Telegram Web Link
Harbiy oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

📆
2025-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasining "Psixologiya (Harbiy psixologiya)" ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan 5 ta mutaxassislik fanidan o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 100 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat-u 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 100 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan beriladi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

❗️Talabgorlarning natijalari Harbiy oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi yakuni bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 30-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakuni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🌐 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 30-iyun kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

➡️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot

🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot
📱 https://www.tg-me.com/NostrifikatsiyaBBA

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 1-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 245 nafar talabgor ishtirok etdi. 1 nafar talabgor tartib-qoidalarni buzganligi uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTubea
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga qabul

📅 2025-yil 1-iyul kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari 5 ta fan (dasturlash, matematika, fizika, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili) doirasida tashkil etildi.

📝 Har bir fan bo‘yicha 20 tadan test topshirig‘i berilib, jami 100 ta savolni bajarish uchun talabgorlarga 3 soat 20 daqiqa vaqt ajratildi hamda har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball belgilandi.

📤 Test sinovi natijalari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTubea
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar diqqatiga!

“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovining test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar uchun Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra test sinovlari joriy yilning 3-iyul kuni o‘tkazilishi belgilandi. Mazkur nomzodlar bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan va test bosqichidan ozod etilish uchun zarur bo‘lgan xalqaro sertifikatlarga (SAT, GRE, GMAT, A-Level) ega bo‘lgan va ularni belgilangan muddatda taqdim etgan nomzodlar test sinovlaridan ozod qilinadi.

Shuningdek, 975 nafar nomzod IQ darajasi, tanqidiy fikrlash hamda psixologik barqarorlikni aniqlash bo‘yicha oflayn va onlayn shaklda o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishga tavsiya etildi.

Joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari hududlar kesimida belgilangan grafik asosida o‘tkaziladi.

Nomzodlar hududlarda belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan test sinovlari joyiga yetib kelishlari so‘raladi.

Testda oflayn ishtirok etadigan nomzodlar test sinovlari o‘tkaziladigan manzil va vaqt haqidagi maʼlumotlar bilan quyidagi JADVAL orqali tanishishlari mumkin.

Testda onlayn ishtirok etadigan nomzodlar esa Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Zoom platformasi orqali test sinovlarida ishtirok etadilar. Onlayn ishtirok etuvchi nomzodlarga Zoom havolasi onlayn platforma yoki elektron pochta manzillari orqali yuboriladi.

Agar nomzod belgilangan hududda test kuni bo‘lmagan taqdirda, u test sinovlarini boshqa hududda topshirishi mumkin.

Buning uchun nomzod @eyufadmissionbot ga o‘zining F.I.O. (to‘liq ismi-sharifi), pasport yoki ID-karta raqami va test topshirmoqchi bo‘lgan hudud nomini ko‘rsatgan holda xabar yuborishi lozim.

Belgilangan tartib va mezonlarga rioya qilmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi.

BATAFSIL O'QING

🔗 Website: Eyuf.uz

Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
2025/07/03 09:59:52
Back to Top
HTML Embed Code: