriy yilning 3-iyul kuni o‘tkazilishi belgilandi. Mazkur nomzodlar bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan va test bosqichidan ozod etilish uchun zarur bo‘lgan xalqaro sertifikatlarga (SAT, GRE, GMAT, A-Level) ega bo‘lgan va ularni belgilangan muddatda taqdim etgan nomzodlar test sinovlaridan ozod qilinadi.

Shuningdek, 975 nafar nomzod IQ darajasi, tanqidiy fikrlash hamda psixologik barqarorlikni aniqlash bo‘yicha oflayn va onlayn shaklda o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishga tavsiya etildi.

Joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari hududlar kesimida belgilangan grafik asosida o‘tkaziladi.

Nomzodlar hududlarda belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan test sinovlari joyiga yetib kelishlari so‘raladi.

Testda oflayn ishtirok etadigan nomzodlar test sinovlari o‘tkaziladigan manzil va vaqt haqidagi maʼlumotlar bilan quyidagi JADVAL orqali tanishishlari mumkin.

Testda onlayn ishtirok etadigan nomzodlar esa Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Zoom platformasi orqali test sinovlarida ishtirok etadilar. Onlayn ishtirok etuvchi nomzodlarga Zoom havolasi onlayn platforma yoki elektron pochta manzillari orqali yuboriladi.

Agar nomzod belgilangan hududda test kuni bo‘lmagan taqdirda, u test sinovlarini boshqa hududda topshirishi mumkin.

Buning uchun nomzod @eyufadmissionbot ga o‘zining F.I.O. (to‘liq ismi-sharifi), pasport yoki ID-karta raqami va test topshirmoqchi bo‘lgan hudud nomini ko‘rsatgan holda xabar yuborishi lozim.

Belgilangan tartib va mezonlarga rioya qilmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi.

BATAFSIL O'QING

🔗 Website: Eyuf.uz

Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
2025/07/03 04:52:48
Back to Top
HTML Embed Code: